7-Ma’ruza Mavzu: Tashqi savdo siyosatida miqdoriy


-rasm. Mahalliy komponentlarning tovar tarkibida bo’lishligiga talablar


Download 35.88 Kb.
bet4/7
Sana07.02.2023
Hajmi35.88 Kb.
#1172716
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7--Mavzu

3.5.1.-rasm. Mahalliy komponentlarning tovar tarkibida bo’lishligiga talablar
D avlat xaridlari doirasida siyosat (state procurements) - bu yashirin proteksionizm usuli bo’lib, unga ko’ra davlat organlari va korxonalardan faqat milliy ishlab chiqaruvchilar tovarlarini (bu tovarlar import tovarlardan qimmat bo’lsa ham) sotib olish talab qilinadi.
Mahalliy komponentlarning tovar tarkibida bo’lishligiga talablar (local content requirement) – bu davlat siyosatining yashirin usuli bo’lib, unga ko’ra ichki bozorda sotiladigan pirovard tovarda milliy ishlab chiqaruvchilarning ulushi qonuniy ravishda belgilab qo’yiladi.
Savdo siyosatining yashirin usullarining ko’pchiligini miqdoran baholash juda qiyin, bu esa uni oqibatlarini iqtisodiy talqin qilish ham qiyinlashadi. Quyida mahalliy komponentlarning tovar tarkibida bo’lishligiga talablar misolida yashirin usullarning iqtisodiy effektini ko’rib chiqamiz (3.5.3-rasm).
Faraz qilaylik, mamlakatda tovar taklifi Sd, tovarga talab esa Dd ni tashkil qiladi. Erkin savdo sharoitida R1 narxda xorijdan tovar taklifi S1 ni tashkil qiladi. Ushbu mamlakatda ishlab chiqarish tannarxi xorijga nisbatan yuqori bo’lganligi sababli mahalliy tovarlar taklif qilinadigan narx ham yuqoridir. Agar mahalliy ishlab chiqaruvchilar va xorijdan taklif qilinayotgan tovarlar miqdorini har bir narx uchun qo’shib chiqsak, ushbu mamlakat bozorida ana shu tovarning jami taklif to’g’ri chizig’iga - S2 ega bo’lamiz. Ichki talab jami talab bilan A nuqtada muvozanatga keladi. Bu muvozanat nuqtada R1 narxda Q6 ta tovar sotiladi, bu tovarlarning Q1 tasi ichki ishlab chiqaruvchilar, Q5 tasi xorijliklar tomonidan sotiladi (1-a-rasm).
Hukumat mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilishga qaror qiladi va mahalliy komponentlarning tovar tarkibida bo’lishligini talablarni joriy qiladi. Cheklovlarga ro’para kelmaslik uchun xorijiy kompaniyalar o’z ishlab chiqarishini ushbu mamlakat hududiga ko’chirib o’tkazadi, bu esa ularning xarajatlarini oshishiga olib keladi. Xarajatlar oshishi natijasida tovar qimmatlashadi xorijdan taklif chizig’i S1 dan S3 ga ko’chib o’tadi. Buning natijasida jami taklif chizig’i ham S2 dan S4 ga ko’chib o’tadi va V nuqtada muvozanatga keladi. Natijada tovar narxi R2 gacha oshadi va sotish hajmi Q4 gacha kamayadi. Sotilgan tovarlarni Q2 tasi mahalliy ishlab chiqaruvchilar, Q3 tasi esa mamlakatga ko’chib o’tgan xorijliklar tomonidan ishlab chiqariladi.
Xorijiyga nisbatan qimmatroq mahalliy komponentlarni sotib olish talabiga muvofiq ishlab chiqarish xarajatlari oshib ketdi va narx P1 esa dan P2 ga ko’tarildi, iste’molchilarning zarari esa a+b+c+d+e ga teng bo’ldi. Bu yerda a segment chegaraviy effekt (mahalliy ishlab chiqaruvchilarga qayta taqsimlanadigan summa), b segment — himoyalash effekti (mahalliy ishlab chiqarishning xorijiy ishlab chiqarishga nisbatan nosamaraviyroqligi sababli yo’qotishlar) d segment — iste’mol effekti (narx oshishi natijasida iste’mol miqdoridagi yo’qotishlar). Ikki segmentning yig’indisi s+ye daromad effekti (xorijiy ishlab chiqaruvchilarning narx ko’tarilishi natijasida olgan qo’shimcha daromadii)ni ifodalaydi, bu yerda s segment ushbu mamlakatda joylashgan xorijiy ishlab chiqaruvchilaga tegadi, ye segment esa ishlab chiqarish xarajatlarining ortishini ifodalaydi. Mamlakatning jami iqtisodiy zarari b+e+d ni tashkil qiladi.



Download 35.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling