7-Maʼruza. Issiqlik almashinish qurilmalarini ta`mirlash


Download 91.77 Kb.
bet4/23
Sana20.10.2023
Hajmi91.77 Kb.
#1713336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Issiqlik almashinish qurilmalarini-fayllar.org

Qurilmalarni yuvish. Truba va truba oraligʼi ichidagi tarkibni, shtutserlar yoki
maxsus qobiq va qopqoqdagi maxsus chiqarib tashlovchi muftalar orqali
boʼshatiladi. Soʼngra ishchi muhitning fizik-kimyoviy xossalariga koʼra
moʼljallanadigan vaqt oraligʼida ular suv bilan yuviladi, keyin bugʼlantiriladi.
Buning uchun issiqlik almashinish qurilmalarining trubalar bogʼlamiga bugʼ
liniyasini ulash imkoniyatlari koʼrib chiqiladi. Bu liniya qurilmalar ishchi rejimda
mustahkam biriktirilgan boʼlishi kerak. Yuvish va bugʼlatish orqali ikki maqsadga
erishiladi: portlash va yongʼindan xavfsiz yoki zaxarli moddalardan xavfsiz hosil
qilish yoʼli bilan qurilmani ochishga tayyorlashga va yuzalarni choʼkindilardan
tozalashga. Shuni nazarda tutish kerakki, yuvish - bu trubalar tashqi yuzasidan
choʼkindilarni ajratib olishning birdan-bir mumkin boʼlgan usulidir. Shuning uchun
issiqlik almashinuv qurilmalarining trubalararo boʼshligʼini yuvishga alohida eʼtibor
qaratish kerak.
Qurilmalarni mumkin qadar bugʼ bilan isitiladigan issiq suvda yuvish kerak. Neftni
qayta ishlash qurilmalarini issiq suv va kerosin aralashmasi bilan yuvish amalga
oshirilmokda. Kerosin neft mahsulotlarini eritadi, koks va boshqa mexanik
aralashmalar esa aralashma oqimi bilan birga chiqib ketadi. Аgar truba boʼshligʼiga
bir vaqtning oʼzida bugʼ ham yuborilsa, bunday yuvishning samarasi yana ham
ortadi. Kerosinni va isitishga ketadigan issiqlik sarfini kamaytirish maqsadida
ishlatib boʼlingan aralashmani maʼlum sigʼimga solinadi va undagi chiqindilar
tindiriladi, soʼngra yana foydalaniladi. (4.2- rasm). Yuvuvchi suyuqlik sifatida 100-
120°C gacha isitilgan solyar moyi ishlatilsa ham boʼladi.






4.2- расм. Иссиқлик алмашиниш қурилмаларини кимёвий тозалаш усули. 
1-ювувчи суюқликни тиндирш учун сиғим; 2-иситкич; 3- деворли сиғим;
4-насос; 5- чўкмани чиқариш штуцери.
Yuzalardagi chiqindilar va choʼkindilar kerosin yoki solyar moyida yaxshi erimasa,
u holda maxsus ingibitorlardan foydalanib, kislotali tozalash qoʼllaniladi. Ular truba
va qobiq metallari intensiv korroziyasini oldini oladi. Odatda xlorid kislotasining
«unikol» ingibitori bilan aralashmasi qoʼllaniladi. Yuvish davomiyligi yigʼilgan
tajribaga asoslanib, issiqlik almashinish qurilmasining har bir guruhi uchun
choʼkindilarning fizik- kimyoviy xususiyatlariga qarab aniqlanadi.
Issiqlik almashinish qurilmalarini yuvishni ifloslanish darajasiga koʼra va
yuvilayotgan vaqtdagi keladigan gidravlik qarshilikka koʼra, bittadan yoki alohida
uchastkalar boʼyicha amalga oshiriladi. Hamma issiqlik almashinish qurilmalarini
bir vaqtda yuvish osonroqdir, buning uchun ishlatilayotgan trubalar bogʼlamidan
foydalaniladi (4.2-rasm).
Yirik issiqlik almashinish qurilmalarining truba bogʼlamlari bitta-bittadan uzilishini
imkoniyatini koʼrib chiqiladi, issiqlik almashinish yuzasi kichik boʼlgan qurilmalar
uchun juft-juft uzilish koʼrib chiqiladi. Bunday bogʼlam (paypaslash) deffektli
issiqlik almashinish qurilmalarini ishlab turgan texnologik qurilma yoki blokni
boshqa qurilmalardan uzish imkonini beradi.
Truba boʼshligʼi ham, yaʼni issiqlik almashinish qurilmalarining ichki yuzalari,
qopqoqlari va qurilma xuddi shunday yuviladi.


Download 91.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling