7-Ma’ruza Mavzu: Tashqi savdo siyosatida miqdoriy


Download 35.88 Kb.
bet1/7
Sana07.02.2023
Hajmi35.88 Kb.
#1172716
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7--Mavzu


7-Ma’ruza
Mavzu:Tashqi savdo siyosatida miqdoriy cheklash usullari
Reja

  1. Notarif metodlarning mazmuni va guruxlanishi.

  2. Eksport va import kvotalari xamda ularni kullash tartiblari.

  3. Global va individual kvotalar xamda ulardan foydalanish tartiblari.

  4. Eksport va import kvotalarining iqtisodiy okibatlari.




  1. Notarif metodlarning mazmuni va guruxlanishi.

Notarif usullar - tovar ayirboshlashga ta’sir kilish dastaklarini, ya’ni olib kiriladigan yoki olib chikiladigan maxsulot hajmi va nomenklaturasini cheklashni bildiradi. Notarif usullar mikdoriy, moliyaviy, yashirin va noiqtisodiy usullarga ajratiladi. Ular ko’prok rivojlanayotgan va xukumat tomonidan proteksionistik iqtisodiy siyosatni talab kiluvchi, bozor tuzilmalari shakllanayotgan utish davri iqtisodiyotli mamlakatlarga xosdir.


Jahondagi mamlakatlar va hududlar bo’yicha statistik axborotlar taxdili shuni kursatadiki, tashki savdoni davlat tomonidan boshkarish tarifli va notarif usullarning kombinasiyasi yordamida amalga oshiriladi. Tarifli usullarning mavqyei keyingi paytda pasayib bormokda, bu esa Umumjahon savdo tashkiloti tomonidan a’zo-mamlakatlar oldiga kuyilgan strategik vazifa, ya’ni ular orasidagi o’zaro tovar ayirboshlashda tarifli cheklashlarni boskichma-boskich bartaraf etish vazifasi bilan bog’lik.
Notarif ta’sir kilish vositalariga kvotalash, lisenziyalash, eksportni subsidiyalash, demping, kartel bitimlar va mamlakatlar o’rtasida tovar oqimlari yo’lida texnik to’siqlarni yaratish kabilar kiritiladi.


Kvotalash yoki kontingentlash
Umuman olganda, boshqa mamlakatlar bilan savdoni davlat tomonidan tartibga solishning notarif usullarining 50 dan ortiq turi mavjud. Ularning ichida eng keng tarqalgani kvotalardir. Agar tarifli usullar aniq bir tovar guruhi bo’yicha eksport yoki import hajmi masalasini ochiq qoldirsa, kvotalar olib kiriladigan yoki olib chiqiladigan mahsulotning qiymat yoki miqdoriy hajmini to’g’ridan to’g’ri cheklash vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Import kvotalarini joriy qilishda davlat milliy ishlab chiqaruvchilarga xorijiy raqobat ta’sirini bartaraf qilishga intiladi. Bunday kvotalarning harakat mexanizmi import tariflaridan foydalangandagi holatni eslatadi, ya’ni import tovarlar taklifi cheklanganda ichki baholar jahon narxiga nisbatan o’sib boradi. Biroq tarifdan farqli ravishda, import kvotalari xorijiy raqobatning ichki narxlarga ta’sir qilishiga yo’l qo’ymaydi, bu orqali importdan keladigan foydani ko’paytiradi va mamlakat to’lov balansini muvozanatga keltirish jarayonini osonlashtiradi. Xalqaro bitimlar orqali qat’iy belgilanuvchi tarif stavkalari o’rnatilgan vaziyatda mamlakat yuqoridagi masalani hal eta olmaydi, UST eksport-import operasiyalarga miqdoriy cheklashlar joriy qilishga ruxsat beradi.
O’z navbatida, eksport kvotalari milliy ishlab chiqaruvchilarni yetarli tabiiy resurslar bilan ta’minlash, jahon bozoridagi eksport baholarini ko’tarish va harbiy-strategik maqsadlarga erishish kabilarga qaratilgan.
Import kvotalari kabi eksport kvotalari ham mamlakat hukumati tomonidan bir tomonlama tartibda yoki manfaatdor hamkor bilan xalqaro kelishuv xulosasi orqali joriy etilishi mumkin. Ular global yoki ma’lum davrda amal qiluvchi mavsumiy bo’lishi mumkin.


  1. Download 35.88 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling