7-Maʼruza. Issiqlik almashinish qurilmalarini ta`mirlash


Qattiq konstruktsiyali issiqlik almashinish qurilmalari


Download 91.77 Kb.
bet3/23
Sana20.10.2023
Hajmi91.77 Kb.
#1713336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Issiqlik almashinish qurilmalarini-fayllar.org

Qattiq konstruktsiyali issiqlik almashinish qurilmalari. Qattiq konstruktsiyali
issiqlik almashinuvchi qurilmada qoʼzgʼalmas truba panjaralari qobiq bilan mahkam
bogʼlangandir. Ularning asosiy kamchiligi temperaturalar kuchlanishlarni qabul qila
olmasligi va qobiqlarning ichki yuzalari va issiqlik almashinuvchi trubalarning
tashqi yuzalarini iflosliklardan va choʼkindilardan mexanik tozalash mumkin
boʼlmaganligidir. Bunday issiqlik almashinish qurilmalarini taʼmirlash yoʼli bilan
qayta tiklash bir muncha chegaralangandir. Аynan shuning uchun ham uzoq muddat
xizmat qilishi, tegishli ekspluatatsiya rejimiga qatʼiy rioya qilingandagina
taʼminlanadi. Masalan, qurilma pasportida koʼrsatilgan issiqlik almashinayotgan
muhitlararo temperaturalar farqini oshirib boʼlmaydi, chunki bu truba panjarali truba
birikmalarining buzilishiga yoki truba yorilishiga olib kelishi mumkin. Ikki issiqlik
almashinayotgan oqimlarning, iflosliklardan xoli boʼlgan, korrozion aktiv moddalar
va issiqlik almashinish jarayonini yomonlashtiruvchi hamda qurilmaning gidravlik
qarshiligini kuchaytiruvchi muallaq zarrachalardan xoli boʼlgan bittasini trubalar
orasiga yuboriladi. Shuni nazarda tutish kerakki, truba tashqi yuzalarining va
qurilma qobigʼining ichki devorini koʼrikdan oʼtkazish imkoni yoʼq, bundan kelib
chiqadiki, qurilma holatini ekspluatatsiya qilinayotgan vaqtda nazorat qilish
mumkin boʼlmay qoladi. Taʼmirlashning zaruriyligi, taʼmirlashi va mexanik
tozalanishi mumkin boʼlgan trubalarning ichki yuzalarini tekshirish orqali
aniqlanadi.
Trubalarni va qobiqni korrozion yemirilishini oldini olish, ular ishlayotgan muhit
xossalariga bogʼliq holda, ularni yasash uchun metall tanlash orqali amalga
oshiriladi.
Truba va issiqlik almashinish qurilmalarining qopqoqlarini qobiqlarini korroziyadan
dengiz suvi yordamida katodli muhofazalash tajribasi mavjuddir. Bunday
muhofazalash korroziya tezligini 5-6 marta kamaytiradi. Katodli muhofazaga
tegishli boʼlgan elementlarning maʼlum mikdorini muhofazalovchi yuzalar
oʼlchamlariga bogʼliq holda qurilma qopqogʼining ichiga osib qoʼyiladi; yemirilish
oʼlchamiga qarab, taʼmirlashda elementlarni muntazam ravishda yangilari bilan
almashtirishi mumkin.
Vizual koʼprik faqatgina qopqoqlar, trubalarning uchlari va ichki kanallari, qobiq va
qopqoqlardagi shtutserlar uchun taalluqlidir. Qurilmaning qolgan qismlari
nuqsonlarini faqatgina bosim bilan tekshirish vaqtidagina aniqlash mumkin.
Taftish va taʼmirlash vaqtida va tarkibini konkret ekspluatatsion sharoitlardan kelib
chiqib aniqlanadi. Muddatdan oldin taʼmirlash zarurati issiqlik almashinishning



keskin yomonlashuvi bilan (texnologik kartaga mos), shuningdek, issiqlik


almashayotgan muhitlar siljishi bilan bogʼliq birinchi holatda, ichki yoki tashqi truba
yuzalarining yoki unisini ham bunisini ham ifloslanishi ehtimoli bor, ikkinchi holda-
bitta yoki bir nechta trubalarning yorilishi yoki trubalarning truba panjaralari bilan
birikkan joylarda zichlikning buzilish ehtimoli bor. Trubalar kamchiligi katta
boʼlgani uchun truba panjaralarining ochiq yemirilishi qariyb uchramaydi. Qurilma
qobigʼini va uning birikmalari zichligining buzilganligini tomchilar oqayotganligini
koʼrib aniqlash juda oson. Bunday hollarda qurilmalani, ular ishlab turgan
sistemadan surilma qopqoqlarni va ventillarni darhol berkitib qoʼyish orqali uzib
qoʼyish zarur. Qattiq konstrutsiyalash issiqlik almashinish qurilmalarini taftini va
taʼmirlash vaqtida oʼtkaziladigan operatsiyalar ketma-ketligi qariyb bir xildir.

Download 91.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling