7-ma'ruza. Sun’iy intellektda mantiqiy xulosalashlar Reja
Download 0.83 Mb.
|
7-лекция -1.02(Логика пред,Инд..и Дед..выв.)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Endi induksiyaning uchinchi tipi-induksiyani teskari deduksiya sifatida qaraymiz .
- DSM -usul [1,15]. DSM
Qoldiqlar usuli. Agar hodisalardan oldingi induksiyalar asosida ma’lum bo’lgan qism hodisalar ajratilsa va ular oldingi induksiyalar asosida aniqlangan oqibat bo’lsa, u holda oldingi indusiyalardan qolganlari asosida aniqlangan qoldiq hodisalar oqibat bo’lishi mumkin.
Birga sodir bo’ladigan o’zgarishlar usuli. Qandaydir o’ziga xoslik bilan boshqa hodisalarning o’zgarishidan muayyanlik bilan har doim o’zgaradigan har qanday hodisa kelib chiqishi sabab yoki ushbu hodisaning oqibati yoki ushbu hodisa qandaydir sababiy aloqlar bilan bog’langan bo’ladi. 3. Endi induksiyaning uchinchi tipi-induksiyani teskari deduksiya sifatida qaraymiz. Bu erda N.N’yuton, St.Djevonslar hal qiluvchi hissalarini qo’shdilar. Djevons induksiya va deduksiy munosabatini o’rganib, quyidagini yozadi: «Deduksiyada qonunlardan xulosalarni rivojlantirish sodir bo’ladi. Induksiyada esa mutlaqo teskari jarayon sodir bo’ladi. Bu erda aniq natijalar beriladi, ushbu natijalardan kelib chiqadigan umumiy qonunni ochish talab etiladi». N.N’yuton, St.Djevonslar induksiyani eng avvalo ma’lum faktlar va kamroq umumiy qonunlar va prinsiplarni tushuntiruvchi umumiy qonunlar va prinsiplarni ochuvchi usul sifatida talqin qilganlar. Induktivli xulosalash shunda va faqat shundagina to’g’ri bo’ladi, qachonki faktlarni (asosi, induksiyalarning boshlang’ich manzili) tushuntirish uchun taklif qilingan qonun yoki prinsiplardan faktlarni hosil qilish mantiqiy (deduktivli) ravishda amalga oshirilsa. D.S.Millning qonunlarini mantiqiy predikarlar tilida izohlashda expert tizimlarda axborotlar to’liqmas bo’lganda induksiyaning ko’zga ko’ringan usullaridan biri – DSM - gipotezalarni avtomatik hosil qiluvchi usulning yaratilishiga olib keldi. Bu usulni D.S.Mill taklif qilgan [15]. DSM -usul [1,15]. DSM usulning mohiyati quyidagidan iborat. Bizga sabalar to’plami , oqibatlar to’plami va baholar to’plami berilgan bo’lsin. Agar ifoda « ishonchlilik bilan ning sababi bo’ladi» tasdiqni ifodalasa, u holda ushbu ifoda musbat gipotaza deb ataladi. Agarda ifoda « ishonchlilik bilan ning sababi bo’lmayadi» tasdiqni ifodalasa, u holda ushbu ifoda manfiy gipotaza deb ataladi. Musbat gipotezalarni h+l,j,k ,manfiy gipotazalarni esa - h-l,j,k bilan belgilaymiz. Qiymatlar orasidan «yolg’on»(0) va «chin»(1) kabi izohlanuvchi maxsus qiymatlarni ajratamiz. Ushbu baholarga asoslangan gipotezalar chinligi yoki yolg’onligi qat’iy o’rnatilgan hodisalar sifatida qaraladi. 0 va 1 oralig’idagi olgan qiymatlarni k/n ratsiomal sonlar bilan belgilaymiz, bu erda k = 1,…, n – 1; n –kuzatuvlar(misollar) sonini harakterlaydi. Umumlashgan DSM algoritmi quyidagi qadamlarni o’z ichiga oladi [1, 17]. Musbat va manfiy kuzatuvlarning boshlang’ich to’plami asosida M+ va M-matritsalarga yoziladigan gipotazalar nabori shakllantiriladi. Gipotazalar kuzatuvlardagi o’xshashlik va farqlanishlarni aniqlash asosida shakllantiriladi. Matritsalar quyidagi ko’rinishda bo’ladi: Boshlang’ich kuzatuvlar to’plamiga taklif qilingan gipotezalarni tasdiqlaydigan yoki rad qiladigan yangi kuzatuvlar qo’shiladi va bu holda gipotazalarni baholash quyidagicha o’zgaradi. Agar qandaydir hijk gipoteza q= k/n bahoga ega bo’lsa, u holda yangi (n + 1) kuzatuvning paydo bo’lishi bilan ushbu gipotazalarning tasdiqlarini tekshirish amalga oshiriladi. Musbat javob bo’lsa baho aks holda bo’ladi. Axborotlarni to’plash jarayonida taklif qilingan gipotazalar bahosi 1 yoki 0 ga yaqinlashadi. Baholar o’zgarishi tebranishli xarakterga ham ega bo’lishi mumkin, bu esa qoidaga ko’ra yoki to’plamdan shunday gipotezalarni olib tashlashga olib keladi. 1) yoki to’plamlarning davriy ozgarishi bilan bog’liq gipotazalarning ishonchlilik bahosining o’zgarishi bilan birga o’zgaradigan kuzatuvlarni tsiklik ravishda qo’shish. 2) Tsiklning tugash sharti bajarilishi bilan induktiv xulosalash jarayonini tugatish. Bunday shartlar sifatida qiymatning o yoki 1 ga yaqinlik o’lchovidan, shunugdek, xulosalashda vaqtning (yangi kuzatuvlar soni) chegaralanganligi bilan bog’liq qo’shimcha shartlardan va h.k. foydalanish mumkin. DSM usulining zamonaviy modifikatsiyalarida o’xshashlik bo’yicha xulosalashdan foydalaniladi, sabab-oqibat munosabatlarni ifodalash kontekstini hisobga olish amalga oshiriladi, faktlarni noravshan tavsiflash qo’llaniladi va h.k. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling