7-Ma’ruza Mavzu: Tashqi savdo siyosatida miqdoriy


Download 35.88 Kb.
bet2/7
Sana07.02.2023
Hajmi35.88 Kb.
#1172716
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7--Mavzu

Eksport va import kvotalari xamda ularni kullash tartiblari.

Lisenziyalash
Kvotalash jarayoni (boshqacha qilib aytganda, kontingentlash), odatda, lisenziyalash, ya’ni maxsus ro’yxatga kiritilgan resurslar va mahsulotlar bilan tashqi savdo operasiyalarini amalga oshirishga vakolatga ega bo’lgan davlat tashkilotlari (vazirliklar va mahkamalar) tomonidan ruxsat berish bilan birgalikda kuzatiladi.
Ko’pchilik davlatlarda tashqi iqtisodiy faoliyatni lisenziyalashni joriy qilish xalqaro huquqiy aktlarga asoslanadi, ularning ichida eng asosiysi 1947 yilda imzolangan Savdo va tariflar bo’yicha Bosh bitim (GATT) hisoblanadi. Keyinchalik GATT doirasida ba’zi bir boshqa shartnomalar imzolangan.
Tashqi savdoni lisenziyalash turli ko’rinishlarni olishi mumkin: bosh lisenziya, bir martalik lisenziya va avtomatik lisenziya. Bosh lisenziyalar uning egasining ma’lum tovar guruhi bilan ma’lum vaqt oralig’ida (odatda bir yildan uch yilgacha) eksport-import operasiyalarini amalga oshirish huquqini bildiradi. Bir martalik lisenziya kompaniyalarga xorijiy hamkor bilan aniq bir bitimni amalga oshirish uchun beriladi. Avtomatik lisenziya davlat tomonidan xaridni, ya’ni xarid hajmini ham, tovar oqimlarining jug’rofiy yo’nalishini ham doimiy ravishda nazorat qilishni nazarda tutadi.
Lisenziyalarni joylashtirishning asosiy usullariga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • Ochiq konkurs — bunda maksimal narx taklif qilgan firma lisenziyaga ega bo’ladi;

  • yaqqol afzallik tizimi - bunda davlat ana shu sohadagi eng obro’li kompaniyalarga lisenziya beradi;

  • harajatlar usuli - bu raqobatchilariga nisbatan kattaroq ishlab chiqarish quvvatlariga va boshqa resurslarga ega korxonalarga lisenziya berishni anglatadi.

O’z-o’zidan tushunarliki, keltirilgan usullar ichida eng afzali korrupsiya va oshna-og’aynigarchilikdan xoli bo’lgan ochiq konkurs usulidir.
Yevropa Ittifoqiga a’zo-mamlakatlar orasida eksport-import operasiyalarini lisenziyalash tovar aylanmasi umumiy hajmining 5-6 foizi darajasiga yetadi (kvotalash va lisenziyalash bo’yicha o’ziga xos «lider» Fransiya hisoblanadi).
Lisenziyalashni talab etadigan tovarlar ro’yxatiga birinchi navbatda eksportga mo’ljallangan kvotalanadigan mahsulotlar, shuningdek, ba’zi bir maxsus guruhdagi tovarlar: strategik ahamiyatga ega tovar va resurslar, dori-darmonlar, bolalar assortimenti va boshqalar kiradi.



Download 35.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling