7-Ma’ruza Mavzu: Tashqi savdo siyosatida miqdoriy
Download 35.88 Kb.
|
7--Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
Eksport va import kvotalarining iqtisodiy okibatlari
Savdo siyosatining moliyaviy usullari: Demping Tashqi savdoni notarif usullar bilan tartibga solish amaliyotini o’rganish shuni ko’rsatadiki, eksport subsidiyalari ko’pincha dempingga - xorijiy bozorlarda eksportyor mamlakat ichki bozoridagi o’rtacha narxga nisbatan past baholarda sotishga moddiy asos bo’ladi. Mutaxassislar dempingning quyidagi variantlarini ajratib ko’rsatishadi: Tasodifiy — eksportyorda tasodifiy ortiqcha tovarlarni paydo bo’lishi bilan bog’liq; Vaqtinchalik — eksportyor tomonidan boshqa mamlakat bozoriga tezlik bilan kirib borish uchun qo’llaniladi; Doimiy — monopolist kompaniya tomonidan, uning tashqi iqtisodiy faoliyati davlatning doimiy qo’llab-quvvatlashi sharoitida, tashqi bozorlarda foydani maksimallashtirish uchun qo’llaniladi, bunda ichki bozorda nisbatan yuqori narx saqlab turiladi. Dempingdan, eng avvalo, davriy pasayishlar va ichki talab kamayganda, iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish davrida foydalaniladi. Masalan, 30-yillarda shunga o’xshash hodisa Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan import qilinuvchi qishloq xo’jaligi mahsulotlari bozorida kuzatildi, 70-yillarda AQSh va Yevropa Ittifoqi tomonidan Yaponiyaga nisbatan dempingdan foydalanish ayblovi ilgari surildi. Vaqtinchalik va ayniqsa, doimiy dempingga qarshi importyor-mamlakatlar GATT moddalariga asoslangan holda importga qarshi import bojlarini joriy etish huquqiga ega bo’lganligi sababli keyingi paytda yashirin demping keng tarqalmoqda. Bu eksportyor va importyorlar o’rtasida importyorlar tomonidan o’z milliy bozorida tovarlarni eksportyor yetkazib bergan narxdan past baholarda sotish haqida oshkor bo’lmagan kelishuvni nazarda tutadi. Yashirin demping yirik TMKlar tomonidan firma ichida qo’llaniladigan butlovchi qismlarni transferti amaliyotida keng tarqalgan (mas. yapon TMKlari ichida). Tayanch iboralar: tashqi savdo hajmi, eksport, import hajmi, tashqi savdoda sanoat mahsulotlarining ulushi, JST bilan hamkorlik, rivojlangan mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik, tashqi iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish. O’zbekiston Respublikasi o’zining milliy mustaqilligini qo’lga kiritishga qadar, mamlakatning tashqi iqtisoliy faoliyati sobiq SSSRning tegishli va vazirliklari ixtiyorida bo’lgan edi. Mustaqillik tufayli O’zbekiston 160 dan ortiq horijiy mamlakatlar bilan savdo–iqtisodiy aloqalarni yo’lga qo’ydi. O’zbekiston 1994 yilning iyunida JST ning kuzatuvchi maqomini oldi. Respublikamiz MDH, YeI, Shanxay guruhi kabi o’nlab mintiqaviy davlatlar bilan savdo-iqtisodiy munasabatlarni kengaytirib, rivojlantirib bormoqda.Ushbu jarayonlarni borishida respublikada tashkil topgan tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, bojxonalar xizmatini tashkil topishi va shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida va uning idora- tashkilotlarida tegishli tashqi iqtisodiy faoliyat bo’limlarining faoliyat ko’rsatishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jahonning bir qator mamlakatlarida (RF, AQSh, Buyuk Britaniya, GFR va boshqalar) O’zbekistonning savdo- sanoat palatalari faoliyat ko’rsatib turibdi. Download 35.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling