7-ma’ruza. Masofali ta’lim. O‘qitishning vebinar metodi. O‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida fizikani o‘qitishning dolzarb muammolari


MASOFAVIY TA’LIMDA VIRTUAL LABORATORIYA


Download 113.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana22.06.2023
Hajmi113.02 Kb.
#1645851
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-ma\'ruza. Masofaviy talim

 
MASOFAVIY TA’LIMDA VIRTUAL LABORATORIYA 
ISHLARINI TASHKILLASHTIRISH 
Masofaviy ta‟limda jarayonida tabiy fanlardan laboratoriya ishlarini 
tashkillashtirishning o„ziga xos muammolari mavjud.
Aynan bu muammoni virtual laboratoriya ishlaridan foydalangan holda 
tashkillashtirish mumkin. Bu o„quv modulimizda aynan yuqorida keltirilgan 
muammoni hal qilishga harakat qilamiz.
O„quv jarayonida modellardan foydalanish yangi usul emas. Qadim-qadimdan 
o„quv-o„rganish mobaynida modellardan foydalanib kelingan. Simulyatorlar o„quv 
jarayoning qariyb barcha jabhalarida: boshlang„ich ta‟limdan boshlab oliy o„quv 
yurtlarigacha, oddiy til o„rganishdan to mexanika sohalarigacha qo„llanilishi 
mumkin. Keyingi vaqtlarda xattoki meditsina sohasida ham simulyatorlardan 
foydalanilmoqda. Ammo biz ushbu ma‟ruzada asosiy e‟tiborni kompyuter 
simulyatorlariga qaratamiz.
Kompyuter simulyatorlaridan asosan ikki yo„nalishda foydalanish mumkin: 
haqiqiy ob‟ektlarni modellashtirish hamda ushbu modellarni rivojlantirish. Hayotiy 
ob‟ektlarni modellashtirishda eng sodda chiplardan tortib butun boshli murakkab 
kompyuter tizimlarigacha virtual prototiplarini yaratish mumkin. O„quvchilar 
ushbu virtual modellarni o„rganish jarayonida ularning ishlash prinsip va usullarini 
yanada takomillashtirishlari ham mumkin bo„ladi. 
O‘quv yurtlarida simulyatorlardan foydalanish kerakmi? Ushbu savolga 
eng qisqa hamda bizning nazdimizda to„g„ri bo„lgan javob, “Ha, albatta”dir. 
Simulyatorlardan foydalanishning asos sabablaridan biri ularning real ob‟ektlarga 
nisbatan juda ham arzon alternativ ekanligidadir. Hammaga ma‟lumki, axborot 
texnologiyalar 
va 
kompyuter 
sohasini 
o„qitishda asosan leksiyalardan 
foydalaniladi; nari borsa programmalash tillarini o„qitishda ma‟lum bir dasturlar 
tuzish bo„yicha mashg„ulotlar olib boriladi. Ammo kompyuter jixozlarini yasash, 
operatsiyon va netvork tizimlarini o„rnatish hamda sinovdan o„tkazish qimmatbaho 
uskunalarga extiyoj tug„diradi. O„zo„zidan ma‟lumki O„zbekiston kollej va 
universitetlarida bunday imkoniyatlar hozircha keng ko„lamda mavjud emas. 
Simulyatorlar esa shunday haqiqiy asbob-uskuna va jihozlarsiz virtual holatda 
kompyuter hamda netvork qurilmalarini yasash va sinovdan o„tkazishga imkoniyat 
yaratadi. Bu o„z-o„zidan nafaqat katta miqdorda mablag„lar tejalishiga, balki ularga 
umuman ehtiyoj ham tug„dirmaydi. Simulyatorlarning qariyb hech qanday 
moliyaviy mablag„lar talab etmasligi ma‟lum tadqiqotlarni talabalar tomonidan 
yuzlab, kerak bo„lsa minglab marotaba qayta-qayta amalga oshirishga imkoniyat 
yaratadi.
Simulyatorlardan foydalanishning yana bir afzallik tomoni ularning xavfsiz 
ekanligidir. Ba‟zi tadqiqotlarni amalga oshirish inson hayoti uchun xavf tug„diradi, 
masalan, ekologik xavfli zonalarni kuzatish jarayonida ma‟lumotlarni yig„ish 
uchun foydalaniladigan netvork tarmog„ini o„rganish. Bunday tadqiqot katta 
miqdorda moliyaviy xarajat talab etibgina qolmasdan, tadqiqotni olib boruvchilar 


hayotiga xavf ham tug„diradi. Simulyatorlar yordamida esa ekologik xavfli zona 
hamda u erga mos bo„lgan netvork tarmog„i virtual holatda yasalishi va ularning 
ustiga istagancha eksperimentlar o„tkazilishi mumkin.
Simulyatorlardan foydalanish jarayonida talabalar ma‟ruza vaqtida o„rgangan 
nazariya va bilimlarini virtual bo„lsada hayotga tadbiq qiladilar. Ushbu tadqiqotlar 
jarayonida bilimlarini yanada mustahkamlash bilan bir qatorda nazariya hamda 
hayotiy tadbiqotlarning rivojlanishiga bevosita xissa qo„shadilar. Bundan tashqari 
o„sha simulyatorlarning ham yanada rivojlanishiga, yanada haqiqiy hayotiy 
tadqiqotlarga yaqin natijalar beradigan darajaga chiqarishda o„z xissalarini 
qo„shishlari mumkin. Bu o„z o„rnida talabalarni faqatgina “tinglovchi” vazifasida 
qolmasdan, bevosita ilmiy-tadqiqot ishlarida qatnashuvchilarga aylantiradi. Bu esa 
o„z navbatida talabalarda o„qish va tadqiqotlarga bo„lgan qiziqishlarini yanada 
ortishiga olib keladi.
Hozirgi fan-texnikaning katta sur‟atlarda rivojlanishi real-hayotiy tadqiqot 
uskunalarini ushbu rivojlanish bilan bir qatorda ketishida qiyinchilik tug„diradi. 
Simulyatorlarda esa bunday to„siqlar mavjud emas va xatto ushbu “virtual 
tadqiqotxonalar” fan-texnika rivojlanish tezligiga qo„shimcha tezlik qo„shadi. 
Albatta har sohada bo„lgani kabi simulyatorlardan foydalanishga nisbatan 
ham qarshi fikrlar mavjud. Ulardan eng birinchisi simulyatorlarning haqiqiy ob‟ekt 
va jarayonlarni to„la-to„kis ifoda eta olmasliklaridir. Bu simulyatorlar yordamida 
olingan natijalar bilan hayotiy tajribalardan hosil bo„lgan natijalar o„rtasida 
tafovutlar paydo bo„lishiga olib keladi. Ba‟zi simulyatorlar esa o„yin shaklida 
yasalgan, masalan, uchuvchilik simulyatorlari1. Ular foydalanuvchilarda doimiy 
ishqibozlik2 kelib chiqishiga olib keladi va natijada tadqiqotdan ko„ra ko„proq 
o„yin tarafi bosib ketadi.
SHunga qaramasdan yuqorida ko„rsatilgan simulyatorlardan foydalanishning 
salbiy tomonlari ijobiy tomonlariga nisbatan ancha kuchsiz hamda ularni bartaraf 
etish imkoniyatlari mavjud. SHuning uchun ular simulyatorlardan foydalanishning 
qandaydir ma‟noda cheklanishiga asosiy sabab bo„la olmaydi.
Fizika fanining an‟anaviy o„qitish sxemasi qo„yidagi rasmda keltirilgan: 
1-rasm. Fizika fanining an‟anaviy o„qitish sxemasi. 
Bu an‟anaviy uslubda o„quvchi (talaba) nazariy materialarni o„rganib chiqib, 
o„rgangan bilimini mustahkamlash uchun masala echadi va laboratoriya ishlarini 
bajaradi. Bunda o„quvchi nazariy va amaliy bilimga ega bo„ladi. Bu an‟anaviy 
uslubda fizika fanini o„rganish albatta o„z samarasini beradi. Lekin fizika fani 
misolida bir jarayonni keltirib o„taman. Ko„pgina fizikaviy masalalarni echishda 
o„quvchi (talaba) masaladan kelib chiqqan holatda fizika qonuniyatlarining 


matematik formulasini yozadi va hosil bo„lgan tenglamalar sistemasidan masala 
shartida so„ralayotgan fizik kattalikni keltirib chiqaradi, kerak bo„lsa, tahlil qiladi. 
Mana shu bilan masala echish jarayoni tugaydi. Lekin o„quvchi shu ishlagan 
masalasini tajribada tekshirib ko„rish imkoniyatiga ega bo„lmaydi.
Haqiqatdan ham, gorizontga burchak ostida otilgan jismning ma‟lum bir 
vaqtdan keyin vaziyati qanday bo„lishi (qarshilik kuchini e‟tiborga olgan holda) 
yoki bir necha prujinalarga osilgan jismlar tizimining harakat traektoriyasi qanday 
bo„lishini tasavvur etishimiz qiyin bo„ladi.
Biz taklif etayotgan noan‟anaviy o„qitish uslubi yuqorida keltirilgan 
muammoni hal qilishga yordam beradi (2-rasm). 
2-rasm. Fizika fanining noan‟anaviy o„qitish sxemasi. 
Biz taklif qilayotgan sxemada «Kompyuterda modellashtirish» mashg„uloti va 
“Virtual laboratoriya” ishlari bilan to„ldirilsa, yuqorida keltirilgan kamchiliklar 
bartaraf etiladi. Bu talabadan o„rganilayotgan muammoning mohiyatini chuqur his 
qilishni va fizik jarayonning mohiyatini chuqur tushunishga yordam beradi. 
Bunday mashg„ulotlarni tashkillashtirish uchun ta‟lim tizimida inqilobiy 
o„zgarishga olib kelgan Crocodile Clips Ltd tomonidan yaratilgan dasturiy 
ta‟minotlardan foydalanishni tavsiya qilaman. Keling, endi shu dasturiy ta‟minotlar 
bilan tanishib chiqsak.

Download 113.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling