7-ma'ruza. Sun’iy intellektda mantiqiy xulosalashlar Reja
Download 0.83 Mb.
|
7-лекция -1.02(Логика пред,Инд..и Дед..выв.)
Induksianing tiplari. Klassik induksiya deganda fikrlarning xususiylikdan umumiulikga, kamroq umumiylikga ega bilimlardan ko’proq umumiylikga ega bilimlarga harakat uslublari. Tarixan induksiyaning uchta tipi mavjud [1, 5,12, 15, 17, 19, 20]:
1) Induksiya to’liq yoki to’liqmas (Перечислительная yoki enumerativli) induksiya sifatida qaraladi. 2) Eliminativli induksiya - hodisalar o’rtasida “sabab-oqibat” aloqalarini o’rnatuvchi sxemalar sifatida qaraladi. 3) Induksiyani teskari deduksiy sifatida qarash, ya’ni sababdan asoslarni hosil qiluchchi fikrlashlar sifatida qaraladi. Induksiyani birinchi bo’lib qadimgi grek filosoflari quyidagicha: Сократ va Платон–induksiyani teskari deduksiy sifatida, Aristotel–Перечислительная yoki enumerativli induksiyani, epikurliklar–elimenativli induksiyani mantiqiy asoslagan. Bu tipdagi induksiyalar sxema ko’rinishga 7.2-ramda keltirilgan. 1. Ф. Бекон enumerativli induksiyani - qarama-qarshi holatlar uchramaydigan oddiy to’liq (перечисление) induksiya deb nomlagan. Misol. Birinch qarg’a - qora, ikkinchi qarg’a - qora, . . . Barcha kuzatilayotgan qarg’alar qora (to’liq induksiya). Misol. Birinch qarg’a - qora, ikkinchi qarg’a - qora, . . . Barcha qarg’alar qora (to’liqmas induksiya). To’liq induksiyada xulosalash barcha mavjud faktlarni birma-bir o’rganish asosida chiqariladi. Bunga faqat mumkin bo’lgan faktlar soni cheklangan va ko’p bo’lmagan holda erishiladi. Aristotel faqat to’liq induksiyani xulosalashning qonuniy formal ko’rinishi sifatida qaragan va u, to’liq induksiyani sillogizm (ikki fikirdan uchinchi mantiqiy xulosa chiqarish) deb nomlagan. Agar xulosa faktlarning ba’zi birlarini o’rganish asosida chiqarilsa, u holda induksiya to’liqmas deyiladi. To’liqmas induksiyani B.Rassel tahlil qilgan bo’lib, u to’liqmas induksiyanining haqiqiy mantiqiy prinsip sifatida yaroqsiz ekanligini oddiy va tushunarli ko’rsatib berdi. To’liqmas induksiya yordamida hosil qilingan xulosa haqiqatga o’xshash hisoblangan, chunki xususiylikning chinligidan umumiylikning chinligi kelib chiqishi shart emas. Induktivli xulosalashlar induktivli umumlshtirish qoidasi asosida hosil qilinadi: bu erda A-ma’lum faktlar to’plami, B-tushuncha (gipotaza, ba’zida H deb belgilanadi). Ushbu qoidaning ma’nosi quyidagicha. A faktlar to’plami mavjud bo’lsin. Agar qandaydir B gipotezani kiritish mumkin bo’lsa va B gipotezadan ixtiyoriy A faktni hosil qila olsak, u holda B gipoteza to’g’ri bo’ladi. Keng tarqalgan uslublardan biri–matematik statistika usullarini qo’llash bo’lsa, boshqasi–mantiqdan foydalanish («strukturali induksiya») hisoblanadi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling