7-ma‘ruza: tomat кonservalari reja


Download 44.28 Kb.
bet1/10
Sana31.10.2023
Hajmi44.28 Kb.
#1735497
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7-Mavzu.Tomat konservalari


7-ma‘ruza: TOMAT КONSERVALARI


Reja:
1. Mahsulotlarni konservalash usullari.
2. Sabzavot konservalari.
3. Tomat konservalarini tayyorlash.
4. Tayyorlangan konservalarni saqlash va ularni buzilishini turlari.
Tayanch iboralar: issiqlik, konservalar, pomidor, bankalar, harorat, qayla, buzilish.
1. Mahsulotlarni konservalash usullari. Кonservalash meva-sabzavotlardagi ro’y beradigan biokimyoviy jarayonlarni to’xtatishga asoslangan bo’lib, mahsulotlardagi fitopatogen mikroflorani so’ndirish va mahsulotni tashqi muhitdan, ya’ni havo va nurdan yoki yorug’likdan ajratish bilan erishiladi.
Кonservalash usullari fizik, mikrobiologik va kimyoviylarga bo’linadi.
Кonservalashning fizik usullariga quyidagilar kiradi:

  1. Issiqlik bilan sterilizasiyalash - konservalashning asosiy ishlab chiqarish usuli hisoblanib, o’z ichiga sirkalashni (marinovaniyani), ya’ni sirka kislotasi qo’shib sterilizasiya qilishni nazarda tutadi;

  2. Qand, tuzlarning yuqori konsentrasiyasi hisobiga, osmatik bosimning kamayishi, ya’ni mikroorganizmlar xayotini to’xtatish imkonini vujudga keltirish;

  3. Past salbiy haroratda jadal muzlatib sterilizasiya qilish;

  4. Nurlatib sterilizasiya qilish - ultra binafsha, yuqori to’lqinli;

  5. Turli mikroorganizmlardan tozalaydigan filtrlardan foydalanib sterilizasiya qilish. Ulardan o’tkazilgan sharbatdagi mikroorganizmlarning sporalaridan holi bo’linadi.

Sut kislotasi va spirt to’planishiga asoslangan konservalashning mikrobiologik usullariga quyidagilar kiradi: karamni achitish va sabzavotlarni tuzlash; mevalarni namlash va musallaschilik.
Кonservalashning kimyoviy usullari antiseptiklardan foydalanishga asoslan-gan bo’lib, ularga quyidagilar qaraydi: 1) sulfitlash; 2) benzoy, sorbin va boshqa kislotalarni qo’llash.

Download 44.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling