7-Maʼruza. Issiqlik almashinish qurilmalarini ta`mirlash


Download 91.77 Kb.
bet8/23
Sana20.10.2023
Hajmi91.77 Kb.
#1713336
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
Issiqlik almashinish qurilmalarini-fayllar.org

Yig‘ish va sinash. Taʼmirdan so‘ng issiqlik almashinish qurilmalarini bosim bilan
tekshirishga qopqoqlari ochilgan holda beriladi, so‘ngra qopqoq osiladi va
mahkamlanadi.
Qobiq va qopqoqdagi barcha muftalar tozalangan bo‘lishi kerak.
Yig‘ilgan qurilmalarni suv bilan yakuniy bosim ostida tekshirishga yuboriladi.
Avval trubalararo bo‘shliqni (qobiq) qopqoqlaridagi tushiruvchi muftalarni ochiq
holatda nazorat bosimida bosim bilan tekshiriladi. Keyin undan suv batamom
chiqarib tashlanadi va karpusdagi ochiq tushiruvchi muftalarda truba bo‘shlig‘i
bosim bilan tekshiriladi. Nazorat bosimi kattaligi odatda qurilma pasportida
ko‘rsatilgan bo‘ladi. Bunday ko‘rsatkich mavjud bo‘lmagan hollarda qurilma
qobig‘i (trubalararo bo‘shliq)ni sig‘im sifatida sinaladi, truba bo‘shlig‘ini esa-
ikkilangan ishchi bosimga tekshiriladi.
Tushiruvchi va flanetsli birikmalar orqali tomchilashlarning yo‘qligi, mustahkamlik
va zichlikning ishonarli ekanligidan dololat beradi. Tiqinlarni olib tashlangandan
keyin qurilmani ekspluatatsiya qilishga beriladi.
U-simon trubali issiqlik almashinish qurilmalari. U-simon trubali issiqlik
almashinish qurilmalarining asosiy afzaliklari - suzuvchi kallaklarning yo‘qligi va
qobiqning ajratiladigan tagligi yo‘qligidir. Ammo, issiqlik almashinish trubalarining



ichki yuzalarini mexanik tozalash imkoni bu holatda deyarli, mumkin emas. Shuning


uchun ekspluatatsiya jarayonida trubalar devorlarida eruvchan va erimaydigan
cho‘kindilarning hosil bo‘lishini oldini olishga imkon beradigan zaruriy choralar
qabul qilinadi. Yuvish texnologiyasi va kimyoviy tozalash xuddi qobiq trubali
issiqlik almashinish qurilmalarinikiga o‘xshash. Montaj shtutserlari orqali yangi
truba bog‘lamini o‘rnatishda qulaylik bo‘lishi uchun qobiq tagligiga tros sim
uzatiladi, bu sim bilan truba panjarasiga mahkamlangan tortki quloqchasi ilib
olinadi. Montaj qilib bo‘lingandan so‘ng shtutserga tiqin tiqib qo‘yiladi

Download 91.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling