7-Maʼruza. Issiqlik almashinish qurilmalarini ta`mirlash


Download 91.77 Kb.
bet5/23
Sana20.10.2023
Hajmi91.77 Kb.
#1713336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Issiqlik almashinish qurilmalarini-fayllar.org

Аjratish. Yuvilgandan soʼng, qurilmalarni hammayogʼi berk qopqoqlar bilan
kommunikatsiyadan ajratib olinib, keyin uni ajratishga oʼtiladi. Tagliklarni ajratish
uchun baʼzan trubali bogʼlamning bir qismini demontaj qilishga toʼgʼri keladi.
Qattiq qobiq trubali issiqlik almashinish qurilmalarining ogʼirligi anchagina.
Shuning uchun ularni qismlarga ajratish va keyinchalik oʼrnatish uchun kranlar,
uchoyoqlar, statsionar koʼtarish qurilmalaridan foydalaniladi.





Nuqsonlarni aniqlash va bartaraf qilish. Tagliklar va ulardagi sektsiya toʼsiqlari
devorlarining faktik qalinligini, teshiklarni parmalash yoʼli bilan oʼlchanadi,
shuningdek ultratovushli qalinlik oʼlchagichlar yordamida ham oʼlchanadi. Sektsiya
toʼsiqlarini tagliklarga payvandlash sifati, ularga suv solib tekshiriladi. Suvni
navbatma-navbat har bir sektsiyaga uzatiladi, buning uchun qopqoqdagi barcha
shtutserlar berkitiladi, qopqoqni esa ochiq tomoni bilan yuqoriga qaratib oʼrnatiladi.
Truba panjaralaridagi trubalar uchlarini mahkamlanish holatini avval koʼz bilan
kuzatish orqali tekshiriladi. Truba uchlarini truba panjaralari uyalarida teshik ogʼzini
yumaloqlash orqali mahkamlash keng tarqalgan. Issiqlik almashinish trubalarining
alohida xususiyatlari: ularning kichik qalinlikda ekanligidir. Shuning uchun trubalar
uchlarining mahkamlanishi alohida eʼtibor bilan tekshiriladi. Teshiklarni
yumaloqlab mahkamlash sifatini, yumaloqlash orqali mahkamlangan yuzalar holati
boʼyicha baholanadi. Yuzalar bir tekis deformatsiyalangan boʼlishi, shuningdek
yumaloqlab berkitilgan trubalar uchlari ichki diametri oʼlchamlari natijalari
boʼyicha boʼlishi kerak. U truba devori qalinligi boshlangʼich diametrdan 15-30%
ga koʼp boʼlishi kerak. Yangi yumaloqlab yopilgan birikmalar sifati, yumaloqlab
berkitish darajasi orqali xarakterlanadi. Uni quyidagi formula orqali aniqlanadi:
100
'

+
+

=
D
d
D
d
d
k
н
в
в
(4.1)
bu yerda k - razvaltsovka darajasi, (%); issiqlik almashinish qurilmalari uchun
k=0,5-1%; va d
B
- razvaltsovkagacha va razvaltsovkadan keyingi truba diametri,
mm; D - teshikli panjaradagi truba razvaltsovkasi uyasining diametri, mm; d
H
- truba
uchining razvaltsovkagacha boʼlgan diametri, mm.
Truba uchlari panjara yuzasidan truba devori qalinligiga teng boʼlgan uzunlikda
chiqib turishi kerak va bortovka qilingan boʼlishi zarur. Truba uchining
qoʼngʼiroqchasi (bortovka qilingan uchastka) butun, yoriqlarsiz va darzlarsiz
boʼlishi kerak. Truba devorining yumaloqlab mahkamlangan yuzasidan yumaloqlab
mahkamlanmagan uchastkalariga oʼtadigan joylariga eʼtibor berish zarur: ular silliq,
devorlarining uchli kesiklarisiz boʼlishi kerak.
Koʼp hollarda trubalarning uchlari tezroq yemiriladi, shuning uchun, ularning
qalinliklarini oʼlchash orqali issiqlik almashinish trubalari butkul holati haqida
xulosa qilish mumkin. Oʼta yemirilgan trubalar yumaloqlab mahkamlangan
birikmalarning mustahkamligini taʼminlay olmaydi.
Аgar panjaralar va trubalar yaxshi payvandlanadigan metalldan yasalgan boʼlsa,
issiqlik almashinish qurilmalarida truba panjaralarida trubalarni payvandlab
mahkamlash ham qoʼllaniladi. Panjara va truba devorlarining qalinliklari juda katta
farqli boʼlishi, payvand ishlarini sifatli bajarilishiga qiyinchilik tugʼdiradi. Koʼrik
vaqtida payvand choki bir tekisliligiga va uning qalinligiga eʼtibor berish kerak,
chunki ekspluatatsiya jarayonida choklar korrozion va erozion yemirilishga duch
keladi.



Trubalar ichki yuzalarini yuvish vaqtida chiqarib yuborilmagan choʼkindilar bilan


ifloslanganlik darajasini koʼz bilan ajratib va ozod kesimlar diametrlarini oʼlchash
yoʼli bilan ham aniqlanadi.

Download 91.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling