7-маъруза. Suyuqliklar bosimini o’lchash haqidagi Asosiy ma’lumotlar


suyuqliklar bosimini o’lchaydigan asboblar


Download 134.02 Kb.
bet2/4
Sana24.01.2023
Hajmi134.02 Kb.
#1114820
1   2   3   4
Bog'liq
7-маър

suyuqliklar bosimini o’lchaydigan asboblar

  • suyuqliklar bosimini o’lchaydigan asboblar
  • Bosim asboblari ishlash prinsipiga va o’lchanayotgan kattalikning turiga ko’ra quyidagilarga bo’linadi.
  • Bosim o’lchaydigan asboblar ishlash prinsiplariga ko’ra suyuqlikli, deformatsion (prujinali), yuk-porshenli, elektr-ionli va issiqlik turlariga bo’linadi.

    O’lchanayotgan kattalikning turiga ko’ra bosim o’lchash asboblari quyidagi turlarga bo’linadi:

  • Manometr – mutloq va ortiqcha bosimni o’lchaydi;
  • Barometr – atmosfera bosimini o’lchaydi;
  • Vakuummetr – berk idish ichidagi suyuqlik va gaz bosimining siyraklanishini o’lchaydi;
  • Manovakuummetr – ortiqcha bosim va bosim siyraklanishini o’lchaydi;
  • Naporamer – kichik qiymatli ortiqcha bosimni o’lchaydi;
  • Tyagomer – kichik qiymatli bosim va siyraklanishlarni o’lchaydi;
  • Differensial manometrlar – ikki bosim ayirmasini (bosim farqini) o’lchaydi.
  • Quyida gidroenergetik ob’ektlarda bosimni nazorat qilishning eng ko’p tarqalgan usullar va asboblari keltirilgan.

INDUKTIV MANOMETRLAR

  • INDUKTIV MANOMETRLAR
  • Induktiv manometrlarning ishlash prinsipi g’altak induktivligining tashqi bosim ta’siridan o’zgarishiga asoslangan.
  • 7.1-rasmda induktiv o’zgartiruvchi element bilan jihozlangan bosimni o’lchash o’zgartkichining sxemasi ko’rsatilgan.
  • Bosimni qabul qiluvchi membrana 1 o’ramli elektromagnit 2 ning harakatlanuvchi yakori(якор) hisoblanadi. O’lchanayotgan bosim ta’sirida membrana siljiydi, bu induktiv o’zgartkichli elementning elektr qarshiligini o’zgartiradi. Agar g’altakning aktiv qarshiligi, magnit oqimlari hisobga olinmasa va o’zakda yo’qotilsa, o’zgartkich elementning L induktivligini quyidagi formula bo’yicha aniqlash mumkin.
  • (7.5)
  • bu yerda W – g’altak o’ramlari soni; μ0 - havoning magnit singdiruvchanligi; S-magnit o’tkazgich ko’ndalang kesimining yuzi; δ-havo oralig’ining uzunligi

7.1-rasm. Induktiv manometr sxemasi:
1-membrana; 2-elektromagnit; 3-cho‘lg‘am.

Download 134.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling