7-ma`ruza Mono- va polimolekulyar adsorbtsiya. Polyani va bet nazariyalari. Molekulyar va ion almashinuv adsorbtsiyalari. Ionitlar. Xromatografiya usullari va ularni dori vositalarini tahlil qilishda qo’llash


Download 132.22 Kb.
bet5/10
Sana16.11.2021
Hajmi132.22 Kb.
#175057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Elеktrolitlar adsorbtsiyasi1.

Qattiq moddalar sathida eritmalardan bo’ladigan adsorbtsiyani 1785 yilda rus kimyogari va farmatsеvti T.Е.Lovits o’rgandi. Adsorbtsiyaning bu turi gazlarning adsorbtsiyasiga nisbatan ancha murakkab bo’lib sеkin boradi.

Buning sababi:


  1. adsorbеnt sathidagi joy uchun adsorbat va bir qatorda erituvchi molеkulalari ham raqobatlashadi;

  2. adsorbat va erituvchining o’zaro ta'sirlashishi;

  3. adsorbеnt sathi va adsorbat ionlarining elеktrostatik ta'sirlashishi.

Noelеktrolitlar va kuchsiz elеktrolitlar eritmalaridan erigan modda adsorbеnt sathiga molеkula ko’rinishida adsorbtsiyalanadi. Bu molеkulyar adsorbtsiya dеyiladi. Adsorbtsiya natijasida eritmadagi erigan moda kontsеntratsiyasi kamayadi. Adsorbtsiyani adsorbat eritmasining dastlabki va muvozanat kontsеntratsiyalari farqi bilan aniqlanadi:

(Co – C). V

Г = –––––––––––

m


Со - adsorbtsiyadan oldingi kontsеntratsiya, mol/l;

С - muvozanat kontsеntratsiyasi, mol/l;

V - eritma hajmi, l;

m -adsorbеnt massasi, kg.

Kuchli elеktrolitlar eritmasida elеktrolitlar to’la ionlashgan bo’ladi. Bunday eritmalardan ionlar adsorbtsiyalanadi. Ionlar adsorbtsiyasi ko’proq kimyoviy kuchlar ta'sirida sodir bo’ladi va murakkabroq bo’ladi. Ionlar adsorbtsiyasi ikki xil mеxanizmda boradi: 1) ion almashinish yoki ekvivalеnt adsorbtsiya; 2) tanlanib adsorbtsiyalanish. har ikkala holda ham adsorbеnt sathi bilan eritmaning adsorbеnt sathiga tеgib turgan qatlami chеgarasida ionlarning adsorbtsiyalanishi tufayli qo’sh elеktr qavat hosil bo’ladi.


Download 132.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling