7-Maʼruza. Issiqlik almashinish qurilmalarini ta`mirlash


Kolonnali qurilmalarni sinash


Download 91.77 Kb.
bet23/23
Sana20.10.2023
Hajmi91.77 Kb.
#1713336
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Issiqlik almashinish qurilmalarini-fayllar.org

Kolonnali qurilmalarni sinash. 
Yangi va qayta taʼmirlashgan kolonnali qurilmalar albatta gidravlik sinovdan
o‘tkaziladi. Sinov bosimi ishchi bosimdan katta bo‘ladi va u qurilmaning pasportida
yoki texnologik xaritada ko‘rsatilgan bo‘ladi. Gidravlik sinov o‘tkazishdan maqsad,
qurilmaning mustahkamligi va ajraluvchan birikmalarning zichlanishini
tekshirishdir. Gidravlik sinov quyidagicha o‘tkaziladi: kolonna eng tepa qismida
joylashgan havo chiqarish shtutseri ochiq qoldirilib, kolonna ichiga suv to‘ldiriladi.
Havo chiqarish shtutseridan suv chiqib boshlashi, kolonna suvga to‘lganidan
dalolat beradi. So‘ng, ushbu shtutser yopiladi va asta - sekin kolonnada bosim
oshirib boriladi va sinov bosimiga yetganda to‘xtatiladi. Ushbu holatda qurilma 5
minut davomida ushlab turiladi, so‘ng esa bosim sekin ishchi bosim qiymatigacha
tushuriladi. Bir vaqtning o‘zida qurilmaning tashqi kuzatuvdan o‘tkaziladi va
payvand choklari massasi 1-1,5 kg bo‘lgan bolg‘acha bilan urib chiqiladi.
Kolonnali qurilmalarni gidravlik sinashda uning ichidagi suyuqlikning
gidrostatik bosimini ham inobatga olish shart. Shuning uchun, gidravlik sinashdan
avval qurilmaning pasporti yoki hisoblash usuli bilan ishchi holatda gidravlik sinov
o‘tkazish mumkinligi ruxsat etiladimi yoki mumkin emasligi tekshiriladi. Agarda,
sinov temperaturasida qurilmaning pastki qismi devoridagi yuklama suyuqlik


ustuni bosimi va sinov bosimlarning yig‘indisi qobiq metallining oquvchanlik


chegarasini 0,8 qiymatidan katta bo‘lmasa gidravlik sinash mumkin.
Agarda, yuqorida keltirilgan shartlar bajarilmasa, qurilma poydevoriga katta
yuklama tushish havfi tug‘iladi. Bunday hollarda, Davlat texnik nazorat agentligi
inspektorining ruxsati bilan kolonnani havo yoki birorta inert gaz yordamida
pnevmatik sinovdan o‘tkazish mumkin. Pnevmatik sinashda, kolonnada suvning
bo‘lishi texnologik jarayon shartlariga ko‘ra ishchi rejimlarda halokat holatini
vujudga keltirishi mumkin bo‘lgan hollarda ham foydalanish mumkin.
Pnekmatik sinash alohida ehtiyotkorlikni talab qiladi. Chunonchi, pnevmatik
sinashdan avval, qurilmada portlash va yongin xavfi bor suyuqlik, gaz va bug‘lar
yo‘qligiga to‘liq ishonch hosil qilish kerak. Buning uchun, dastavval qurilma inert
gaz yoki suv bug‘i bilan puflab tozalanadi. Pnevmatik bosim ostidagi qurilmani
bolg‘acha bilan payvand choklarini urib tekshirish mumkin emas. Payvand
choklarni pnevmatik sinovdan avval, bolg‘acha bilan urib ko‘rish mumkin. Bosim
ortishi jarayonida kolonna yaqinida turish man etiladi.
Vakuum ostida ishlaydigan kolonnalar 0,2 MPa sinov bosimda gidravlik
sinaladi yoki 0,11 MPa pnevmatik bosimda tekshiriladi. Bosim ostida ishlaydigan
kolonnalar, oddiy suv to‘ldirib gidravlik sinaladi.
Payvand choklarini tekshirish uchun uning bir tomoniga bo‘r suriladi,
ikkinchi tomoniga esa kerosin surtiladi. So‘ng, 20-40 minut davomida bo‘r
surtilgan tomonida kerosin dog‘lari paydo bo‘lishi orqali tekshiriladi.

http://fayllar.org



Download 91.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling