7-Maʼruza. Issiqlik almashinish qurilmalarini ta`mirlash


Havo bilan sovitiladigan kondensator - sovutkichlar


Download 91.77 Kb.
bet13/23
Sana20.10.2023
Hajmi91.77 Kb.
#1713336
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
Issiqlik almashinish qurilmalarini-fayllar.org

Havo bilan sovitiladigan kondensator - sovutkichlar. Bu turdagi
sovutkichlar keng tarqalmokda. Ularni montaj kilish va taʼmirlash nisbatan sodda
va ortiqcha sarf talab qilmaydi.
Qurilmalar tayyorlovchi zavod tomonidan kontrol yig‘ishdan so‘ng,
qismlarga ajratilgan holda yuboriladi. Shuning uchun montaj vaqtida, qoidasi
bo‘yicha moslash shart emas. Tayyor poydevorga avval kran yordamida
elektrodvigateli burchak reduktori o‘rnatiladi. Bunda elektrodvigatel reduktori va
rotorli vallarning markazlashuvi aniq bo‘lishiga alohida eʼtibor beriladi.
Reduktorning chiqish o‘qi qatʼiy vertikalligini poydevor va mahkamlashning
barcha boltlarini oxirigacha tortib bog‘lamdan so‘ng tekshiriladi. Valga ventilyator
g‘ildiragi o‘rnatilib, mahkamlanadi. So‘ngra metallokonstruksiyalar montaj
qilinadi, poydevorga boltlari bilan mahkamlanadigan ustun panjaralari montaj
qilinadi. Metallokonstruksiyalarning yuqorigi tayanch to‘sinlarini gorizantalligi
tekshiriladi, ularga qurilmalarning seksiyalari taxlangan bo‘ladi.
Seksiyaning qiya joylashgan holatida, bundan tashqari yuqorigi va quyi
to‘sinlarning eng yuqori belgilari o‘rnatiladi.
Bir necha qismlardan iborat bo‘lgan ventilyator qobig‘ini, ko‘tarilgunga
qadar yerda yig‘iladi, so‘ngra metallokonstruksiyalarga panjalari bilan o‘rnatiladi
va unga boltlar bilan qattiq mahkamlanadi.
Yig‘ishning oxirgi etaplari - qurilmaning truba seksiyalarini o‘rnatish, ularni
trubalar bilan bog‘lash, yuqorigi nuqsonlarni o‘rnatish, havoni namlagichlar va
boshqa detallar o‘rnatiladi.
Montaj tugagandan so‘ng, trubali seksiyalarni, ularni bog‘lovchi truba
quvurlari bosim ostidagi suv bilan tekshiriladi, ventilyator esa, turli aylanish
tezliklarida va karraklarning burchaklari turlicha bo‘lganda sinaladi.
Havo bilan sovitiladigan kondensatorlar quyidagi hollarda taʼmirlanadi:
truba seksiyalari ishdan chiqqanda, (bu muhitning seksiyadan chiqib ketishi bilan
aniqlanadi); yuritmaning ventilyator g‘ildiragi reduktorning nosozligi; to‘qilgan
muhofazalovchi setkaning yirtilishi.
Qovurg‘alangan trubalarning nuqsonli seksiyalari sozlanganlariga
almashtiriladi yoki vaqtincha planli taʼmirlashga to‘xtatilgunga qadar,
kollektorlardan yopib (uzib) qo‘yiladi. Zaxira seksiyalari bo‘lmagan hollarda olib
kuyilgan seksiyadagi yemirilgan trubalar har ikki tomondan konussimon metall
tiqinlar bilan yopib qo‘yiladi, so‘ngra seksiyani yarim marotaba ishchi bosimda
bosim bilan tekshiriladi.
Ishdan chiqqan muhofazalovchi setkani havo oqimi parraklarda va seksiya
qovurg‘alangan trubalar yuzalarida tasodifan bo‘lishi mumkin bo‘lgan qattiq
zarrachalar bilan zararlanmasligi uchun taʼmirlanadi. Shuningdek, xizmat
personalining xavfsizligini taʼminlaydi.
Ichki yuzalar tez-tez tozalanadi, zarurat tug‘ilganda ular suv bilan yuviladi
yoki kimyoviy tozalashga yuboriladi. Mexanik tozalash ham bundan mustasno
emas. Tashqi yuzalarni chiqindilardan kuchli siqilgan havo oqimi bilan yoki mayda
qumdan iborat suv oqimi yordamida tozalanadi.






Download 91.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling