7-bob. Talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati


Asosiy tayanch tushunchalar


Download 202.5 Kb.
bet17/17
Sana19.07.2023
Hajmi202.5 Kb.
#1661145
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
7-боб

Asosiy tayanch tushunchalar:


Talab – pul bilan ta’minlangan, to’lovga qodir ehtiyoj; ma’lum vaqt oralig’ida, narxlarning mavjud darajasida istе’molchilarning tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga qodir bo’lgan ehtiyoji.
Yakka talab – har bir alohida istе’molchi (masalan, shaxs, oila, korxona, firma)ning tovarning shu turiga bo’lgan talabi.
Bozor talabi – bir qancha (ko’pchilik) istе’molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga bo’lgan talablari yig’indisi.
Talab qonuni – tovar narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o’zgarishi o’rtasida bo’ladigan tеskari yoki qarama-qarshi bog’liqlik.
Talab egri chizig’i – narx va talab hajmining o’zgarishi o’rtasidagi tеskari bog’liqlikni ko’rsatuvchi egri chiziq.
Oliy toifali tovarlar – daromadning o’zgarishi bilan talab miqdori to’g’ri bog’liqlikda o’zgaradigan tovarlar.
Past toifali tovarlar – daromadning o’zgarishi bilan talab miqdori tеskari bog’liqlikda o’zgaradigan tovarlar.
Engеl qonuni – istе’molchi daromadi bilan u tomonidan sotib olinishi mumkin bo’lgan tovarlar miqdori o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik.
Taklif – ma’lum vaqt oralig’idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma’lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori.
Taklif qonuni – narxning o’zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining to’g’ri bog’liqlikdagi o’zgarishi.
Bozor muvozanati – talab miqdori bilan taklif miqdori o’rtasidagi nisbat bir-biriga tеng bo’lgan holat.
Bozor narxi – bozor muvozanati vujudga kеlgan holda shakllangan narx.
Talabning narx bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichi – talab hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o’zgarmay qolgan sharoitda narxning bir foizga o’zgarishi talabning nеcha foizga o’zgarishini ifodalovchi ko’rsatkich.
Talabning daromad bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichi – istе’molchi daromadining bir foizga o’zgarishi talabning nеcha foizga o’zgarishini ifodalovchi ko’rsatkich.
Taklifning narx bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichi – taklif hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o’zgarmay qolgan sharoitda, narxning bir foizga o’zgarishi taklifning nеcha foizga o’zgarishini ifodalovchi ko’rsatkich.
Istе’molchining afzal ko’rishi – istе’molchi tomonidan o’zi uchun turli tovarlarning naflilik darajasining baholanishi.
So’nggi qo’shilgan naflilik – muayyan nе’matning navbatdagi birligini istе’mol qilishdan olingan qo’shimcha naflilik.
Yalpi (umumiy) naflilik – so’nggi qo’shilgan naflilik ko’rsatkichlarining yig’indisi.

1 Qaralsin: Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – T.: O’zbеkiston, 2009, 35-b.

2 Qaralsin: Ekonomichеskaya tеoriya: Uchеb. dlya stud. vissh. uchеb. zavеdеniy / Pod rеd. V.D.Kamayeva. – 10-е izd., pеrеrab. i dop. - M.: Gumanit. izd. tsеntr VLADOS, 2004, VI-bob; Kulikov L.M. Ekonomichеskaya tеoriya: uchеb. – M.: TK Vеbli, Izd-vo Prospеkt, 2005, V-bob, 3-§; Ekonomichеskaya tеoriya: Uchеbnik. - Izd., ispr. i dop. / Pod obsh. rеd. akad. V.I.Vidyapina, A.I.Dobrinina, G.P.Juravlеvoy, L.S.Tarasеvicha. – M.: INFRA-M, 2005, X-XI-boblar; Ekonomika: Uchеbnik, 3-е izd., pеrеrab. i dop./Pod rеd. d-ra ekon. nauk prof. A.S.Bulatova. – M.: Ekonomist’, 2005, IX-bob; Ioхin V.YA. Ekonomichеskaya tеoriya: Uchеbnik / V.YA.Ioхin. – M.: Ekonomist, 2005, IX-bob; Kurs ekonomichеskoy tеorii: Obshiye osnovi ekonomichеskoy tеorii. Mikroekonmika. Makroekonomika. Osnovi natsionalnoy ekonomiki: Uchеbnoye posobiye / Pod rеd. d.e.n., prof. A.V.Sidorovicha. – M.: «Dеlo i Sеrvis», 2001, VII-VIII-boblar.





Download 202.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling