7-Maʼruza. Issiqlik almashinish qurilmalarini ta`mirlash
Download 91.77 Kb.
|
Issiqlik almashinish qurilmalarini-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.2- расм. Иссиқлик алмашиниш қурилмаларини кимёвий тозалаш усули.
Qurilmalarni yuvish. Truba va truba oraligʼi ichidagi tarkibni, shtutserlar yoki
maxsus qobiq va qopqoqdagi maxsus chiqarib tashlovchi muftalar orqali boʼshatiladi. Soʼngra ishchi muhitning fizik-kimyoviy xossalariga koʼra moʼljallanadigan vaqt oraligʼida ular suv bilan yuviladi, keyin bugʼlantiriladi. Buning uchun issiqlik almashinish qurilmalarining trubalar bogʼlamiga bugʼ liniyasini ulash imkoniyatlari koʼrib chiqiladi. Bu liniya qurilmalar ishchi rejimda mustahkam biriktirilgan boʼlishi kerak. Yuvish va bugʼlatish orqali ikki maqsadga erishiladi: portlash va yongʼindan xavfsiz yoki zaxarli moddalardan xavfsiz hosil qilish yoʼli bilan qurilmani ochishga tayyorlashga va yuzalarni choʼkindilardan tozalashga. Shuni nazarda tutish kerakki, yuvish - bu trubalar tashqi yuzasidan choʼkindilarni ajratib olishning birdan-bir mumkin boʼlgan usulidir. Shuning uchun issiqlik almashinuv qurilmalarining trubalararo boʼshligʼini yuvishga alohida eʼtibor qaratish kerak. Qurilmalarni mumkin qadar bugʼ bilan isitiladigan issiq suvda yuvish kerak. Neftni qayta ishlash qurilmalarini issiq suv va kerosin aralashmasi bilan yuvish amalga oshirilmokda. Kerosin neft mahsulotlarini eritadi, koks va boshqa mexanik aralashmalar esa aralashma oqimi bilan birga chiqib ketadi. Аgar truba boʼshligʼiga bir vaqtning oʼzida bugʼ ham yuborilsa, bunday yuvishning samarasi yana ham ortadi. Kerosinni va isitishga ketadigan issiqlik sarfini kamaytirish maqsadida ishlatib boʼlingan aralashmani maʼlum sigʼimga solinadi va undagi chiqindilar tindiriladi, soʼngra yana foydalaniladi. (4.2- rasm). Yuvuvchi suyuqlik sifatida 100- 120°C gacha isitilgan solyar moyi ishlatilsa ham boʼladi. 4.2- расм. Иссиқлик алмашиниш қурилмаларини кимёвий тозалаш усули. 1-ювувчи суюқликни тиндирш учун сиғим; 2-иситкич; 3- деворли сиғим; 4-насос; 5- чўкмани чиқариш штуцери. Yuzalardagi chiqindilar va choʼkindilar kerosin yoki solyar moyida yaxshi erimasa, u holda maxsus ingibitorlardan foydalanib, kislotali tozalash qoʼllaniladi. Ular truba va qobiq metallari intensiv korroziyasini oldini oladi. Odatda xlorid kislotasining «unikol» ingibitori bilan aralashmasi qoʼllaniladi. Yuvish davomiyligi yigʼilgan tajribaga asoslanib, issiqlik almashinish qurilmasining har bir guruhi uchun choʼkindilarning fizik- kimyoviy xususiyatlariga qarab aniqlanadi. Issiqlik almashinish qurilmalarini yuvishni ifloslanish darajasiga koʼra va yuvilayotgan vaqtdagi keladigan gidravlik qarshilikka koʼra, bittadan yoki alohida uchastkalar boʼyicha amalga oshiriladi. Hamma issiqlik almashinish qurilmalarini bir vaqtda yuvish osonroqdir, buning uchun ishlatilayotgan trubalar bogʼlamidan foydalaniladi (4.2-rasm). Yirik issiqlik almashinish qurilmalarining truba bogʼlamlari bitta-bittadan uzilishini imkoniyatini koʼrib chiqiladi, issiqlik almashinish yuzasi kichik boʼlgan qurilmalar uchun juft-juft uzilish koʼrib chiqiladi. Bunday bogʼlam (paypaslash) deffektli issiqlik almashinish qurilmalarini ishlab turgan texnologik qurilma yoki blokni boshqa qurilmalardan uzish imkonini beradi. Truba boʼshligʼi ham, yaʼni issiqlik almashinish qurilmalarining ichki yuzalari, qopqoqlari va qurilma xuddi shunday yuviladi. Download 91.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling