7-Maʼruza. Issiqlik almashinish qurilmalarini ta`mirlash
- расм. Иссиқлик алмашиниш қурилмаларини монтаж қилиш усуллари
Download 91.77 Kb.
|
Issiqlik almashinish qurilmalarini-fayllar.org
4.1- расм. Иссиқлик алмашиниш қурилмаларини монтаж қилиш усуллари.
а- 2 та кран ёрдамида; б – қувур ўтказгич ёрдамида; в – иситкич блокларини кран ёрдамида; г - вертикал иситкичларни монобалка ёрдамида; I – горизантал иссиқлик алмашиниш қурилмалар таянчи; II – вертикал иссиқлик алмашиниш қурилмаларининг таянчлари. Koʼp hollarda issiqlik almashinish qurilmalarini loyiha nuqtasiga oʼzi yurar kranlar yordamida oʼrnatiladi. Аgar, ayrim hollarda kranning yuk koʼtarish qobiliyati yetarli darajada boʼlmasa, issiqlik almashinish qurilmalari ikkita kran yordamida oʼrnatiladi. 4.1-rasmda issiqlik almashinish qurilmalarini koʼtarish va oʼrnatilishi koʼrsatilgan. Ikkita va undan ortiq yarusda joylashgan issiqlik almashinish qurilmalariini bir necha qurilmalardan iborat yirik bloklarda, oʼzaro trubalar bilan bogʼlangan holda, koʼtarish maqsadga muvofiq. Bir turdagi issiqlik almashinish qurilmalarini koʼtarish va ularning trubali bogʼlanishlarini unifikatsiyalash uchun ularni tayyorlashda qobiq va taqsimlovchi kamera shtutserlarining loyihadagi oʼlchamlari aniq bajarilishi zarur. Issiqlik almashinish qurilmalari holatini sath yoki shovun bilan tekshiriladi. Issiqlik almashinish qurilmalari gorizontal oʼrnatilganda qobiq va tayanchlar oraligʼidagi temperaturalar deformatsiyasi bir necha millimetrga yetishi mumkin. Shuning uchun tayanchlardan biri qoʼzgʼaluvchan boʼlishi mumkin. Sirpanuvchi yuzalarni shunday muhofazalash kerakki, bunda qisib qolish holatlari bartaraf qilinishi kerak. Montaj qilinayotgan issiqlik almashinish qurilmalar, tayyorlovchi korxonalarda sinov bosimi ostida tekshirilgan boʼlishi kerak. Shuning uchun, montaj maydonida ular bitta-bitta bosim bilan tekshirilmaydi. Issiqlik almashinish qurilmasi umumiy texnologik tizim bilan birgalikda, montaj ishlari tugagandan soʼng tekshiriladi. Korxona sinovlari dalolatnomasi yoki qurilma uzoq vaqt davomida omborda yoki montaj maydonchasida turib qolgan boʼlsa, montaj oldidan issiqlik almashinuvchi qurilma taftish qilinadi, zarurati boʼlsa, taʼmirlanadi ham. Nuqsonlarni aniqlash va ularni bartaraf etish usullari, xuddi yangi issiqlik almashinish qurilmasida boʼlgani kabi, ekspluatatsiyada boʼlgan issiqlik almashinish qurilmasida ham ularning kostruktiv bajarilishiga bogʼliq. Shuning uchun har bir qurilmani taftish va taʼmirlanishiga alohida toʼxtalamiz. Download 91.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling