7-Maʼruza. Issiqlik almashinish qurilmalarini ta`mirlash
Download 91.77 Kb.
|
Issiqlik almashinish qurilmalarini-fayllar.org
KOLONNALI QURILMALAR.
Kolonnali qurilma deganda, balandligi ko‘ndalang o‘lchamlaridan birmuncha katta bo‘lgan, vertikal joylashgan qurilma tushuniladi. Kolonnalarga: rektifikatsion kolonnalar, absorberlar, desorberlar, distillyatorlar, skrubberlar, ekstraktorlar va h.k.lar kiradi. Sanab o‘tilgan qurilmalarni taʼmirlash va montaj qilish usullari bir xildir. Bundan tashqari bu usullarni reaktorlar, regeneratorlar, turli tayanch konstrutsiyalari, mo‘ri trubalari, minoralar va h.k. uchun qo‘llanilsa bo‘ladi. Kolonna qurilmalarini, odatda, ochiq maydonda yerdan turli belgilarda (poydevorlarda, temirbeton pestamentlarda, metall etajerkalarda) o‘rnatiladi. Silindrik shakldagi kolonna qurilmalarini uglerodli va legirlangan po‘latdan payvandlab tayyorlanadi. Kolonna qurilmalarining ichki va tashqi qurilmalari oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. Rektifikatsion kolonnaning ichki moslamalariga kolosnik, turli konstruksiyadagi barbotaj tarelkalari, qaytargichlar, ulitalar, matochniklar, va h.k. kiradi. Kolonna qurilmalarining ishlash sifati xuddi qobiqning aniq montaj qilinishiga bog‘liq bo‘lganidek, uning ichki qurilmalarining ham aniq montaj qilinishiga bog‘liq. Kolonnali qurilmalar montaj maydoniga maksimal tayyor holatda keltirilishi kerak. Agar butkul yegilgan qurilmani tashib olib kelishning iloji bo‘lmasa, uni maksimal yirik bloklarda yoki alohida detallarini keltiriladi. Barcha hollarda ham tayyorlovchi-zavod montaj uchastkasiga olib kelishdan avval unda nazorat yegish ishlari o‘tkazish kerak, barcha tutashuvlarga yeguvchi o‘qlar va nazorat belgi chizmalarini qo‘yishi kerak. Montaj maydonida mavjud bo‘lgan ko‘tarish moslamalarining yuk ko‘taruvchanligiga qarab, qurilmani yig‘ishni detallar va bloklardan yoki bloklarni yiriklash orqali amalga oshiriladi. Agar qurilmani poydevorga butkul yig‘ilgan holatda ko‘tarish mumkin bo‘lsa, uni yig‘ilgandan so‘ng gorizontal holatida unga barcha xizmat ko‘rsatuvchi metallakonstruksiyalar (maydonchalar, zinalar, baʼzan zinapoya kataklari) payvandlanadi, yopib ochadigan moslamalar va truba bog‘lamlar o‘rnatiladi va aniq issiqlik izolyasiyasi qoplanadi. Sanab o‘tilgan ishlarni bajarish uchun, kolonnalar ozgina ko‘tariladi va tayanchlarga (chorpoyalarga) ustma – ust qo‘yiladi, bu tayanchlar profil po‘latdan yoki trubalarda tayyorlangandir. Baʼzi hollarda qurilmalarni poydevorga ko‘tarilgunga qadar va o‘rnatilgunga qadar ichki devorlarni futirovkasi ham o‘tkaziladi. Qurilma bilan birga ko‘tariladigan trubalar bog‘lami va metallokonstrutsiyalar, qurilmaga mahkam birikkan bo‘lishi shart. Agar ishchi loyihada bunday mahkamlik taʼminlanmagan bo‘lsa, montaj vaqtida vaqtinchalik xomutlar, belbog‘lar, kronshteynlar qo‘yish ko‘zda tutiladi, ularni qurilma loyihaviy holatga o‘rnatilib bo‘lgandan so‘ng yechib olinadi. Instruksiyaga binoan, qurilmani poydevorga bosim bilan tekshirilgandan so‘ng va uni bosim bilan tekshirilgan suyuqlikni chiqarib yuborilgandan so‘ng ko‘tariladi. Alohida bloklarni ko‘tarishda montaj qilishning tanlab olingan usuliga muvofiq ishning konkret ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqiladi. Bu texnologiyada yuqori balandliklarda o‘tkaziladigan ish hajmini maksimal qisqartirish ko‘zda tutiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling