7-Maʼruza. Issiqlik almashinish qurilmalarini ta`mirlash
Kondensator va sovutkichlar
Download 91.77 Kb.
|
Issiqlik almashinish qurilmalarini-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuvilib turuvchi issiqlik almashinish qurilmalari.
Kondensator va sovutkichlar
Kimyo va neftni qayta ishlash zavodlarida turli konstruksiyalardagi muzlatgichlar va kondensatorlar qo‘llaniladi. Qobiq-trubali kondensatorlar va muzlatgichlarni taʼmirlash va montaj qilish, shunga o‘xshash issiqlik almashinish qurilmalarini taʼmirlash va montaj qilishdan sira farq qilmaydi. Muzlatkichlar kondensatorlardan faqatgina trubalarni zmyeviklarga birikishi sxemasi bilan va zmyeviklarni truba quvurlariga ulash usullari bilan farq qiladi. Ularning taʼmirlanishi va montaji o‘xshashdir. Quyida yuvilib turuvchi issiqlik almashinish qurilmalarining keng tarqalganlari ko‘rib chiqilgan. Ko‘pgina kondensatorlar metollokonstruksiyalar yoki temir-beton pastomentlarda joylashtiriladi. Muzlatgichlarni ko‘pincha yer borobarida jylashtiriladi. Neftni qayta ishlash qurilmalarida, odatda ularni kondensatlar uchun pastomentlar ostiga o‘rnatiladi. Yuvilib turuvchi issiqlik almashinish qurilmalari. Yuvilib turuvchi issiqlik almashinish qurilmalarini ko‘llashni asosan, ularni trubalarining tashqi yuzalarini havo kislorodi taʼsirida intensiv karroziyalanishi uchungina chegaralab qo‘yilgandir. Ayniqsa, po‘lat trubalar tez ishdan chiqadi. Yuvilib turuvchi issiqlik almashinish qurilmalarini taʼmirlash va montaj qilish nisbatan sodda. Montaj maydonida yig‘ilgan zmyeviklarni kran yordamida fundament yoki postamentga o‘rnatiladi. Zmyeviklarning umumiy balandligi juda katta bo‘lganda, ularning barqarorligi, poydevorga panjalari bilan mahkamlangan metall karkaslari (ustunlari) orqali amalga oshiriladi. Zmyeviklar ustiga truba yuzasi bo‘ylab, suvni taqsimlash uchun tarnovlar montaj qilinadi. Tarnovlarning gorizontalligi satx bo‘yicha va ularga sinash uchun suv quyish yo‘li bilan tekshiriladi. Agar bu qurilmalarni basseyn va gradirnya yig‘ma kompleksida montaj qilinsa, ularning montaj qilish ketma-ketligi quyidagicha bo‘ladi: basseyn – sovutkich - gradirnya. Trubalarni almashtirishdagi qiyinchilik shundaki, karoziyaga uchragan boltlar ajratib olinmaydi; ularni zubilo va tokqaychilar yorib olinadi. Kuchli agressiv muhitni sovitish uchun ATM-1 markali antegmit (issiqlik o‘tkazuvchi material bo‘lib, grafit va fenolformaldegid smolasidan iborat) dan yasalgan trubali sovutkichlari qo‘llaniladi. Antegmitdan tayyorlangan detallarni arzamit surtma moyi bilan birlashtirilib, keyin kiritiladi. Sovutkich ostiga suvni yig‘ish uchun poddon o‘rnatiladi. Muzlatgichning yon tomonlarini, truba ostidan suvni shamol olib ketishini oldini olish maqsadidi, yassi shitlar bilan yopiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling