7-Maʼruza. Issiqlik almashinish qurilmalarini ta`mirlash


Kondensator va sovutkichlar


Download 91.77 Kb.
bet12/23
Sana20.10.2023
Hajmi91.77 Kb.
#1713336
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
Issiqlik almashinish qurilmalarini-fayllar.org

Kondensator va sovutkichlar 
Kimyo va neftni qayta ishlash zavodlarida turli konstruksiyalardagi
muzlatgichlar va kondensatorlar qo‘llaniladi. Qobiq-trubali kondensatorlar va
muzlatgichlarni taʼmirlash va montaj qilish, shunga o‘xshash issiqlik almashinish
qurilmalarini taʼmirlash va montaj qilishdan sira farq qilmaydi. Muzlatkichlar
kondensatorlardan faqatgina trubalarni zmyeviklarga birikishi sxemasi bilan va
zmyeviklarni truba quvurlariga ulash usullari bilan farq qiladi. Ularning
taʼmirlanishi va montaji o‘xshashdir. Quyida yuvilib turuvchi issiqlik almashinish
qurilmalarining keng tarqalganlari ko‘rib chiqilgan.
Ko‘pgina kondensatorlar metollokonstruksiyalar yoki temir-beton
pastomentlarda joylashtiriladi. Muzlatgichlarni ko‘pincha yer borobarida
jylashtiriladi. Neftni qayta ishlash qurilmalarida, odatda ularni kondensatlar uchun
pastomentlar ostiga o‘rnatiladi.
Yuvilib turuvchi issiqlik almashinish qurilmalari. Yuvilib turuvchi
issiqlik almashinish qurilmalarini ko‘llashni asosan, ularni trubalarining tashqi
yuzalarini havo kislorodi taʼsirida intensiv karroziyalanishi uchungina chegaralab
qo‘yilgandir. Ayniqsa, po‘lat trubalar tez ishdan chiqadi.
Yuvilib turuvchi issiqlik almashinish qurilmalarini taʼmirlash va montaj
qilish nisbatan sodda. Montaj maydonida yig‘ilgan zmyeviklarni kran yordamida
fundament yoki postamentga o‘rnatiladi. Zmyeviklarning umumiy balandligi juda
katta bo‘lganda, ularning barqarorligi, poydevorga panjalari bilan mahkamlangan
metall karkaslari (ustunlari) orqali amalga oshiriladi. Zmyeviklar ustiga truba
yuzasi bo‘ylab, suvni taqsimlash uchun tarnovlar montaj qilinadi. Tarnovlarning
gorizontalligi satx bo‘yicha va ularga sinash uchun suv quyish yo‘li bilan
tekshiriladi.
Agar bu qurilmalarni basseyn va gradirnya yig‘ma kompleksida montaj
qilinsa, ularning montaj qilish ketma-ketligi quyidagicha bo‘ladi: basseyn –
sovutkich - gradirnya.
Trubalarni almashtirishdagi qiyinchilik shundaki, karoziyaga uchragan
boltlar ajratib olinmaydi; ularni zubilo va tokqaychilar yorib olinadi.
Kuchli agressiv muhitni sovitish uchun ATM-1 markali antegmit (issiqlik
o‘tkazuvchi material bo‘lib, grafit va fenolformaldegid smolasidan iborat) dan
yasalgan trubali sovutkichlari qo‘llaniladi. Antegmitdan tayyorlangan detallarni
arzamit surtma moyi bilan birlashtirilib, keyin kiritiladi. Sovutkich ostiga suvni
yig‘ish uchun poddon o‘rnatiladi. Muzlatgichning yon tomonlarini, truba ostidan
suvni shamol olib ketishini oldini olish maqsadidi, yassi shitlar bilan yopiladi.






Download 91.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling