Aloqa chiziqlari va ularning xarakteristikalari.
Axborotlarni uzatish uchun xizmat qiladigan vositalar to’plami quyidagilar: axborotlar uzatgichi, aloqa kanali va axborotlar qabul qiluvchi birligi hisoblanadi. Axborotlarni qabul qiluvchi va uzatuvchi sifatida kompyuterlarni bevosita aloqa liniyalariga ulanishini ta’minlaydigan ma’lumotlarni uzatish apparaturasidir. Bular modemlar (telefon liniyalari uchun) va tarmoq adapterlari hisoblanadi.
Kompyuter tarmoqlari ma’lumotlarni fizik uzatish muhiti signallar uzatiladigan elektr va optik o’tkazgichlar (o’tkazish muhiti), shuningdek, yer yuzidagi va sun’iy yo’ldoshli aloqa radiokanallar tarzidagi simsiz muhit hisoblanadi. Ishlatiladigan chastota diapazoni va kanalning uzunligi bilan farqlanadigan ko’pllab xilma-xil radiokanallar turlari mavjud. Kompyuter tarmoqlarida ham o’tkazgichli, ham simsiz muhitlar qo’llaniladi. Hozirgi kunda Ethernet standartidagi mobil kompyuter tarmoqlari texnologiyalari rivojlanmoqda. Ko’p hollarda, xususan, global va mintaqaviy kompyuter tarmoqlarida foydalanuvchilar qanday oraliqda ma’lumotlar o’tkazgichlar orqali emas, simsiz radiokanallar va sun’iy yo’ldoshli aloqa kanallari orqali uzatilishini har doim ham bilishmaydi.
Kabelli aloqa liniyalari kengroq tarqalgan. Kompyuter va telekommunikasion tarmoqlarda bir necha turlardagi kabellar qo’llaniladi.
Ekranlashtirilmagan o’rama juft UTP (Unshielded Twister Pair);
Ekranlashtirilgan o’rama juft STP (Shielded Twister Pair);
Koaksial kabel (“yo’g’on yoki “ingichka”);
Optik tolali kabel.
Do'stlaringiz bilan baham: |