7-ma’ruza. Matnli hujjat muharrirlari. Matnli xujjatlarni tahrirlashni avtomatlashtirish


Hujjat sarlavhalarini raqamlash (nomerlash) va sarlavha (kolontitul) o’rnatish


Download 0.77 Mb.
bet2/5
Sana20.09.2020
Hajmi0.77 Mb.
#130422
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-mavzu


Hujjat sarlavhalarini raqamlash (nomerlash) va sarlavha (kolontitul) o’rnatish.

Hujjat sarlavhalarini raqamlash uchun «ВСТАВКА» menyisining Номера страниц buyrug’ini tanalash kerak. Natijada ekranda sahifa raqamini o’rnatish oynasi hosil bo’ladi.



Bu yerda:



  • Положение- raqamni sahifaning yuqorisiga yoki pastiga joylashtirishni ta’minlaydi.

  • Выравнивание- raqamni sahifaning o’ng, chap qismiga, o’rtasiga ichki yoki tashqi ko’rinishda joylashtirishni ta’minlaydi.

  • Номер на первой странице- raqamlarni birinchi sahifadan boshlash yoki birinchi sahifaga raqamni qo’ymasdan raqamlash mumkin.

  • Формат- sahisa raqami ko’rinishi va boshlanish tartibini o’zgartirish mumkin.

Har bir sahifa yuqori yoki pastki qismiga sahifa raqami bilan birga uning o’rniga matn, sana, vaqt va boshqa ma’lumotlar joylashtirish mumkin. Buning uchun «ВИД» menyusining Колонтитуы buyrug’ini tanlash kerak. Ekranda shu buyruqning asboblar paneli paydo bo’ladi.

Bu asboblar panelidan foydalanib, sahifa o’lchamlarini o’zgartirish mumkin. Zarur ma’lumotlar kiritligandan so’ng Закрыть tugmasi orqali ishchi oynaga qaytiladi.



Hujjatga tushuntirma (сноска) o’rnatish

Hujjatdagi ba’zi bir ma’lumotlarning olingan manbasini ko’rsatmoqchi yoki biror- bir so’zni kengroq yoritmoqchi bo’lsak, tushuntirma (izoh, snoska) dan foydalanishimiz kerak. Buning uchun «ВСТАВКА» menyisining сноска buyrug’ini tanlash kerak. Ekranda shu buyruqning oynasi hosil bo’ladi



Bu yerda:



  • Вставить сноску- bu bo’limdan tushuntirmaning turar joyi tanlanadi:

  • А. Обычную- bu holda tushuntirma mos sahifaning oxiriga o’rnatiladi.

  • В. Концевую- bu holda tushuntirma hujjatning oxirgi sahifasiga o’rnatiladi.

  • Нумерация- bu bo’lim orqali tushuntirmaning ko’rinishi tanlanadi.

  • А. Авто- bu holda tushuntirma natural sonlar ko’rinishida raqamlanadi.

  • В. Другая- bu bo’lim orqali tushuntirma raqami uchun ixtiyoriy belgi klaviatura yordamida tanlanadi.

  • Параметры- bu bolim orqali tushuntirma xossalari o’zgartiriladi.

  • Символ- bu bo’lim orqali tushuntirma raqami sifatida klaviaturada mavjud bo’lmagan ixtiyoriy belgi tanlanadi.

Obyekt, belgi va rasmlar joylashtirish.

Sharhlangan bandlarning ba’zilari ikkilamchi darchalarga ega. Masalan, «Вставка» menyusining Объект buyrug’I yordamida esa hujjatga boshqa grafikli obyektlar joylashtirish mumkin.



Asboblar panelidagi Рисование nomli paneldan foydalanib, shaxsiy grafikli tasvir yasashimiz mumkin. Agar bu panel oynada o’rnatilmagan bo’lsa, u holda Стандартная asboblar panelidagi tugmani “sichqoncha”dan yoki «ВИД» menyusining Панель инструментов buyrug’idan foydalanib o’rnatish mumkin. Wordda bir qator boshqa grafikli obyektlar mavjud bo’lib, ularni hujjatga o’rnatish uchun «Вставка» tanlanadi

Yuqoridagi buyruqqa mos oynaning kerakli bo’limidan kerakli obyekt tanlanadi va “OK” tugmasi bosiladi. Quyida ulardan ayrimlarini ko’ramiz.



Rasmlar va obyektlar qo’yish

Word 7.0 matnga har xil grafikli ma’lumotlar, xususan:

  • Belgilar (symbol)

  • Rasmlar (picture)

  • Grafikli obyektlar (Clip Art Gallery dan)

  • Shaxsiy grafikli tasvirlar

  • Boshqalarni

qo’yish imkonini beradi.

Klaviaturada mavjud bo’lmagan belgilarni hujjatga joylashtirish uchun «ВСТАВИТЬ» menyusining Символ buyrug’ini tanlash kerak. Ekranda klaviaturada mavjud bo’lmagan belgilarni qo’yish oynasi hosil bo’ladi.





Шрифт maydonidan foydalanilayotgan shrift tanlanadi. Kerakli belgi tanlangandan so’ng «Вставит» tugmasi orqali hujjatga qo’yiladi.

Hujjatga grafikli rasm o’rnatish o’rnatish uchun «ВСТАВКА» menyusining Рисунок buyrug’ini tanlash kerak, ekranda quyidagicha muloqot oynasi paydo bo’ladi.





Bu oynadan Начать tugmasini bossak shu oynaning pastki qismida rasmlar chiqadi,u yerdan kerakli rasmni tanlasak,shu rasm kursor turgan joyga o’rnashadi.

Agar rasm boshqa disk yoki katalogda bo’lsa, u holda Из файла maydonidan kerakli joyni tanlash mumkin.Masalan:Men quyidagi rasmni tanladim,u kursor turgan joyga o’rnatildi






Biror obyekt tanlash uchun объект menyusini aktivlashtiramiz.Masalan: Объект oynasidan,

Диаграмма Microsoft Excel buyrug’ini tanlasak,quyidagi oyna hosil bo’ladi.



Diagramma va grafiklarni matnga joylashtirish.

Diagrammalar hosil qilishning asosiy usullari

Diagramma jadvaldagi ma’lumotlarni yanada tushunarliroq qilib ko’rsatishga imkon beradi. Diagrammalar turlicha bo’ladi: gistogrammalar, chiziqli, doiraviy, nuqtali va boshqalar.



Diagrammalarning asosiy elementlari:

Diagrammalar hosil qilishda ajratilgan kataklardagi ma’lumotlar katta ahamiyatga ega. Ma’lumot elementlari(masalan, o’zlashtirish foizi) yo’l-yo’l, chiziq, ustun, sector, nuqta va boshqa shakllarda tasvirlanadi. Boshqacha aytganda, bunday ko’rinishni ma’lumotlar markeri deyiladi. Ma’lumotlar guruhi yoki ularning markeri ma’lumotlar qatorini tashkil etadi.



  1. Afsona – afsona maydoni va kaliti joylashgan maxsus oyna diagrammadagi ma’lumotlarni ajratib olishga imkon beradi;

  2. Diagramma nomi – qaralayotgan diagrammada aynan qanday jarayon ketayotganini ko’rsatadi;

  3. O’qlar – ma’lumotlar markerini ramkalash chiziqlari bo’ylab, diagrammadagi ma’lumotlarni qiyoslash imkonini beradi. Yassi diagrammalar ikki o’qqa, hajmliligi esa ma’lumotlarga qarab ikki yoki uch o’qqa ega bo’lishi mumkin. Ko’pgina diagrammalarda ma’lumotlar Y o’qi bo’ylab joylashtiriladi (masalan, %, kg, sm), X o’qi esa biron- bir nom bo’lishi(oy, yil, firma nomi va boshqalar). Odatda X gorizontal, Y vertical o’q deb tanlanadi. Aylanma va dumaloq diagrammalarda o’q bo’lmaydi. Hajmli diagrammalarda Z o’qi (odatda qiymatlar o’qi), X(toifa o’qi) va Y o’qlari (ma’lumotlar qatori o’qi) diagramma asosini tashkil etadi;

  4. “To’r” menyusi diagrammaning taxlilini osonlashtiradi.

Oddiy diagrammani hosil qilish jarayonini ko’rib chiqaylik. Diagramma qurish uchun oldindan jadvalni tayyorlash lozim.

Buning uchun:

  • grafik yoki diagramma qurish kerak bo’lgan hamma jadvalni ajrating;

  • standart uskunalar panelidagi “Diagrammani qo’yish” tugmasini bosing;

  • “To’r” menyusidan diagramma turi (grafigi)ni tanlang, so’ng o’z diagrammangizga bezak bering.

  • Diagrammani joylashtiring.

Hujjatga qaytish uchun “Chiqish” buyrug’I tanlanadi va GRAPH dasturiga fayl menyusidan qaytiladi.

Diagrammani joylashtirishning boshqa usuli quyidagicha:

“Qo’yish” menyusidan “Obyekt buyrug’iga” chiqiladi va menyudan Microsoft GRAPH tanlanadi.



Matnga formulalar kiritish va taxrirlash. WORDArtning maxsus imkoniyatlari

  1. Jadval katakchalariga formulalarni joylash orqali jadvalda berilganlarni (satr yoki ustun) qo’shish, ayirish, ko’paytirish va boshqa amallarni qisqa muddatda bajarishi mumkin.

Formulalarni qoyish uchun quyidagilarni bilish zarur:

    • Jaadvalning har bir katakchalari o’z nomi va vazifasiga ega;

    • Har bir ustun ingliz alifbosidagi A dan to Z gacha bo’lgan harflar bilan belgilangan;

    • Har bir qator natural sonlar bilan belgilangan ustun harflari va satr tartibidan tashkil topgan bo’lib, ularning kesishishidan ma’lum katakchalar hosil bo’ladi.

Masalan, ikkinchi ustun bilan uchinchi satrning kesishgan joyidagi katakchaning nomi B3 bo’ladi.(Dars bayonida jadval ko’rsatilgan plakat qo’llanilishi kerak).

Formulani katakchaga qo’yish uchun:

  • Kursorni formula qo’yiladigan katakchaga keltiring;

  • “Jadval” menyusidan “Formula” buyrug’ini tanlang;

Formula maydonida sizga taklif qilinayotgan formula bo’ladi. Agar to’g’ri kelmasa, uni o’chirish va quyidagi amallardan birini bajarish kerak:

  • soda hisoblarni bajarish uchun katakchani arifmetik belgilar: qo’shish(+), ayirish(-), ko’paytirish(*) yoki bo’lish(:) belgilari bilan kiriting. Masalan, A1 va B4 katakchalardagi sonni qo’shish uchun A1+A4 yoki bo’lish uchun A1/B4 deb yoziladi(formula kiritishda klaviatura lotin rejimida bo’lishi lozim va arifmetik amallar, belgilar joylashish maydonidagi boshqa vazifalar bilan birgalikda ishlatilishi mumkin emasligini esdan chiqarmang. Masalan, SUM (A1+B4) ko’rinishida yozish mumkin emas;

  • vazifani bajarish (masalan katakchalarning o’rtacha qiymatini yoki boshqa murakkab hisoblashlar) uchun, “Joylash” menyusidan “Vazifa nomi” tanlanadi. So’ngra “Formula” satriga vazifani hisoblashda qo’llaniladigan katakchalar qo’shtirnoq “” orqali terib yoziladi;

  • sonlar “Formati” menyusidan sonlar uchun format tanlanadi;

  • OK tugmasi bosiladi.

Agar yuqoridagilar to’g’ri bajarilgan bo’lsa, kursor turgan katakchada hisoblashlar natijasi hosil bo’ladi.

Katakchalar tarkibi o’zgarganda, hisoblash natijasi avtomatik ravishda o’zgarmaydi.

Hisoblash natijalarini yangilash uchun formulani hisoblash natijalari turgan katakchalar tarkibidan ajratib, ALT+SHIFT+U tugmalarini bosish kifoya.

WORDArt dasturi hujjat matnlarini yaratish imkoniyatlarini kengaytiradi, formatlashning standart usulidan foydalanib, murakkab matnlarni hosil qila oladi.

WORDArt orqali matnni turli burchakka og’dirish mumkin. WORDArt dasturi True Type turidagi shriftlar bilan ishlaydi.

WORDArt da maxsus samarali matn hosil qilish uchun:


  • Kursorni nostandart obyekt tushadigan joyga keltiring;

  • “Joylash” mrnyusidan “Obyekt” buyrug’ini tanlang;

  • “Yangisini yaratish” qo’shimcha varag’ini tanlang;

  • “Obyekt turi” menyusidan Microsoft WORDArt ni tanlang va OK tugmachasini bosing;

  • ekranda WORDArt menyusi, matn kiritish uchun maydoncha, WORDArt uskunalari paneli hosil bo’ladi;

  • kursor yonib – o’chib turgan maydonchaga matnni kiriting;

  • menyu yoki WORDArt uskunalar paneli orqali o’z matningizni kiriting;

  • menu yoki WORDArt uskunalar paneli orqali o’z matningizni samaralarini aniqlab oling.

Ushbu matnning keyingi taxriri uchun matn ustida “Sichqoncha” ning chap tugmachasini ikki marta bosing. Formatlash uchun, ya’ni o’lchamlarini o’zgartirish uchun, “Sichqoncha”ning chap tugmachasini bosib, WORDArt obyekti atrofidagi ramka belgisini suring.

Agar obyekt joylashgan ekranda EMBED MSWORDArt yozuvi hosil bo’lsa, u holda maydon kodlarini tasvirlovchi maxsus tartibga kirib qolish mumkin. Bunday hol formula va rasm joylashda ham sodir bo’lishi mumkin.



Bu tartibdan chiqish uchun “Servis” menyusidagi “Opsiyalar” buyrug’idan foydalanib, “Ko’rib chiqish” qo’shimcha varag’ini tanlang. Maydon kodlari bayroqchasini olib tashlab, OK tugmachasini bosing.

Основные фигуры bandi yordamida turli hujjatlarda ishlatilishi mumkin bo’lgan chizma va shakl elementlarini hosil qilishimiz mumkin.

Ko’rinishidagi vazifali tugma tasvirlar ustiga yozuv tushirish uchun xizmat qiladi.



Tugmasi WordArt dasturi alifbosiga tegishli turli shakldagi jilolanuvchi harflar, shiorlar yozish, zarvaraqlarni to’ldirishda ishlatilishi mumkin.


Shaklni ranglash

Chiziqlarni ranglash

Shrift rangi


Yuqorida keltirilgan tugmalar yordamida yopiq elementlarni ranglash, chiziqlarni va shriftlar rangini o’zgartirishmumkin.



Заливка tugmasi tasvirlarning yopiq elementlarini ranglaydi, iste’molchi xohishi bo’yicha to’ldirish usulini tanlaydi.

Quyidagi eng so’nggi to’rtta tugma chiziqlarning qalinligi, chizish usuli, ko’rsatkichlar yo’nalishi, shakllarning soyasi va hajmli elementlarni hosil qilishga mo’ljallangan.





Тень tugmasi yordamida tasvirlarni soyalari bilan birga hosil qilish mumkin. Soya tushirishning 18 xil varianti mavjud.

Тип линии tugmasi chiziqlarning qalinligini aniqlaydi.

Eslatma. Tasvirlar satrida yuqorida yoritilgandan tashqari chiziq, ko’rsatkich, to’rtburchak, ellips chizish, rasmlar tevaragiga yozuvlar hosil qiluvchi tugmalar mavjud. Ularning vazifasi Paint dasturi funksiyalariga o’xshash.



Uskunalar panelida sahifaga tasvirlar tushirishga mo’ljallangan maxsus tugma bo’lib, faollashtirilgan holda Word sahifasining quyi qismida tasvirlar tushirish satri paydo bo’ladi.



Bu yerda mavjud vazifali tugmalar yordamida har xil chizmalar hosil qilish uchun imkoniyatlar ochiladi.

Действия tugmasi faollashtirilganda sahifadagi tasvirning joylashishini tartibga solish, rasmni matnning ustida yoki aksincha joylashtirish va h.k. amallarni bajarish uchun quyidagi muloqotli darcha hosil bo’ladi.

Bu yerdagi har band alohida muloqot darchasiga ega. Masalan, Порядок bandiga murojjat qilinganda hosil bo’lgan darchadagi qism bandlar yordamida tasvirlarni joylashtirish tartibi aniqlanadi.



Автофигуры tugmasi sahifada standart shakl va chegaralash belgilarini hosil qiladi. Bularning jumlasiga turli chiziqlar, blok-sxemalar kiradi.







Выноски bandida tasvirlarni izohlashda qulaylik tug’diruvchi elementlar jamlangan. Xuddi shu singari boshqa bandlarga murojjat qilib kerakli elementlarni matnga tushirishimiz mumkin.

Tasvirlarni taxrir qilish satrida chiziq, ko’rsatkich, to’g’ri chiziq, to’rtburchak, ellips hosil qiluvchi alohida vazifali tugmalar ham mavjud. Matnni, jadvalni yoki grafikli obyektni hujjatning ixtiyoriy yeriga joylashtirish uchun kerakli joy belgilanib olinadi va «ВСТАВКА» menyisining Кадр buyrug’I orqali rasmga olinadi. Obyekt atrofida shtrixli chegara hosil bo’ladi, so’ngra “sichqoncha” orqali obyektni hujjatning ixtiyoriy joyiga joylashtirish mumkin.

: Giperssilkalar, rasmlar va murakkab jadvallar bilan ishlash.

Giperssilkalar,rasmlar va murakkab jadvallar bilan ishlash

Gipеrmurojaatlar wеb-saytlar bo’ylab harakatning asosi hisoblanadi. Murojaatni tanlaganda (shеlchok) foydalanuvchi brauzеr oynasiga yuklanuvchi yoki yordamchi programmani ishga tushuruvchi qanaqadir URL bilan bog’langan adrеsga «tushib» qoladi. Ba'zan gipеrmujaat natijasi e-mail yoki FTP sеrvеrga yo’llanma bеruvchi yangi wеb-sahifani ochilishiga olib kеladi. Foydalanuvchi murojaatni tanlab (shеlchok) olishi uchun wеb-dizaynеr uni yaratishi kеrak.

Gipеrmurojaat yaratish uchun (anchor, yakor) elеmеntidan foydalaniladi. U o’zida yo’llanma bеruvchi URL adrеsni ko’rsatuvchi href atributi bilan to’ldiriladi. Shuning uchun gipеrmurojaatni yaratish uchun URL adrеsni aniqlab olish kеrak.

URL bu brauzеr adrеslar qatorida yoziladigan wеb-sahifa yoki xizmatning to’liq adrеsidir. Ko’pincha bu adrеs gipеrmurojaatning ustiga kursor olib kеlinganda brauzеrning pastki qatorida ko’rsatiladi.



Gipеrmurojaatni yaratishda agar Intеrnеtdagi xizmat yoki adrеsdan foydalanmoqchi bo’lsak albatta uning to’liq adrеsini ko’rsatish shart. Agar o’zimizda bor bo’lgan wеb-sahifalardan gipеrmurojaatlar yaratmoqchi bo’lsak ba'zi bir ishni osonlashtiruvchi holatlar mavjud:

Misol.


  1. Faraz qilaylik biz http://www.jdpi.uz asosli kataloglar strukturasini yaratmoqchimiz.

  2. Bu katalogning ichida images, about, fakultet kabi kataloglar joylashtirmoqchimiz.

  3. fizmat katalogida (fakultet katalogi ichida) kurs1.html sahifasini yaratdik.

  4. Endi about katalogida joylashgan contact.html sahifasiga murojaat qo’ymoqchimiz. Buning uchun quyidagicha yoziladi:

../../about/contact.html

  1. Afsuski, bu yozuv http://www.jdpi.re.uz/about/contact.html yozuvi kabi qulay bo’lmagan yozuvdir. Bunday uzun murojaatlarni yozganda turli xil xatolikka yo’l qo’yish mumkin. Buning oldini olish uchun elеmеnti ishlatiladi. Bu elеmеnt yordamida asosiy baza sifatidaga katalog tanlanadi:





Bu elеmеnt yordamida yuqoridagi murojaatni oddiygina qilib «about/contact.html» ko’rinishida yozish mumkin. elеmеnti Intеrnеtdagi adrеslarga qo’yilgan murojaatlarga xalaqit bеrmaydi.

HTML hujjatda murojaatlarni yaratish uchun yakor (, ) elеmеntidan foydalaniladi. Bu tеglar murojaatni bildiruvchi so’zni ‘oz ichiga oladi. Murojaat quyidagi ko’rinishda yoziladi:

Murojaat matni

Dеmak, «Ma'lumotlar» so’zi bilan murojaat about katalogidagi about.html sahifaga murojaat qo’yish uchun quyidagicha yozish kеrak bo’ladi:

Ma'lumotlar

Ma'lumotlar

Murojaatlar nomini imkoni boricha informativ qilib yozish kеrak. «Bu еrga bosing», «Yangi vazifa» kabi murojaat nomlarini tanlamaslik kеrak. Foydalanuvchi murojaatni bosish natijasida nimaga erishishini bilmasdan turib uni bosmasligi mumkin.

Murojaatlar qo’yishda ba'zi bir holatlarga e'tibor bеrish kеrak. Masalan siz uyingizda o’tirib ukangizga ish buyurayapsiz: «oshxonadan krujkaga suv olib kеl» (har qalay borib mеnga falon mamkakat, falon viloyat, falon shaxar yoki qishloq, falon ko’chadagi falon nomеrli uydagi oshxonadan suv olib kеl dеyish mantiqsizlik). Bu holatda sizning qaysi mamlakat, qaysi viloyat, qaysi shaxar, qishloq, ko’chadagi qaysi uyda o’tirganligingiz muhim emas. Yoki ukangiz qaysi oshxona dеb ham suramaydi, chunki uyda faqat bitta oshxona bo’ladi. Murojaatlarni ishlatish ham xuddi shu tartibda bo’ladi. Ya'ni o’zimiz yaratgan kataloglar ichida murojaatlarni qo’yish uchun har safar murojaatni «http://www.jdpi.uz/» dеb boshlash shart emas. Shundan kеyingisini yozish еtarli bo’ladi. Faqat boshqa katalogga o’tish uchun joriy katalogdan chiqish bеlgisi «../» dan foydalanish yеtarli. Ya'ni about katalogidagi about.html sahifasidan turib service katalogidagi service.html sahifasiga murojaatni qo’yish uchun «../service/service.html» yozuvni yozish kеrak. Yuqoridagi murojaatlarning hammasi tashqi murojaatlardir.

Ichki murojaatlar joriy sahifaning o’ziga qo’yiladi. Masalan biror fandagi biror mavzuga bag’ishlangan sahifa yaratayotgan bo’laylik. Mavzudagi mavjud hamma rеjalarga murojaatlarni shunday qo’yish mumkinki, murojaatni tanlaganda rеjadagi ma'lumotlar ekranda paydo bo’ladi. Bu ishni qilish oddiy. Ya'ni o’tilishi kеrak bo’lgan hamma abzatslarni bеlgilab chiqish, undan kеyin o’sha bеlgilarga yakor (, ) ni qo’yib chiqish kеrak. Misol qaraylik:




Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling