7 iyul: Jurnalistlar tatu qabul komissiyasi faoliyati bilan tanishdilar


Download 382.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana05.01.2022
Hajmi382.1 Kb.
#221278
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
07. 2016 yil iyul oyi

 

19 iyul: 

2016 yilning I yarim yilligi bo’yicha axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida amalga 

oshirilgan ishlar sarhisob qilindi 

2016  yilning  19  iyul  kuni  Axborot  texnologiyalari  va  kommunikatsiyalarini  rivojlantirish  vazirligining 

2016  yilning  I yarim  yilligidagi faoliyati  sarhisobi,  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini 

rivojlantirishning  borishi,  istiqboldagi  vazifa  hamda  loyihalarni  belgilashga  bag‘ishlangan  Hay’at 

majlisi tashkil qilindi. 

Yig‘ilishda  Vazirlikning  rahbar  va  mas’ul  xodimlari,  hududiy  boshqarma  boshliqlari,  axborot 

texnologiyalari  va  kommunikatsiyalari  sohasida  faoliyat  yurituvchi  aksiyadorlik  kompaniyalari, 

korxonalar  va  tashkilotlar  va  ularning  hududiy  rahbarlari  ishtirok  etishdi.  Shuningdek  sohaning 

hududiy  tashkilotlari  xodimlari,  Qoraqalpog‘iston  Vazirlar  Kengashi  hamda  viloyat  hokimliklari 

huzuridagi  Komputerlashtirish  markazlari  mas’ullari  yig’ilishni  videokonferensiya  shaklida  kuzatib 

borishdi. 

Yig’ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 

15  yanvardagi  majlisidagi  mamlakatimizni  2015-yilda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  yakunlari  va 



2016-

yilga  mo‘ljallangan  iqtisodiy  dasturning  eng  muhim  ustuvor  yo‘nalishlariga  bag‘ishlangan 

kengaytirilgan ma’ruzasida sohada yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish masalalari ko’rildi. 

Hay’at  yig‘ilishida  ta’kidlanganidek,  2016  yilning  birinchi  choragida  axborot  texnologiyalari  va 

kommunikatsiyalarini rivojlantirish tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar tomonidan ko‘rsatilgan 

xizmatlar  hajmi  11,4  %  ga, 

jumladan,  aholiga  ko‘rsatilgan  xizmatlar  hajmi  24,7  %  ga  o'sgan, 

shuningdek, komputer dasturlari bilan bog‘liq xizmatlar 12,2 % ga oshgan. 

Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish tezligi esa 32 foizga oshib, 35 Gbit/s.ni tashkil etmoqda. 

Magistral  telekommunikatsiya  tarmoqlarini  yanada  rivojlantirish  maqsadida  joriy  yilda  Respublika 

hududlari bo‘ylab jami 1250 km optik tolali aloqa liniyalari yotqizilgan. 

“O‘zbekiston  Respublikasida  raqamli  televideniyega  texnik  va  texnologik  o‘tish  bo‘yicha  Davlat 

dasturi”da belgilab berilgan vazifalarning amalga oshirilishi natijasida, aholining raqamli teleuzatish 

bilan  qamrab  olinish  darajasi  68,8%ni  tashkil  etmoqda.  Yil  oxiriga  qadar  mamlakatimiz  bo’ylab 

o’rnatilishi  ko’zda  tutilgan  23  ta  raqamli  television  uzatkichlar  bu  ko’rsatkichni  88,0  foizga 

yetkazishga xizmat qiladi. 

“UZ” zonasidagi domenlar soni 28 mingtaga yetdi, ZiyoNET tarmog‘i doirasida ta’lim resurslari soni 

esa 119 000 taga (o‘sish 121 %) yetdi. 

Davlat  organlari  veb-saytlari  orqali  ahol

i  va  tadbirkorlik  subyektlariga  turli  ma’lumotnoma  va 

hujjatlarni  olish,  murojaatlarini  yo’llashga  qaratilgan  1350  turdan  ziyod  interaktiv  va  ma’lumot 

xizmatlari ko’rsatilmoqda. 

O’zbekiston  Respublikasi  “Elektron  hukumat  to’g’risida”gi  qonunini  amalga  oshirish  maqsadida 

Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  2  iyun  kuni  qabul  qilingan  “Davlat  elektron  xizmatlarini  ko’rsatish 

tartibini  takomillashtirish  to’g’risida”gi  qarori  onlayn  xizmatlar  ko’rsatishni  takomillashtirilishida 

navbatdagi  muhim  qadam  bo’ldi.  Hujjatda  davlat  xizmatlarini  ko’rsatish  jarayonini  optimallashtirish, 

ortiqcha  jarayon  va  ovoragarchiliklarni  oldini  olish,  xizmatlarni  ko’rsatish  vaqti  va  narxini  aniqlash, 

shuningdek  davlat  organlari  hujjatlarining  formatini  bir  xillashtirish  me’yorlari  va  tartiblari  belgilab 

berilgan. 

Shu munosabat bilan, Hay’at yig’ilishida soha korxonalariga elektron xizmatlarini ko’rsatish tartibini 

takomillashtirishni jadallashtirish yuzasidan chora-tadbirlar qabul qilish vazifasi yuklatildi. 

Hay’at  yig‘ilishida  davlat  dasturi  da  sohaga  yuklatilgan  vazifalarning  ijrosi  ko’rib  chiqilib,  tegishli 

korxona  va  tashkilotlarga  vazifalarni  o’z  vaqtida  amalga  oshirish  bo’yicha  vazifalar  yuklatildi. 

Shuningdek,  yig’ilishda  ishga  nisbatan  intizomiy  masalalar,  sohaga  kelib  tushayotgan  fuqaro 

murojaalariga munosabat, hukumat va rahbariyat tomonidan yuklatilgan vazifalar ijrosi tanqidiy ko’rib 

chiqildi. 

“Elektron  hukumat”  tizimini  joriy  etish  yuzasidan  shakllantirilgan  yuridik  shaxslar  ma’lumotlari 

bazasini  axborot  tizimlari  bilan  bog‘lash,  xususan  “Litsenziya”  axborot  tizimi,  Fermerlar  kengashi, 

Pensiya  jamg‘armasining  idoraviy  axborot  tizimlari  bilan  markazlashtirish  va  yangi  interaktiv 

xizmatlarni  samarali  joriy  qilish,  aholiga  elektron  xizmat  ko‘rsatish  va  ochiq  ma’lumotlarni  taqdim 

etish 

masalasi ko‘rib chiqildi. 



Joriy yil yakuniga qadar quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilab olindi: 

“Inspeksiya”,  “Notarius”  axborot  tizimlari  komplekslari,  “Yagona  darcha”  markazlari  faoliyatini 

avtomatlashtirish axborot tizimini joriy qilish; 

“Soliq” va “Bojxona” axborot tizimlari komplekslarini jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar ma’lumotlar 

bazalari hamda Elektron hukumat idoralararo integratsion platformasi bilan integratsiya qilish; 

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini texnik jihatdan 

takomillashtirish hamda qo‘shimcha 31 ta 

talabgorligi yuqori bo‘lgan interaktiv davlat xizmatlarini joriy qilish; 

“Litsenziya”  axborot  tizimlari  kompleksi  barcha  litsenziyalovchi  organlarda  joriy  qilib  to‘liq  ishga 

tushirish; 

Yagona reglamentlar va ma’lumotlar almashish shakllari asosida davlat boshqaruvida qo‘llaniladigan 

ma’lumotnomalar va tasniflagichlar registrini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida, Elektron davlat 




xizmatlarini ko‘rsatilishini baholash metodikasini tasdiqlash to‘g‘risida Hukumat qarorlari loyihalarini 

ishlab chiqish va tasdiqlanishini ta’minlash; 

2016-2018 yillarda iqtisodiyotning real sektorida axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni keng joriy 

qilish; 


Optik  tolali  aloqa  liniyalarini  kengaytirish  orqali  Internet  tarmog‘idan  keng  polosali  foydalanish 

imkoniyatini oshirish, ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini (data-sentr) ishga tushirish, 

ma’lumotning himoyalanishi va axborot xavfsizligini ta’minlash. 

Hay’at  yig‘ilishida  Prezidentimizning  mamlakatimizni  2015  yilda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish 

yakunlari  va  2016  yilga  mo‘ljallangan  iqtisodiy  dasturning  eng  muhim  ustuvor  yo‘nalishlariga 

bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida soha oldiga qo‘yilgan 

vazifalar, Hay’atda muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab 

olinib, qarorlar qabul qilindi. 




Download 382.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling