7-Maʼruza. Issiqlik almashinish qurilmalarini ta`mirlash


Download 91.77 Kb.
bet14/23
Sana20.10.2023
Hajmi91.77 Kb.
#1713336
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
Issiqlik almashinish qurilmalarini-fayllar.org

KOLONNALI QURILMALAR. 
Kolonnali qurilma deganda, balandligi ko‘ndalang o‘lchamlaridan
birmuncha katta bo‘lgan, vertikal joylashgan qurilma tushuniladi. Kolonnalarga:
rektifikatsion kolonnalar, absorberlar, desorberlar, distillyatorlar, skrubberlar,
ekstraktorlar va h.k.lar kiradi. Sanab o‘tilgan qurilmalarni taʼmirlash va montaj
qilish usullari bir xildir. Bundan tashqari bu usullarni reaktorlar, regeneratorlar,
turli tayanch konstrutsiyalari, mo‘ri trubalari, minoralar va h.k. uchun qo‘llanilsa
bo‘ladi.
Kolonna qurilmalarini, odatda, ochiq maydonda yerdan turli belgilarda
(poydevorlarda, temirbeton pestamentlarda, metall etajerkalarda) o‘rnatiladi.
Silindrik shakldagi kolonna qurilmalarini uglerodli va legirlangan po‘latdan
payvandlab tayyorlanadi. Kolonna qurilmalarining ichki va tashqi qurilmalari
oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. Rektifikatsion kolonnaning ichki
moslamalariga kolosnik, turli konstruksiyadagi barbotaj tarelkalari, qaytargichlar,
ulitalar, matochniklar, va h.k. kiradi. Kolonna qurilmalarining ishlash sifati xuddi
qobiqning aniq montaj qilinishiga bog‘liq bo‘lganidek, uning ichki qurilmalarining
ham aniq montaj qilinishiga bog‘liq.
Kolonnali qurilmalar montaj maydoniga maksimal tayyor holatda keltirilishi
kerak. Agar butkul yegilgan qurilmani tashib olib kelishning iloji bo‘lmasa, uni
maksimal yirik bloklarda yoki alohida detallarini keltiriladi. Barcha hollarda ham
tayyorlovchi-zavod montaj uchastkasiga olib kelishdan avval unda nazorat yegish
ishlari o‘tkazish kerak, barcha tutashuvlarga yeguvchi o‘qlar va nazorat belgi
chizmalarini qo‘yishi kerak.
Montaj maydonida mavjud bo‘lgan ko‘tarish moslamalarining yuk
ko‘taruvchanligiga qarab, qurilmani yig‘ishni detallar va bloklardan yoki bloklarni
yiriklash orqali amalga oshiriladi. Agar qurilmani poydevorga butkul yig‘ilgan
holatda ko‘tarish mumkin bo‘lsa, uni yig‘ilgandan so‘ng gorizontal holatida unga
barcha xizmat ko‘rsatuvchi metallakonstruksiyalar (maydonchalar, zinalar, baʼzan
zinapoya kataklari) payvandlanadi, yopib ochadigan moslamalar va truba
bog‘lamlar o‘rnatiladi va aniq issiqlik izolyasiyasi qoplanadi. Sanab o‘tilgan
ishlarni bajarish uchun, kolonnalar ozgina ko‘tariladi va tayanchlarga
(chorpoyalarga) ustma – ust qo‘yiladi, bu tayanchlar profil po‘latdan yoki
trubalarda tayyorlangandir. Baʼzi hollarda qurilmalarni poydevorga ko‘tarilgunga
qadar va o‘rnatilgunga qadar ichki devorlarni futirovkasi ham o‘tkaziladi.
Qurilma
bilan
birga
ko‘tariladigan
trubalar
bog‘lami
va
metallokonstrutsiyalar, qurilmaga mahkam birikkan bo‘lishi shart. Agar ishchi
loyihada bunday mahkamlik taʼminlanmagan bo‘lsa, montaj vaqtida vaqtinchalik
xomutlar, belbog‘lar, kronshteynlar qo‘yish ko‘zda tutiladi, ularni qurilma
loyihaviy holatga o‘rnatilib bo‘lgandan so‘ng yechib olinadi.
Instruksiyaga binoan, qurilmani poydevorga bosim bilan tekshirilgandan
so‘ng va uni bosim bilan tekshirilgan suyuqlikni chiqarib yuborilgandan so‘ng
ko‘tariladi. Alohida bloklarni ko‘tarishda montaj qilishning tanlab olingan usuliga
muvofiq ishning konkret ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqiladi. Bu
texnologiyada yuqori balandliklarda o‘tkaziladigan ish hajmini maksimal
qisqartirish ko‘zda tutiladi.






Download 91.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling