7-ma’ruza. Masofali ta’lim. O‘qitishning vebinar metodi. O‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida fizikani o‘qitishning dolzarb muammolari


Masofadan o‘qitish tizimlari muammolari


Download 113.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana22.06.2023
Hajmi113.02 Kb.
#1645851
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-ma\'ruza. Masofaviy talim

Masofadan o‘qitish tizimlari muammolari 
Ta‟lim sohasiga mo„ljallangan kompyuter vositalarini quyidagi turlarga 
bo„lish mumkin: umumiy foydalanishga mo„ljallangan xizmatchi dasturiy 
vositalar, o„rganuvchilar bilim va ko„nikmalarini tekshiruvchi dasturiy vositalar, 
elektron trenajerlar, matematik va imitatsion modellashtirishga mo„ljallangan 
dasturiy vositalar, virtual laboratoriya dasturiy vositalari, ma‟lumot-qidiruv 
tizimlari, avtomatlashtirilgan o„qitish tizimlari, elektron darsliklar, ekspertli 
o„qitish tizimlari, aqliy (intellektual) o„qitish tizimlari, avtomatlashtirilgan kasbiy 
faoliyat vositalari (ishlab chiqarish tizimlari yoki ularning o„qitish vositalari).
Kompyuter texnologiyalari asosidagi masofaviy o„qitish (MO„) texnik 
infratuzilmaga asoslangan bo„lib, quyidagilardan iborat: kompyuter (o„quv 
ma‟lumotini joylashtirish va namoyish qilish vositasi sifatida) va kompyuter 
tarmog„i (o„quv ma‟lumotidan foydalanish imkonini beruvchi vosita sifatida). 
Hozirgi paytda yaratilayotgan masofadan o„qitish tizimlari bir qancha tamoyillarga 
asoslanadi. Bu tamoyillarga quyidagilarni kiritish mumkin: o„quv materialining 
tarqalishi tamoyili, o„quv materialining interaktivligi tamoyili, o„quv materialining 
multimediaviy tasvirlanishi tamoyili, o„quv materialining o„rganuvchi shaxsiy 
xususiyatlariga moslashuvchanligi tamoyili va h.k. Axborot o„quv manbalarini ikki 
guruhga bo„lishimiz mumkin: o„rganuvchi kompyuterida mavjud bo„lgan (lokal 
komponentlar) va o„quv markazi kompyuterida joylashgan (tarmoq komponentlari) 
o„quv manbalari.
Masofaviy o„qitishni tashkil qilish va yuritishda asosan quyidagi 
muammolarga duch kelinadi:
o MO„ infratuzilmasi
o Telemommunikatsiya kanallari sifati
o An‟anaviy kurslarni elektron shaklga o„tkazish
o O„qituvchilarni qarshiligi
o Individual muloqotni yo„qotish
o Virtual ta‟limning musaffoligi
o Intelektual mulk bilan bog„liq savollar
o Masofaviy kurs sifatini baholash qiyinchiliklari
o Psixologik muammolar
o Me‟yoriy-huquqiy asoslar
Hozirgi vaqtda Oliy o„quv yurtlarida (OO„YU) MO„ kurslarini yaratish bilan 
shug„ullanuvchi mutaxassislar kursni yaratish protsedurasini engillashtiruvchi va 
ko„p sonli talabalarni o„qitish imkoniyatini beruvchi dasturiy vositalar uskunasini 
tanlash muammosi bilan duch kelinmoqda. Aksariyat elektron nashrlarda 
materiallarni HTML tili (yoki XML) yordamida yaratilmoqda. Bunda qo„shimcha 
ravishda Java va boshqa tillarda online testlari, interaktiv so„rov shakllari, 
animatsiya, veb-forum va chatlar ham yaratilmoqda. Bunday qo„l mehnati o„zining 
ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Ijobiy tomoni – bu kurs interfeysi soddaligi, veb-


sahifaning yuqori tezlikda yuklanishi, shrift va stillarni tanlash, veb- o„quv 
materiali yoki foydalanuvchidagi mavjud ma‟lumotlar matnini tahrirlashda 
qulaylik tug„dirsa, salbiy tomonlariga bunaqa kurslarni yaratish uchun ko„p mehnat 
sarflanishi, kurs sahifasidagi materiallarni yangilash, tahrirlashdagi noqulayliklar, 
dizaynning ko„rimsizligi, bitta kurs bo„yicha uning interaktivligini oshirish uchun 
chat-serverlar, veb-forumlar, onlaynli kutubxona tizimi va turli ma‟lumotlar 
bazasidan foydalanish zarurligini keltirish mumkin.
Keyingi paytlarda kasbiy darajadagi MO„ kurslarini yaratish bo„yicha 
integrallashtirilgan uckunaviy dasturiy qobiqlar ko„plab yaratilmoqda. Ular 
masofaviy kurslarni yuritishda quyidagi modullarni o„z ichiga oladi:

Download 113.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling