7-Amaliy. Texnosfera xavfsizligi soxasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini o‘tkazish
v) sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha komissiyasi ishini tashkil qilish sohasida
Download 34.68 Kb.
|
7- amaliy mashg\'ulot
v) sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha komissiyasi ishini tashkil qilish sohasida:
«Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi tegishli bo‘linmalari bilan birgalikda attestatsiya sohalari ro‘yxatini tuzadi va tasdiqlash uchun «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi boshlig‘iga taqdim etadi; Talabgorlarning hujjatlarini qabul qiladi, ko‘rib chiqadi va natijasi bo‘yicha qaror loyihasini tayyorlaydi hamda tasdiqlash uchun «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi boshlig‘iga yoki uning o‘rinbosariga taqdim etadi; «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi tegishli bo‘linmalari bilan birgalikda attestatsiyani o‘tkazish uchun taxminiy savollar ro‘yxatini tuzadi va tasdiqlash uchun «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi boshlig‘iga taqdim etadi; Attestatsiyani o‘tkazish sanasi, joyi va vaqtini belgilaydi hamda bu haqda attestatsiya komissiyasi a’zolariga va talabgorlarga xabar beradi; Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert guvohnomalarini rasmiylashtiradi va egalariga topshiradi; Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlar reestrini yuritadi; Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom (ro‘yxat raqami 2045, 2009 yil 19 noyabr) talablarining bajarilishini nazorat qiladi; Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha komissiyasi faoliyatini tashkil etishga doir boshqa funksiyalarni amalga oshiradi. g) sanoat xavfsizligi talablari, jumladan sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida: Manfaatdor vazirlik va idoralar, «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasining tegishli bo‘linmalari bilan birgalikda sanoat xavfsizligi talablari, jumladan sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi qoidalariga rioya etilishi ustidan tekshirish, monitoring va boshqa tadbirlarda qatnashadi; Sanoat xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish, sanoat xavfsizligi talablari rioya etilishi ustidan davlat nazoratini olib borish samaradorligini oshirishga oid takliflarni tayyorlaydi; Akkreditatsiya qilingan ekspert tashkiloti faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini amalga oshirish natijalarini umumlashtirish va bu ma’lumotlar asosida ekspert tashkilotlarini belgilangan talablarga rioya etilishini tahlil etadi. Bo‘lim o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi. Akkreditatsiya qilish va inspeksiya nazoratini amalga oshirish bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda Akkreditatsiya komissiyasi deb yuritiladi) — ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini amalga oshirish natijalari bo‘yicha qaror qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi deb yuritiladi) tomonidan tashkil etiladigan komissiya; (akkreditatsiya sohasi — ekspert tashkilotining faoliyat sohasi; baholash — muayyan akkreditatsiya sohasi bo‘yicha ekspert tashkiloti faoliyatini ekspert tashkilotlari faoliyatiga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligini tekshirish maqsadida vakolatli organ tomonidan tashkil etiladigan jarayon; buyurtmachi — akkreditatsiyadan o‘tish uchun yoki sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshirishga ariza bilan murojaat qilgan tashkilot; inspeksiya nazorati — akkreditatsiya qilingan ekspert tashkiloti faoliyatini ekspert tashkilotlari faoliyatiga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligini qayta baholash jarayoni; sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert (keyingi o‘rinlarda ekspert deb yuritiladi) — sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshiradigan, belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilgan mutaxassis; sanoat xavfsizligi ekspertizasi (keyingi o‘rinlarda ekspertiza deb yuritiladi) — ekspertiza obyektining unga qo‘yiladigan sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash; sifat bo‘yicha qo‘llanma — ekspert tashkilotining sifatni boshqarish tizimini ta’riflovchi va sifat sohasidagi siyosatini bayon qiluvchi hujjat; sifatni boshqarish tizimi — sifat standartlariga muvofiq, sifat bo‘yicha ma’muriy boshqarish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy tuzilma, hujjatlar, jarayonlar va zaxiralar majmui; ekspert tashkiloti — ekspertizani amalga oshiradigan, mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan tashkilot; ekspert tashkilotlari faoliyatiga qo‘yiladigan talablar (keyingi o‘rinlarda akkreditatsiya mezonlari deb yuritiladi) — akkreditatsiya qilingan ekspert tashkiloti vakolatiga ega bo‘lishi uchun bajarilishi kerak bo‘lgan talablar; Oldingi tahrirga qarang. ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish bo‘yicha vakolatli organ (keyingi o‘rinlarda vakolatli organ deb yuritiladi) — Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining akkreditatsiya va inspeksion nazorat bo‘limi; ekspertiza obyektlari — xavfli ishlab chiqarish obyektidagi loyiha hujjatlari, texnika qurilmalari, binolar va inshootlar, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlar; ekspertiza xulosasi — ekspertiza obyektining sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi (muvofiq emasligi) to‘g‘risida asosli xulosalarni yoki xavfli ishlab chiqarish obyektlarining identifikatsiyalash natijalarini o‘z ichiga olgan hujjat. 2. Ekspertiza akkreditatsiya qilingan ekspert tashkiloti tomonidan akkreditatsiya sohasiga muvofiq akkreditatsiya attestati asosida amalga oshiriladi. Akkreditatsiya attestatiga ega bo‘lmagan tashkilot ekspertizani amalga oshirish huquqiga ega bo‘lmaydi. Oldingi tahrirga qarang. 3. Ekspert tashkilotini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini o‘tkazish vakolatli organ tomonidan mazkur Qoidalar, qonunchilik hujjatlari va normativ texnik hujjatlar talablariga muvofiq o‘tkaziladi. II. Ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish 4. Akkreditatsiya qilish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: a) buyurtmachidan akkreditatsiya qilish uchun arizani qabul qilish, taqdim etilgan hujjatlarni dastlabki baholash va arizani ijro etish haqida qaror qabul qilish; b) taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qilish va tahlil natijalari asosida xulosa rasmiylashtirish; v) buyurtmachini joyiga borib baholash va baholash natijalari bo‘yicha dalolatnomani rasmiylashtirish; g) bajarilgan ishlar natijalari asosida qaror qabul qilish; d) akkreditatsiya attestatini rasmiylashtirish, ro‘yxatga olish va buyurtmachiga topshirish. Akkreditatsiya qilishning keyingi har bir bosqichi avvalgi bosqichlarda ijobiy natijalarga erishilgan taqdirda amalga oshiriladi. 5. Akkreditatsiyadan o‘tish uchun buyurtmachi mazkur Qoidalarning 1-ilovasida keltirilgan shaklda rasmiylashtirilgan arizani vakolatli organga topshiradi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: v) ekspert tashkiloti nizomi; g) buyurtmachining akkreditatsiya mezonlariga muvofiqligini tavsiflovchi deklaratsiya (akkreditatsiya mezonlari mazkur Qoidalarning 2-ilovasida keltirilgan); d) buyurtmachi tomonidan akkreditatsiya qilish uchun to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat; e) akkreditatsiya sohasidagi ishlarni bajaradigan xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; j) akkreditatsiya sohasidagi ishlarni bajarish uchun mavjud sharoitlar, jihozlar, dasturlar va asbob-uskunalar haqidagi ma’lumotlar; Oldingi tahrirga qarang. z) mavjud bino va inshootlar, jihozlar, asbob-uskunalar buyurtmachiga mulk huquqi yoki boshqa qonuniy asosda taalluqliligini tasdiqlovchi hujjatlar yoki ularning buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan nusxalari; k) buyurtmachining sifatni boshqarish tizimi hujjatlari. 6. Noto‘g‘ri to‘ldirilgan yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan ariza ko‘rib chiqishga qabul qilinmaydi. Arizada va hujjatlarda bayon etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun buyurtmachi javobgar bo‘ladi. 7. Akkreditatsiya natijalaridan qat’i nazar, akkreditatsiya qilish uchun to‘lov belgilangan tartibda buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi. 8. Vakolatli organ topshirilgan arizalarni tikilgan, betlar soni ko‘rsatilgan, vakolatli organ muhri bilan muhrlangan daftar (jurnal)larda ro‘yxatga oladi. 9. Vakolatli organ ariza topshirilgan kundan boshlab o‘n ish kuni muddatida taqdim etilgan hujjatlarning dastlabki baholashni amalga oshiradi hamda dastlabki baholash natijalari ijobiy bo‘lganda, vakolatli organ arizani ijro etish haqida qaror qabul qiladi. Oldingi tahrirga qarang. 10. Dastlabki baholashda taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqliligi hamda bu hujjatlarda keltirilgan ma’lumotlarning yetarliligi o‘rganiladi va natijalari bo‘yicha tegishli ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi. 11. Taqdim etilgan hujjatlarni dastlabki baholash natijalari salbiy bo‘lganda, vakolatli organ asoslangan sabablarni ko‘rsatgan holda buyurtmachiga yozma ravishda uning arizasi rad etilganligi haqida ma’lum qiladi. 12. Buyurtmachi vakolatli organ ko‘rsatgan kamchiliklarni bartaraf etib, ariza va hujjatlarni qayta topshirishi mumkin. 13. Arizani ijro etish haqida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida vakolatli organ taqdim etilgan hujjatlar tahlili o‘tkazilishini ta’minlaydi. Oldingi tahrirga qarang. 14. Taqdim etilgan hujjatlar tahlili Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi xodimlari va (yoki) vakolatli organ topshirig‘iga binoan ekspertlar tomonidan, taqdim etilgan hujjatlarda keltirilgan ma’lumotlar asosida buyurtmachining akkreditatsiya mezonlariga qay darajada muvofiqligini baholash maqsadida amalga oshiriladi. Tahlil natijalari xulosa tarzida rasmiylashtiriladi. 15. Taqdim etilgan hujjatlar tahlili natijasi salbiy bo‘lganda, xulosa rasmiylashtirilgan kundan boshlab besh ish kuni muddatida vakolatli organ akkreditatsiya mezonlariga nomuvofiqlik sabablarini ko‘rsatgan holda buyurtmachiga yozma ravishda akkreditatsiya qilish bo‘yicha rad javobi berilganligi haqida ma’lum qiladi. 16. Buyurtmachi kamchiliklarni bartaraf etib, olti oygacha bo‘lgan muddatda hujjatlarni qayta tahlil qilish uchun taqdim etishi mumkin. 17. Buyurtmachi tomonidan akkreditatsiya qilish bo‘yicha rad javob berilishiga sabab bo‘lgan kamchiliklar bartaraf qilingan taqdirda, hujjatlarning qayta tahlili o‘n ish kuni ichida amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. 18. Taqdim etilgan hujjatlarning tahlili natijalari ijobiy bo‘lgan taqdirda joyiga borib baholash komissiyasi (keyingi o‘rinlarda baholash komissiyasi deb yuritiladi) tarkibi va joyiga borib baholashni o‘tkazish muddatlari aniqlanib, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Baholash komissiyasi tarkibi a’zolari soni yetti kishidan, joyiga borib baholash davomiyligi esa bir oydan oshmasligi kerak. 19. Joyiga borib baholashning bevosita o‘tkazilishi, baholash komissiyasi a’zolari o‘rtasida vazifalarning taqsimlanishi va baholash natijalarining rasmiylashtirilishi uchun javobgarlik baholash komissiyasi raisi zimmasiga yuklanadi. Baholash komissiyasi raisi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi tomonidan tayinlanadi. 20. Baholash komissiyasi tarkibiga boshqa manfaatdor idora (tashkilot)larning mutaxassislari kiritilishi mumkin. Baholash komissiyasi a’zolari buyurtmachiga aloqador bo‘lmasliklari hamda ular baholash komissiyasi raisi rahbarligida ish olib borishlari kerak. 21. Baholashda ishtirok etuvchi mutaxassislar olingan ma’lumotlar va natijalarni sir saqlashlari hamda buyurtmachi haqidagi ma’lumotlarni ularning yozma roziligisiz oshkor etmasliklari lozim (qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno). Baholash jarayonida ishtirok etadigan har bir mutaxassis mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga keltirilgan shaklda rasmiylashtiriladigan majburiyat varaqasini imzolaydi. Oldingi tahrirga qarang. 22. Joyiga borib baholash baholash komissiyasi raisi tomonidan ishlab chiqilgan va Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlangan joyiga borib baholash dasturiga muvofiq olib boriladi. Joyiga borib baholash dasturida buyurtmachining nomi, bajariladigan tadbirlar va ularni bajarishga mas’ul bo‘lgan baholash komissiyasi a’zolari ko‘rsatiladi. Oldingi tahrirga qarang. 23. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisining buyrug‘i va joyiga borib baholash dasturi baholash boshlanishidan kamida uch ish kuni oldin buyurtmachiga yuboriladi va baholash komissiyasi a’zolariga tanishtiriladi. 24. Baholash komissiyasi o‘z ishini buyurtmachi vakillari ishtirokida dastlabki majlis o‘tkazishdan boshlaydi. Majlisda baholash komissiyasi raisi buyurtmachi vakillari bilan joyiga borib baholash dasturi asosida baholashni olib borish tartibi haqida kelishib oladi. 25. Buyurtmachi baholash komissiyasi a’zolariga o‘z faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlardan to‘siqsiz foydalanish imkoniyatini ta’minlashi kerak. 26. Baholash komissiyasi a’zolari joyiga borib baholashning dasturiga muvofiq buyurtmachi faoliyatining asosiy turlari amalga oshiriladigan barcha bo‘linmalarining akkreditatsiya mezonlariga muvofiqligini, buyurtmachining amaldagi holatini taqdim etilgan hujjatlar bilan muvofiqligini, uning ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish imkoniga ega ekanligini baholaydi. Agar buyurtmachi boshqa hududda ham bo‘linmalarga ega bo‘lsa, bu bo‘linmalar ham joyiga borib baholanishi kerak. 27. Joyiga borib baholash jarayonida nomuvofiqliklar aniqlangan taqdirda mazkur Qoidalarning 4-ilovasida keltirilgan shaklda nomuvofiqlik bayonnomasi rasmiylashtiriladi. 28. Joyiga borib baholash natijalari bo‘yicha mazkur Qoidalarning 5-ilovasida keltirilgan shaklda dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Rasmiylashtirilgan nomuvofiqlik bayonnomalari dalolatnomaga ilova qilinadi. 29. Dalolatnoma baholash komissiyasi a’zolari va buyurtmachining mas’ul rahbari tomonidan imzolanadi. Agar baholash komissiyasi a’zolari yoki buyurtmachi vakillari alohida fikrlarga ega bo‘lsa, ular dalolatnomaga ilova qilinishi kerak. Buyurtmachining mas’ul rahbari dalolatnomaga imzo chekishdan bosh tortsa, baholash komissiyasi raisi bu haqida dalolatnomaga tegishli yozuv kiritadi. 30. Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi: bir nusxasi vakolatli organga taqdim etish uchun komissiya raisida qoladi, ikkinchi nusxasi buyurtmachiga beriladi. Oldingi tahrirga qarang. 31. Vakolatli organ taqdim etilgan hujjatlar tahlili natijalarini, joyiga borib baholash natijalarini va bildirilgan alohida fikrlarni (mavjud bo‘lganda) tahlil qiladi hamda umumlashtirgan holda Akkreditatsiya komissiyasiga taqdim etadi. 32. Akkreditatsiya komissiyasi joyiga borib baholash bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab o‘n besh ish kuni muddatida akkreditatsiya qilish yuzasidan bajarilgan ishlar natijalarini ko‘rib chiqadi va akkreditatsiya qilish yoki akkreditatsiya qilish jarayonida aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish haqida qaror qabul qiladi. 33. Akkreditatsiya komissiyasi qarori komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar soni teng bo‘lganda Akkreditatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi bo‘ladi. Akkreditatsiya komissiyasi qarori Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi blankida rasmiylashtiriladi hamda komissiya raisi va kotibi tomonidan imzolanadi. Akkreditatsiya komissiyasi nizomi, tarkibi va ishlash tartibi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. 34. Akkreditatsiya qilish jarayonida aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish haqida qaror qabul qilingan holatda vakolatli organ qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni muddatida buyurtmachini Akkreditatsiya komissiyasi qarori bilan tanishtiradi. 35. Buyurtmachi aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etib, Akkreditatsiya komissiyasi qarori qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddatda nomuvofiqliklar bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi hujjatlarni vakolatli organga taqdim etishi mumkin. 36. Qayta baholash o‘tkazilganda baholash komissiyasi a’zolari nomuvofiqlarni bartaraf etish va ko‘rsatilgan tavsiyalarni bajarish bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlarning yetarliligini baholaydi hamda baholash natijalari bo‘yicha xulosani rasmiylashtiradi. Zarurat bo‘lganda vakolatli organning ko‘rsatmasiga asosan takroriy joyiga borib baholash o‘tkazilishi mumkin. 37. Nomuvofiqliklar belgilangan muddatlarda bartaraf etilmasa yoki qayta baholash o‘tkazilganda nomuvofiqliklar aniqlansa, Akkreditatsiya komissiyasi akkreditatsiya qilish yuzasidan rad javob berish haqida qaror qabul qiladi. 38. Akkreditatsiya komissiyasi akkreditatsiya qilish yuzasidan rad javob berish haqida qaror qabul qilgan taqdirda, buyurtmachi qaror qabul qilingandan keyin olti oy muddat o‘tgach takroran ariza berishi mumkin. 39. Akkreditatsiya komissiyasi akkreditatsiya qilish haqida qaror qabul qilganda vakolatli organ qaror qabul qilingan kundan boshlab o‘n ish kuni muddatida buyurtmachiga mazkur Qoidalarning 6-ilovasida keltirilgan shaklda rasmiylashtirilgan akkreditatsiya attestatini topshiradi. Akkreditatsiya attestati qat’iy hisobda turadigan maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi hamda akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari reyestri (akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari haqidagi zarur ma’lumotlar bazasi)da ro‘yxatga olinadi. 40. Akkreditatsiya attestati besh yil muddatga beriladi. Oldingi tahrirga qarang. 41. Akkreditatsiya attestatiga mazkur Qoidalarning 7-ilovasida keltirilgan shaklda rasmiylashtiriladigan akkreditatsiya sohasi ilova qilinadi. 42. Buyurtmachiga akkreditatsiya attestatining va akkreditatsiya sohasining asl nusxalari beriladi, vakolatli organda esa mazkur hujjatlarning nusxalari saqlanadi. III. Akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini o‘tkazish Oldingi tahrirga qarang. 43. Inspeksiya nazorati xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari va mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda o‘tkaziladi. 44. Inspeksiya nazorati quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi: a) akkreditatsiya qilingan ekspert tashkiloti faoliyatining akkreditatsiya mezonlariga muvofiqligini baholash; b) akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotining faoliyati jarayonida yuzaga keladigan, ekspert tashkilotining amaldagi hujjatlariga kiritilishini talab qiluvchi o‘zgarishlarni aniqlash, bu o‘zgarishlarning ekspert tashkiloti faoliyatiga ko‘rsatadigan ta’sirini baholash; v) akkreditatsiya sohasida ko‘rsatilgan ishlarning bajarilishini nazorat qilish. 45. Inspeksiya nazorati ikki xil ko‘rinishda o‘tkaziladi: a) rejali inspeksiya nazorati; b) rejadan tashqari inspeksiya nazorati. 46. Rejali inspeksiya nazorati vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan “Akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini o‘tkazish reja-jadvali” asosida yiliga bir marotaba o‘tkaziladi. 47. Ekspert tashkiloti faoliyatining o‘z akkreditatsiya sohasida ko‘rsatilgan ishlarni bajarish bo‘yicha belgilangan talablarga va akkreditatsiya mezonlariga nomuvofiqligi haqidagi asoslangan ma’lumotlarning hujjat bilan tasdiqlangan faktlari kelib tushgan holatlarda rejadan tashqari inspeksiya nazorati o‘tkaziladi. 48. Inspeksiya nazorati natijalaridan qat’i nazar, rejali inspeksiya nazoratini o‘tkazish uchun to‘lov belgilangan tartibda ekspert tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi. 49. Inspeksiya nazoratini o‘tkazish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: a) ekspert tashkilotini joyiga borib baholash va baholash natijalari bo‘yicha dalolatnomani rasmiylashtirish; b) joyiga borib baholash natijalari asosida qaror qabul qilish. 50. Inspeksiya nazoratini o‘tkazish uchun ekspert tashkilotini joyiga borib baholash va baholash natijalari bo‘yicha dalolatnomani rasmiylashtirish mazkur Qoidalarning 18—30-bandlari talablariga muvofiq o‘tkaziladi. 51. Vakolatli organ joyiga borib baholash natijalari va bildirilgan alohida fikrlarni (mavjud bo‘lganda) tahlil qiladi hamda Akkreditatsiya komissiyasi qarori loyihasini tayyorlaydi. 52. Akkreditatsiya komissiyasi joyiga borib baholash bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab besh ish kuni muddatida natijalarni ko‘rib chiqadi va quyidagi qarorlarni qabul qilishi mumkin: a) akkreditatsiya attestatini tasdiqlash haqida; b) akkreditatsiya sohasini qisqartirish haqida; v) akkreditatsiya attestatining amal qilishini o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish haqida; g) akkreditatsiya attestatining amal qilishini to‘xtatib qo‘yish, tugatish yoki akkreditatsiya attestatini bekor qilish uchun sudga murojaat qilish haqida. 53. Vakolatli organ Akkreditatsiya komissiyasi qarori qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni muddatida ekspert tashkilotini qaror bilan tanishtiradi. 54. Inspeksiya nazoratini o‘tkazish natijalari ijobiy bo‘lgan taqdirda, Akkreditatsiya komissiyasining akkreditatsiya attestatini tasdiqlash haqidagi qarori qabul qilinadi. 55. Inspeksiya nazoratini o‘tkazish natijasida ekspert tashkiloti muayyan akkreditatsiya sohasida akkreditatsiya mezonlarini muntazam ravishda buzganligi fakti aniqlanganda, Akkreditatsiya komissiyasining akkreditatsiya sohasini qisqartirish haqidagi qarori qabul qilinadi. 56. Inspeksiya nazoratini o‘tkazish natijasida ekspert tashkiloti faoliyatida favqulodda vaziyatlar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan nomuvofiqliklar aniqlanganda, Akkreditatsiya komissiyasining akkreditatsiya attestatining amal qilishini o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish haqidagi qarori qabul qilinadi. Ekspert tashkiloti aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etadi hamda nomuvofiqliklarni bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi hujjatlarni vakolatli organga taqdim etadi. Qayta baholash o‘tkazilganda baholash komissiyasi a’zolari nomuvofiqliklarni bartaraf etish va ko‘rsatilgan tavsiyalarni bajarish bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlarning yetarliligini baholaydi hamda baholash natijalari bo‘yicha xulosani rasmiylashtiradi. Zarurat bo‘lganda vakolatli organning ko‘rsatmasiga asosan takroriy joyiga borib baholash o‘tkazilishi mumkin. Nomuvofiqliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmasa yoki qayta baholash o‘tkazilganda nomuvofiqliklar aniqlansa, Akkreditatsiya komissiyasi akkreditatsiya attestatining amal qilishini o‘n ish kunidan ortiq muddatga to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish uchun sudga murojaat qilish haqida qaror qabul qiladi. 57. Ekspert tashkiloti o‘zining akkreditatsiya sohasida ko‘rsatilmagan sanoat tarmoqlari va ekspertiza obyektlarida faoliyat olib borish hollari aniqlanganda, Akkreditatsiya komissiyasining akkreditatsiya attestatining amal qilishini tugatish uchun sudga murojaat qilish haqidagi qarori qabul qilinadi. 58. Ekspert tashkiloti akkreditatsiya attestatini soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda, Akkreditatsiya komissiyasining akkreditatsiya attestatini bekor qilish uchun sudga murojaat qilish haqidagi qarori qabul qilinadi. IV. Ekspert tashkilotlarini qayta akkreditatsiya qilish 59. Akkreditatsiya qilingan ekspert tashkiloti akkreditatsiya attestatining amal qilish muddati tugashidan uch oy oldin qayta akkreditatsiyadan o‘tish uchun vakolatli organga ariza topshirishi mumkin. 60. Akkreditatsiya attestatining amal qilishi tugatilganda yoki akkreditatsiya attestati bekor qilinganda ekspert tashkiloti qayta akkreditatsiyadan o‘tish uchun vakolatli organga ariza topshirishi mumkin. 61. Ekspert tashkilotlarini qayta akkreditatsiya qilish mazkur Qoidalarning II-bobi talablariga muvofiq amalga oshiriladi. V. Akkreditatsiya attestatiga o‘zgartirishlar kiritish, qayta rasmiylashtirish va akkreditatsiya attestatining dublikatini berish 62. Ekspert tashkilotining akkreditatsiya attestatiga akkreditatsiya sohasi kengaytirilganda yoki qisqartirilganda o‘zgartirishlar kiritiladi. Ekspert tashkilotining akkreditatsiya sohasini kengaytirish va qisqartirish mazkur Qoidalarning VI va VII-boblari talablariga muvofiq amalga oshiriladi. 63. Akkreditatsiya attestati quyidagi hollarda qayta rasmiylashtiriladi: a) akkreditatsiya attestatini rasmiylashtirishda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar aniqlanganda; b) akkreditatsiya attestatida ko‘rsatilgan ekspert tashkiloti haqidagi ma’lumotlar (tashkiliy-huquqiy shakli, nomlanishi, yuridik manzili va h.k.) o‘zgarganda. Yuqorida ko‘rsatilgan holatlarda ekspert tashkiloti vakolatli organga tegishli xat topshiradi. Xatga asoslovchi hujjatlar ilova qilinadi. Vakolatli organ tegishli ma’lumotlarni o‘rganib chiqadi va xat kelib tushgan kundan boshlab o‘n ish kuni muddatida yangi akkreditatsiya attestatini rasmiylashtiradi. 64. Akkreditatsiya attestati yaroqsiz holga kelganda yoki yo‘qolganda uning dublikati beriladi. Akkreditatsiya attestati yo‘qolganda ekspert tashkiloti vakolatli organga tegishli xat topshiradi. Xatga ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan, yo‘qolgan akkreditatsiya attestatining haqiqiy emasligi to‘g‘risidagi xabar ilova qilinadi. Vakolatli organ tegishli ma’lumotlarni o‘rganib chiqadi va xat kelib tushgan kundan boshlab o‘n ish kuni muddatida yangi akkreditatsiya attestatini rasmiylashtiradi. 65. Yangi akkreditatsiya attestati rasmiylashtirilganga qadar ekspert tashkiloti ilgari berilgan akkreditatsiya attestati asosida faoliyat yuritadi. 66. Ekspert tashkiloti yangi akkreditatsiya attestati (yoki akkreditatsiya sohasi)ni olganda yoki yo‘qolgan akkreditatsiya attestati topilganda, ilgari berilgan akkreditatsiya attestati (yoki akkreditatsiya sohasi)ni vakolatli organga qaytarishi shart. VI. Akkreditatsiya sohasini kengaytirish 67. Ekspert tashkilotining akkreditatsiya sohasini kengaytirish mazkur Qoidalarning II-bobi talablariga muvofiq vakolatli organga taqdim etilgan ariza asosida amalga oshiriladi. 68. Ekspert tashkiloti arizaga faqat akkreditatsiya sohasining kengayishi bilan bog‘liq o‘zgartirishlar kiritilgan hujjatlarni ilova qiladi. 69. Akkreditatsiya sohasini kengaytirish maqsadida ekspert tashkilotini baholash inspeksiya nazoratini o‘tkazish bilan birgalikda amalga oshirilishi mumkin. 70. Ekspert tashkilotining akkreditatsiya sohasini kengaytirish Akkreditatsiya komissiyasining akkreditatsiya sohasini kengaytirish haqidagi qarori asosida yangi akkreditatsiya sohasini rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi. 71. Yangi akkreditatsiya sohasining amal qilish muddati akkreditatsiya attestatining amal qilish muddati doirasida belgilanadi. VII. Akkreditatsiya sohasini qisqartirish 72. Ekspert tashkilotining akkreditatsiya sohasini qisqartirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: a) ekspert tashkilotining o‘z akkreditatsiya sohasini qisqartirish to‘g‘risidagi xati asosida Akkreditatsiya komissiyasining akkreditatsiya sohasini qisqartirish haqidagi qarori qabul qilinganda; b) inspeksiya nazoratini o‘tkazish natijasida Akkreditatsiya komissiyasining akkreditatsiya sohasini qisqartirish haqidagi qarori qabul qilinganda. 73. Ekspert tashkilotining akkreditatsiya sohasini qisqartirish yangi akkreditatsiya sohasini rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi. VIII. Akkreditatsiya attestatining amal qilishini to‘xtatib qo‘yish, tugatish yoki akkreditatsiya attestatini bekor qilish 74. Akkreditatsiya attestatining amal qilishi quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin: a) ekspert tashkiloti akkreditatsiya attestatining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida xat bilan murojaat qilganda; b) ekspert tashkiloti akkreditatsiya mezonlariga rioya qilmaganda; v) ekspert tashkiloti nomuvofiqlik bayonnomasida ko‘rsatilgan nomuvofiqliklarni bartaraf etmaganda. Mazkur bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan holda Akkreditatsiya komissiyasi qarori asosida Akkreditatsiya attestatining amal qilishi bir yilgacha bo‘lgan muddatga to‘xtatib turilishi mumkin. Mazkur bandning “b” va “v” kichik bandlarida ko‘rsatilgan hollarda Akkreditatsiya attestatining amal qilishini to‘xtatib turish sudning qarori asosida amalga oshiriladi (mazkur Qoidalarning 56-bandida ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno). 75. Amal qilishi to‘xtatilgan akkreditatsiya attestatining amal qilishi Akkreditatsiya komissiyasining to‘xtatilgan akkreditatsiya attestatining kuchga kirishi haqidagi qarori asosida akkreditatsiya attestatining aslini ekspert tashkilotiga qaytarish orqali qayta tiklanadi. 76. Akkreditatsiya attestatining amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi: a) ekspert tashkiloti akkreditatsiya attestatining amal qilishini tugatish to‘g‘risida xat bilan murojaat qilganda; b) yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran, uning o‘zgartirilishi bundan mustasno; v) ekspert tashkiloti o‘zining akkreditatsiya sohasiga rioya qilmaganda; g) ekspert tashkiloti akkreditatsiya attestatining amal qilishini to‘xtatib turishiga olib kelgan holatlarni Akkreditatsiya komissiyasi belgilagan muddatda bartaraf etmaganda; d) akkreditatsiya attestatining amal qilish muddati tugaganda. Akkreditatsiya attestatining amal qilishini tugatish ushbu bandning “v” va “g” kichik bandlarida nazarda tutilgan hollarda sud qaroriga, boshqa hollarda esa, Akkreditatsiya komissiyasining qaroriga asosan amalga oshiriladi. 77. Akkreditatsiya attestati quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin: a) ekspert tashkiloti akkreditatsiya attestatini bekor qilish to‘g‘risida xat bilan murojaat qilganda; b) akkreditatsiya attestati soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda. Akkreditatsiya attestatini bekor qilish ushbu bandning “b” kichik bandida nazarda tutilgan holda sud qaroriga, boshqa hollarda esa, Akkreditatsiya komissiyasi qarori asosida amalga oshiriladi. 78. Akkreditatsiya attestatining amal qilishi to‘xtatilganda, tugatilganda, akkreditatsiya attestati bekor qilinganda, qayta rasmiylashtirilganda, unga o‘zgartirishlar kiritilganda yoki dublikat berilganda akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari reyestriga tegishli yozuvlar kiritiladi. 79. Akkreditatsiya attestatining amal qilishi to‘xtatilganda, tugatilganda yoki akkreditatsiya attestati bekor qilinganda ekspert tashkiloti quyidagilarni bajarishi shart: a) akkreditatsiyadan o‘tgan ekspert tashkiloti akkreditatsiyaga bog‘liq bajaradigan ishlarning bajarilishini zudlik bilan to‘xtatish; b) o‘z buyurtmachilarini bu haqda ogohlantirish; v) akkreditatsiya attestatining asl nusxasini uch ish kuni muddatida vakolatli organga qaytarish. IX. Akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari reyestrini yuritish 80. Vakolatli organ tomonidan akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari reyestri yuritiladi. 81. Akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari reyestrida quyidagilar hisobga olinadi: Oldingi tahrirga qarang. a) akkreditatsiyadan o‘tgan ekspert tashkilotlari haqidagi asosiy ma’lumotlar (ekspert tashkiloti nomi, ekspert tashkiloti rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi, ekspert tashkiloti yuridik va pochta manzillari, telefon va faks raqamlari, elektron pochta va veb-sayt manzillari, filiallari haqidagi ma’lumotlar); b) akkreditatsiya sohasi haqidagi ma’lumotlar; v) akkreditatsiya attestatining berilgan sanasi, ro‘yxat raqami va amal qilish muddati; g) akkreditatsiya attestati va sohasi blanklarining seriyasi va raqamlari; d) akkreditatsiya attestatining amal qilishini to‘xtatilishi, tugatilishi, akkreditatsiya attestatining bekor qilinishi yoki kuchga kirishi uchun asos va uning sanasi. Oldingi tahrirga qarang. 82. Akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari reyestri Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining veb-saytiga joylashtiriladi. X. Yakuniy qoida 83. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi bilan kelishilgan. Sanoatda qo‘llaniladigan portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sinash va saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlar Izoh: mazkur Ro‘yxatda nazarda tutilgan tegishli akkreditatsiya sohasi bo‘yicha akkreditatsiya attestatiga ega bo‘lgan ekspert tashkiloti tomonidan akkreditatsiya attestatida ko‘rsatilgan akkreditatsiya sohasi bo‘yicha xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanayotgan (foydalanishni mo‘ljallayotgan) tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash amalga oshirilishi va sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi ishlab chiqilishi mumkin. (1a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining 2022-yil 30-iyundagi 09/YuB-25-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2022-4, 13.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/2022-4/0634-son) Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini o‘tkazish Qoidalariga 2-ILOVA AKKREDITATSIYA MEZONLARI Download 34.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling