7-ma’ruza. Masofali ta’lim. O‘qitishning vebinar metodi. O‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida fizikani o‘qitishning dolzarb muammolari


Download 113.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana22.06.2023
Hajmi113.02 Kb.
#1645851
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-ma\'ruza. Masofaviy talim

Simulyatorlar.  
Crocodile Physics dasturi xaqida.  
Crocodile Physics dasturi kuchli simulyator bo„lib, fizik jarayonlarni 
modellashtirish va Fizikaning Mexanika, Elektr zanjirlar, Optika va To„lqin 
hodisalari bo„limlariga oid tajribalar yaratish va kuzatish imkoniyatini beruvchi 
dasturdir. Bu dasturdan darslarda Interaktiv doska orqali mashg„ulotlarni tashkil 
etish mumkin, shuningdek mustaqil ish sifatida shaxsiy kompyuterda ishlatish 
mumkin. Bu kuchli dastur fizik hodisalarni kuzatish, tajribalar o„tkazish va turli 
murakkablik darajasidagi jarayonlarni modellashtirish imkoniyatini beradi.
Ushbu dastur Crocodile Clips Ltd tomonida 1994 yildan beri 
takomillashtirilib kelinmoqda. Dasturdan masala echishda, virtual laboratoriya 
ishlarini va namoyish tajribalarini tashkillashtirishda keng foydalansa bo„ladi. Bu 
dastur ta‟lim tizimida to„g„ri ma‟noda inqilobiy o„zgarishlarga olib keldi. Hozirgi 


kunda dasturdan 35 tadan ortiq rivojlangan davlat ta‟lim muassasalarida keng 
foydalanib kelinmoqda.
Dastur fizikaning barcha bo„limlari bilan ishlash, jarayonlarni chuqur 
o„rganish imkoniyatini yaratadi. 
3-rasm. Crocodile Physics dastur muhitining ishchi stoli 


4-rasm. Crocodile Physics dastur muhitida yaratilgan model. 
1-rasmda siljishning vaqt bo„yicha o„zgarishining chizma modeli, shu-
ningdek prujinali mayatnik tebranishini suv sirtida hosil bo„ladigan teb-ranishlar 
bilan o„xshashligi keltirilgan. 


5-Rasm.Radio to„lqinning biror bir tusiqdan o„tishida kuzatiladigandifraksiya 
jarayoni keltirilgan. 
Ushbu dastur Crocodile Clips Ltd tomonidan 1994 yildan beri 
takomillashtirilib kelinmoqda. Dasturdan masala echishda, virtual laboratoriya 
ishlarini va namoyish tajribalarini tashkillashtirishda keng foydalansa bo„ladi. 
Hozirgi kunda dasturdan 35 tadan ortiq rivojlangan davlat ta‟lim muassasalarida 
keng foydalanib kelinmoqda. 


6-Rasm. Dopler effektiga oid yaratilgan model. 
Dasturning o„ziga xos xususiyatlari: Fizik hodisalarni namoyish etuvchi optimal 
dastur, 50 dan ortiq qadamma - qadam o„rgatuvchi darslar, 150 dan ortiq fizikaning 
bo„limlariga oid tayyor modellar, fizik jarayonlarni kompyuterda modelashtirish 
imkoniyati, mustaqil modellashtirish imkoniyatini beruvchi sodda interfeys, Er 
sharoitida o„tkazish qiyin bo„lgan tajribalarni amalga oshirish va kuzatish, 
dasturning kuchli instrumentariyasi, tajribada qatnashayotgan fizik kattaliklarning 
qiymatini juda yaxshi aniqlik bilan hisoblash imkoniyatini beradi, fizik hodisada 
qatnashayotgan fizik kattalik bilan boshqa fizik kattaliklar o„rtasidagi grafikli 
bog„lanishni hosil qilish, yaratilgan modellarni saqlash va qog„ozga chop etish 


mumkin. Crocodile Physics dasturining bunday imkoniyatlari fizika fanini 
o„qitishda inqilobiy o„zgarishga sabab bo„ldi.

Download 113.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling