Membrananing deformatsiya kattaligi o’lchanayotgan bosimga mutanosibligini e’tiborga olib - Membrananing deformatsiya kattaligi o’lchanayotgan bosimga mutanosibligini e’tiborga olib
- δ = КР (7.6)
- (7.5) tenglamani quyidagi ko’rinishga keltiramiz:
- L = W2μ0 S/КР (7.7)
- (7.7) tenglama bosimni o’lchash induktiv o’zgartkichining statik xarakteristikasini ifodalaydi.
- L ni o’lchash, odatda, o’zgaruvchan tok ko’priklari yoki rezonansli LC -konturlar tomonidan amalga oshiriladi. 0,5÷0,3 mm, bosim 20÷30 MPa bo’lganda esa 1,3 mm membrananing siljishi millimetrning yuzdan bir ulushini tashkil etadi. Induktiv bosim o’zgartkichlarning asosiy xatosi±(0,2÷5)% ni tashkil etadi.
- DEFORMATSION PRUJINALI MANOMETRLAR
- Prujinali asboblarning ishlash prinsipi bosim ta’sirida turli elastik elementlarning deformatsiyalanishi yoki ularning kuchini o’lchashga asoslangan. Elastik elementda bosim kuchi ta’sirida vujudga keladigan deformatsiyalanish natijasida o’lchov asbobining strelkasi to’g’ri chiziqli yoki burchakli shkala bo’yicha surilib, bosim miqdori R ni ko’rsatadi.
- Prujinali asboblarning o’lchash aniqligi yuqori bo’lishi uchun ulardagi elastik elementlar elastiklik moduli va termik kengayish koeffitsientlari kam bo’lgan materiallardan tayyorlangan bo’lishi va gisterezis qoldiq elastiklik hodisalari bo’lmasligi talab qilinadi.
- Prujinali asboblarning qiymatli xossasi qurilmaning soddaligi, ishonchliligi, universalligi, ixchamligi va o’lchanayotgan kattaliklarning katta diapazonidan iborat.
- 7.2-rasmda bir o’ramli prujinali manometrlarning kinematik sxemasi keltirilgan. Bosim o’zgarishi natijasida prujina 3 uchining siljishi tortqi 5 orqali o’q 6 da aylanayotgan sektor 1 ga uzatiladi. Sektorning burchakli siljishi tishli ilashma yordamida trubka 2 ning aylanishiga olib keladi. Trubkaning o’qiga ko’rsatuvchi strelka 4 biriktirilgan.
7.2-rasm. Prujinali manometrning kinematik sxemasi:
1-aylanuvchi sektor; 2-trubka; 3-prujina; 4-strelka; 5-tortqi; 6-o‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |