7-Maʼruza. Issiqlik almashinish qurilmalarini ta`mirlash
Qattiq konstruktsiyali issiqlik almashinish qurilmalari
Download 91.77 Kb.
|
Issiqlik almashinish qurilmalarini-fayllar.org
Qattiq konstruktsiyali issiqlik almashinish qurilmalari. Qattiq konstruktsiyali
issiqlik almashinuvchi qurilmada qoʼzgʼalmas truba panjaralari qobiq bilan mahkam bogʼlangandir. Ularning asosiy kamchiligi temperaturalar kuchlanishlarni qabul qila olmasligi va qobiqlarning ichki yuzalari va issiqlik almashinuvchi trubalarning tashqi yuzalarini iflosliklardan va choʼkindilardan mexanik tozalash mumkin boʼlmaganligidir. Bunday issiqlik almashinish qurilmalarini taʼmirlash yoʼli bilan qayta tiklash bir muncha chegaralangandir. Аynan shuning uchun ham uzoq muddat xizmat qilishi, tegishli ekspluatatsiya rejimiga qatʼiy rioya qilingandagina taʼminlanadi. Masalan, qurilma pasportida koʼrsatilgan issiqlik almashinayotgan muhitlararo temperaturalar farqini oshirib boʼlmaydi, chunki bu truba panjarali truba birikmalarining buzilishiga yoki truba yorilishiga olib kelishi mumkin. Ikki issiqlik almashinayotgan oqimlarning, iflosliklardan xoli boʼlgan, korrozion aktiv moddalar va issiqlik almashinish jarayonini yomonlashtiruvchi hamda qurilmaning gidravlik qarshiligini kuchaytiruvchi muallaq zarrachalardan xoli boʼlgan bittasini trubalar orasiga yuboriladi. Shuni nazarda tutish kerakki, truba tashqi yuzalarining va qurilma qobigʼining ichki devorini koʼrikdan oʼtkazish imkoni yoʼq, bundan kelib chiqadiki, qurilma holatini ekspluatatsiya qilinayotgan vaqtda nazorat qilish mumkin boʼlmay qoladi. Taʼmirlashning zaruriyligi, taʼmirlashi va mexanik tozalanishi mumkin boʼlgan trubalarning ichki yuzalarini tekshirish orqali aniqlanadi. Trubalarni va qobiqni korrozion yemirilishini oldini olish, ular ishlayotgan muhit xossalariga bogʼliq holda, ularni yasash uchun metall tanlash orqali amalga oshiriladi. Truba va issiqlik almashinish qurilmalarining qopqoqlarini qobiqlarini korroziyadan dengiz suvi yordamida katodli muhofazalash tajribasi mavjuddir. Bunday muhofazalash korroziya tezligini 5-6 marta kamaytiradi. Katodli muhofazaga tegishli boʼlgan elementlarning maʼlum mikdorini muhofazalovchi yuzalar oʼlchamlariga bogʼliq holda qurilma qopqogʼining ichiga osib qoʼyiladi; yemirilish oʼlchamiga qarab, taʼmirlashda elementlarni muntazam ravishda yangilari bilan almashtirishi mumkin. Vizual koʼprik faqatgina qopqoqlar, trubalarning uchlari va ichki kanallari, qobiq va qopqoqlardagi shtutserlar uchun taalluqlidir. Qurilmaning qolgan qismlari nuqsonlarini faqatgina bosim bilan tekshirish vaqtidagina aniqlash mumkin. Taftish va taʼmirlash vaqtida va tarkibini konkret ekspluatatsion sharoitlardan kelib chiqib aniqlanadi. Muddatdan oldin taʼmirlash zarurati issiqlik almashinishning keskin yomonlashuvi bilan (texnologik kartaga mos), shuningdek, issiqlik almashayotgan muhitlar siljishi bilan bogʼliq birinchi holatda, ichki yoki tashqi truba yuzalarining yoki unisini ham bunisini ham ifloslanishi ehtimoli bor, ikkinchi holda- bitta yoki bir nechta trubalarning yorilishi yoki trubalarning truba panjaralari bilan birikkan joylarda zichlikning buzilish ehtimoli bor. Trubalar kamchiligi katta boʼlgani uchun truba panjaralarining ochiq yemirilishi qariyb uchramaydi. Qurilma qobigʼini va uning birikmalari zichligining buzilganligini tomchilar oqayotganligini koʼrib aniqlash juda oson. Bunday hollarda qurilmalani, ular ishlab turgan sistemadan surilma qopqoqlarni va ventillarni darhol berkitib qoʼyish orqali uzib qoʼyish zarur. Qattiq konstrutsiyalash issiqlik almashinish qurilmalarini taftini va taʼmirlash vaqtida oʼtkaziladigan operatsiyalar ketma-ketligi qariyb bir xildir. Download 91.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling