7-Ma’ruza: Biologik membranalarning tuzilishi va funksiyasi


Biologik membranalar tuzilishiga doir hozirgi zamon tasavvurlari. Model membranalar


Download 1.87 Mb.
bet3/6
Sana27.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1727208
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-ma\'ruza

2. Biologik membranalar tuzilishiga doir hozirgi zamon tasavvurlari. Model membranalar.
Biologik membranalarning tuzilishi, unda biomolekulalarning joylanishi ko‘p yillar davomida o‘rganilib, ultrastrukturasi haqida bir qator ilmiy qarashlar vujudga kelgan. Membrana tabiatiga ko‘ra juda murrakkab tizim bo‘lib, uning xususiyatlarini belgilash maqsadida turli xil modellar taklif qilingan. Ushbu modellarda membrananing asosiy tarkibiy qismi fosfolipid va oqsil moddalardan iborat ekanligi, oqsil molekulalarining gidrofob qismi lipidlar tomonga, gidrofil qismi suv tomonga tortilib turishi muhokama qilingan. Shuningdek ushbu modellarda fosfolipidlar membranada bir xil tarqalmagan bo‘lib, xolin guruhiga ega bo‘lganlari membrana tashqarisida, aminogruppaga ega bo‘lganlari membrana ichkarisida joylashgan.
Biologik membranalarning tuzilishining birinchi modelini1902 yili Overton taklif qildi. Overton membranalardan lipidlprda eruvchi moddlar yaxshi o‘tishini birinchilardan bo‘lib payqadi va membranalar fosfolipidlarning yupqa qatlamidan iborat degan taxminni aytdi. 1925 yil Gorter va Grendel eritrotsit membranalaridan ajratib olingan lipidlar, eritrotsit tashqi yuzalari yig‘indisidan ikki marta katta ekanligini aniqladilar. Ushbu natijalar asosida ular membranalar lipidlprning ikki qatlamidan (qo‘shqatlamdan) iborat degan xulosaga keldilar. Ushbu gipoteza biomembranalarning elektr parametrlarini o‘lchash tasdiqlandi; 1935 yil Koul va Kyortis o‘z tajribalarida membranalar yuqori elektr qarshilikka va katta elektr sig‘imga egaligini ko‘rsatdilar.
Biomembranalarning tuzilishi va faoliyat mexanizmlarini tushintirishda 1935 yilda yaratilgan Daniyelli va Devsonning “buterbrod” modeli muhim o‘rin tutdi. Bu gipotezaga ko‘ra biologik membranalar ikki qavat lipid molekulalari qavati va uni ikki tomonidan o‘rab turuvchi oqsil molekulalari globulalar yig‘indisidan tashkil topganligi ta’kidlanadi.

Biomembrana struktura tuzilishiga oid Daniyelli va Davson tomonidan yaratilgan model.


Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling