7 iyul: Jurnalistlar tatu qabul komissiyasi faoliyati bilan tanishdilar
Download 382.1 Kb. Pdf ko'rish
|
07. 2016 yil iyul oyi
28 iyul: Qonunchilik palatasida Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish dasturining borishi to‘g‘risida eshituv bo‘lib o‘tdi 2016 yil 28 iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O ‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining tashabbusi bilan
O ‘zbekiston Respublikasi Axborot
texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining «O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-
kommunikatsiya tizimini rivojlantirish Kompleks dasturini amalga oshirishning borishi to ‘g‘risida»gi axboroti eshituvi o ‘tkazildi. Parlament eshituviga O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish Kompleks dasturig a (Kompleks dastur) kiritilgan loyihalarni amalga oshirish uchun ma’sul - davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari, axborot sohasi mutaxassislari va ekspertlari, fuqarolik jamiyati institutlari va OAV vakillari taklif etildi. Prezidentimiz I.Karimov Mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida “Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, ayni paytda global iqtisodiyotda kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqarish va ular asosida keng turdagi interfaol xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining roli va ahamiyati tobora ortib bormoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi mamlakatning raqobatdoshlik darajasiga ta’sir ko‘rsatishi, katta hajmda axborot to‘plash va uni umumlashtirish imkonini berishi, boshqarishni strategik darajada tashkil etish uchun keng imkoniyatlar ochib berishini unutmasligimiz zarur” deb ta’kidlagan edi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qabul qilingan Kompleks dasturning amalga oshirilishi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish xisobiga davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish, milliy axborot makoni rivojlanishining sifat jixatidan yangi bosqichini boshlab berdi. 2013- 2020 yillar davomida amalga oshirilishini o‘zida qamrab oluvchi Kompleks da sturda ko‘zda tutilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar, jumladan respublika telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoq va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha jami 2.1 trln.so‘mlik 17 ta loyiha, shuningdek “Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari komlekslari va ma’lumotlar bazalarini yaratishga qaratilgan 28 ta tadbirlar va loyihalar yaqin istiqbolga mo‘ljallangan davlat va jamiyatning samarali AKT- infratuzilmasiga bo‘lgan extiyojlarini qondiradi. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining ma’ruzasida Kompleks dasturning «Soliq», «Bojxona», «Ta’lim», «Byudjet» va boshqa kompleks axborot tizimlari kabi dolzarb loyihalarni amalga oshirilishining borishi to‘g‘risida batafsil axborot berildi. Ta’kidlandiki, elektron hukumat yagona arxitekturasi doirasida, amaldagi va yangi yaratilayotgan davlat organlarining ma’lumotlar bazalari va kompleks axborot tizimlarining infratuzilmasi va intergatsiyasiga qo‘yiladigan talablarni belgilab bergan, 2015 yil dekabr oyida “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi, Kompleks dasturni amalga oshirishda muhim bosqich bo‘ldi. Deputatlarning diqqat- e’tibori Kompleks dastur tarkibiga kiritilgan loyihalarni o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirish masalalari, joriy qilinayotgan elektron xizmatlar qanchalik fuqarolarimizning turmush sifatini, tadbirkorlik faoliyati uchun sharoitlarni yaxshilayotganligi, hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taminlashga xizmat qilayotganligiga qaratildi. Eshituv kun tartibida Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan, fuqarolardan ularga kelib tushgan murojaatlar asosida ko‘tarilgan masalalar qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. O‘zlarining partiya saylovoldi dasturidagi ustuvorliklardan kelib chiqib, Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ijro xokimiyati organlari raxbarlari ishtirokida, fuqarolarimizning axborot olish huquqi kafolatlarini ta’minlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan samarali va konstruktiv munozara tashkil etildi. O‘tkazilgan eshituv “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining kuchga kirishi va Kompleks dasturda belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi munosabati bilan, zaruriy qo nunosti me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish jadvalini aniqlab olish, hamda milliy axborot qonunchiligini va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish maqsadida bugungi kunda juda muhim bo‘lgan tadbirlar ro‘yhatini belgilab olish imkonini berdi. Parlament eshituvi chog‘ida O‘zbekiston siyosiy partiyalari va Ekologik harakat guruhi deputatlari tegishli nizom va dasturiy xujjatlaridan kelib chiqib muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan o‘zlarining munosabatlarini bildirdilar. Download 382.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling