7 iyul: Jurnalistlar tatu qabul komissiyasi faoliyati bilan tanishdilar
Download 382.1 Kb. Pdf ko'rish
|
07. 2016 yil iyul oyi
14 iyul: NIPA tashkiloti prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi 2016 yilning 14 iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Koreya Respublikasining Axborot texnologiyalari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha Milliy agentligi (NIPA) p
rezidenti Yun Jong Lok bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. NIPA delegatsiyasi poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan ochiq va erkin dasturiy ta’minot mahsulotlariga bag‘ishlangan O‘zbek-Koreya forumi munosabati bilan yurtimizga tashrif buyurgan. Uchrashuv davomida ochiq va erkin dasturiy ta’minot mahsulotlari sanoatini rivojlantirishning xalqaro tendensiyalari, uning jamiyat rivojidagi ahamiyati muhokama qilindi. Jumladan, ochiq dasturlardan elektron hukumat tizimi hamda ta’lim jarayonida foydalanishning muhim jihatlari qayd etildi. Tomonlar mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni kengaytirish, mamlakatimizda erkin softveyar sohasining istiqbollari to‘g‘risida fikr-mulohazalarini bildirdilar. Shuningdek, mehmon O‘zbekistonda axborotlashtirish, "elektron hukumat" tizimini joriy qilish, jamiyat hayotida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tatbiq etilishiga oid ma’lumotlar bilan tanishtirildi.
NIPA Milliy agentligiga 1998 yilda asos solingan bo‘lib, muassasa davlat tashkiloti hisoblanadi. Ushbu davlat organi Koreya Respublikasida dasturiy ta’minot mahsulotlari sanoati hamda axborot texnologiyalari sohasi rivojlanishi uchun mas’ul hisoblanadi. NIPA agentligi Ilm-fan, AKT va Koreya Respublikasi istiqbolini rejalashtirish vazirligi tarkibiga kiradi. Download 382.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling