7-Ma’ruza 7-mavzu: Me’yoriy hujjatlarning ishlab chiqish bosqichlari. O‘zbekiston standartlashtirish davlat tizimi. «Texnik jihatdan tartibga solish» borasida standartlar ishlab chiqarish Reja
«Texnik jihatdan tartibga solish» borasida standartlar ishlab chiqarish
Download 48 Kb.
|
1 2
Bog'liq7-Ma’ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollar.
7.3.«Texnik jihatdan tartibga solish» borasida standartlar ishlab chiqarish. «Texnik jihatdan tartibga solish» borasida standartlar ishlab chiqarishning asosiy vazifalari Mamlakatimiz mustaqillikka erishishidan boshlaboq, hukumatimiz standartlashtirish muammolariga jiddiy ahamiyat berdi. Respublikamiz iqtisodiyotinfrastrukturasini xalqaro jamiyatga integratsiyalash borasida bir qator ishlar olibborilmoqda. Ushbu jarayonda asosiy vazifa savdodagi mavjud texnik to`siqlarningechilishidir. SHu bois, texnik jihatdan tartibga solish bo`yicha olib borilayotgan faoliyat o`ta muhim ahamiyatga ega. CHunki, jahon bozoriga to`siqlarsiz chiqish, Butunjahon savdo tashkiloti talablariga javob berish uchun texnik talablarning oqilona qo`llanilishi zarur bo`ladi. Hozirda, hukumatimiz tomonidan O`zbekiston Respublikasining mazkur xalqaro savdo tashkilotiga kirishi yo`lida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mazkur tashkilotga a’zo bo`lish uchun amaldagi milliy qonunchilikni xalqaro talablarga muvofiqlashtirish bo`yicha tegishli kelishuvlarda belgilangan talablarni bajarish, yani savdodagi texnik to`siqlar bo`yicha qonunchilik xalqaro talablarga uyg`unlashtirilishi zaruratga aylandi. Mahsulot, xizmat va jarayonlarga bo`lgan majburiy talablar texnik reglamentlarda belgilanadi. Texnik reglamentlar talablariga tegishli qonunlar, yuridik va fizik shaxslar manfaatini himoyalovchi har xil turli farmoyishlar mazmunlari asosida shakllanadi. Standartlar talablari esa majburiy emas, balki ixtiyoriy tusga kiradi. Butunjahon savdo tashkilotining Savdodagi texnik to`siqlar bo`yicha kelishuvi talablarini bajarish maqsadida, "O`zstandart-" agentligi, Sog`liqni saqlash vazirligi, Arxitektura va qurilish Davlat qo`mitasi, Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo`mitasi tomonidan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Respublikamizda ushbu tashkilotga kirish borasida olib borilayotgan siyosat, avvalo, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini va eksport salohiyatini oshirishga yo`naltirilgan. Yuqorida ta’kidlangan mazkur qonunning asosiy maqsadi mahsulot, xizmatlar va jarayonlar xavfsizligiga talablarni o`rnatilishida munosabatlarni tartibga solishdir. Qonun 4 ta bob va 28 ta moddalardan iborat bo`lib, texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimining asosiy vazifalari, prinsiplari va uning tuzilmasini, davlat va boshqa idoralar, ekspert komissiyalari va ekspert kengashlarining vakolatlari hamda texnik jihatdan tartibga solish bo`yicha me’yoriy hujjatlar va ma’lumotlar davlat fondi yuritilishi qoidalarini belgilaydi. Qonunda belgilangan vazifalarni bajarish hamda kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni o`rnatilgan tartibda amalga oshirish uchun texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi yaratilishi muqarrar. Ushbu tizimda faoliyat yuritadigan vakolatli idoralar va boshqa davlat organlari faoliyatining asosiy yo`nalishlarini O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. O`zbekiston Respublikasida texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimining yaratilishi, qonun va qonun osti me’yoriy hujjatlarning ikki qavatli ochiq tizimi shakllantirilishiga olib keladi. Ushbu tizimning yuqori pog`onasida texnik reglamentlar joylashadi, past pog`onani esa xalqaro talab va me’yorlar bilan uyg`unlashgan, ishlab chiqaruvchining majburiy talablarga oqilona va to`g`ri rioya qilishiga ko`maklashadigan ixtiyoriy standartlar egallaydi. Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi doirasida qabul qilinadigan standartlar ixtiyoriy ravishda qo`lanilishi lozim. Kelgusida amaldagi "Standartlashtirish to`g`risida"gi Qonun talablariga zid sharoitlarning oldini olish maqsadida, "Texnik jihatdan tartibga solish to`g`risida"gi Qonunining 22-moddasida texnik reglamentlar amalga kiritilgach, ularda ko`rsatilgan mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga doir ilgari qabul qilingan standartlashtirish bo`yicha tegishli normativ hujjatlar majburiylik xususiyatini o`qotishi belgilangan. Ammo bu mahsulot va uni ishlab chiqarish jarayonlarini, sifatni to`la ta’minlash yo`lida standartlar ishlab chiqish, zaruratini chetlab o`tmaydi. Qabul qilingan Qonunga muvofiq O`zbekiston Respublikasida umumiy va maxsus texnik reglamentlar qo`llaniladi. Umumiy texnik reglamentlar mahsulot, xizmatlar va jarayonlar guruhlariga majburiy talablarni belgilab, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Maxsus texnik reglamentlar alohida mahsulot, xizmatlar va jarayonlar turlariga majburiy talablarni belgilab, vakolatli idoralar ("O`zstandart" agentligi, Sog`liqni saqlash vazirligi, Arxitektura va qurilish Davlat qo`mitasi, Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo`mitasi va boshqa idoralar) tomonidan tasdiqlanadi. Ta’kidlash joizki, mazkur qonunning 17-moddasiga muvofiq texnik reglamentlarda mahsulotning konstruksiyasi va bajarilishiga doir talablar bo`lmasligi lozim.Bunday me’yoriy hujjatlar o`rnatilgan tartiblar davlat darajasida tasdiqlanishi, texnik reglamentlarni ishlab chiqish jarayoniga vakolatli idoralar va mutasaddi tashkilotlar o`ta mas’uliyat bilan yondashishlarini taqazo etadi. Amaldagi xalqaro talablar va me’yorlar bilan uyg`unlashgan texnik reglamentlarni ishlab chiqish hukumatimiz tomonidan ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarga yaratilayotgan yana bir qulay imkoniyat bo`libgina qolmay, mamlakatimiz iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishidagi istiqbolli odil qadamdir. 2.3. Texnik jixatdan tartibga solish tizimini amaliyotga tatbiq etishning ilmiy asoslari. Ma’lumki, hozirda Respublikamiz iqtisodiyotini xalqaro amalyotga integrasiyalash borasida qator ishlar olib borilmoqda. Ushbu jarayonda asosiy vazifa savdoda mavjud bo‘lgan texnik to‘siqlarning echilishidir. Bu borada texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha olib borilayotgan faolyat o‘ta muhim ahamiyatga ega. CHunki, texnik talablarning oqilona qo‘llanilishi, ishlab chiqariladigan mahsulotlar raqobatbardoshligiga ko‘maklashishga olib keladi. SHu bois hukumatimiz tomonidan Butunjaxon savdo tashkilotiga kirish maqsadida bir qator tadbilar amalga oshirilmoqda. Ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish uchun amaldagi milliy qonunchilikni tegishli kelishuvlarda belgilangan xalqaro talablarga muvofiqlashtrish lozim bo‘ladi. Xalqaro hamkorlik munosabatlari sxemasi. Xalqaro tajribadagi mahsulot, xizmat va jarayonlarga bo‘lga majburiy talablar texnik reglamentlarda belgilanadi. Texnik reglamentlarga tegishli qonunlar, direktivlar va hukumat idoralari tomonidan berilgan farmoishlar kiradi. SHu sababli texnik reglamentlar amaldagi qonunchilikda muhim ahamyatga ega. Uning mexanizimi 2.2-rasmda keltirilgan. Butunjahon savdo tashkilotlarining ‘‘Savdodagi texnik to‘siqlar bo‘yicha kelishuv’’i talablarini bajarish maqsadida, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Davlat tabiatini muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Nazorat savollar. 1. Me’yoriy hujjatlarning ishlab chiqish bosqichlarilari haqida tushunch bering 2. O‘zbekiston standartlashtirish davlat tizimi haqida 3.«Texnik jihatdan tartibga solish» borasida standartlar ishlab chiqarish yuzasidan tushuncha Download 48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling