7-ma‘ruza: tomat кonservalari reja


Download 44.28 Kb.
bet3/10
Sana31.10.2023
Hajmi44.28 Kb.
#1735497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7-Mavzu.Tomat konservalari

Ovqatbop konservalar. Bu konservalar yangi, tuzlangan, achitilgan sabzavotlar, kartoshkalardan va yog’, pomidor maxsulotlar, qand, tuz, ziravorlar, kuzikrrinlar, gushtlardan tayyorlanadi. Ovqatbop konservalar ikki xil bo’ladi: sabzavotlardan va sabzavot-go’sht maxsulotlaridan tayyorlangan. Bu konservalar sotishga birinchi va ikkinchi ovqatbop konservalar xolida chikariladi.
Birinchi ovqatbop konservalarga rassolniklar, borshlar, karam shurvalar, ikkinchi ovqatbop konservalarga esa sabzavotli, sabzavotli-qo’ziqorinli solyankalar, sabzavotli ragular, go’shtli sabzavotlar kiradi.
Ovqatbop konservalarning sifati tashki ko’rinish, rangi, ta’mi, xidi va konsistensiya kabi ko’rsatkichlari asosida aniqlanadi. Ularning organoleptik ko’rsatkichlari asosan ulardan issiq ovqat tayyorlagandan keyin aniklanadi.
Xar xil ovqatbop konservalar tarkibida ularning resepturasiga karab 13% dan 35% gacha kuruk modda, 1,2% dan 12% gacha yog’ va 1,2-2,8% mikdorida tuz bo’ladi. Ularning umumiy nordonligi esa (olma kislotasi buiicha) 0,4-1,9% bo’lishi kerak. Shuningdek, bu konservalar tarkibida xam og’ir metallar tuzlari chegaralanadi.
Bolalarga mo’ljallangan va parxezbop sabzavot konservalari. Bu konservalar yuqori sifatli, saralangan sabzavotlardan va boshqa qimmatli xom ashyolar qo’shib tayyorlangan konservalar xisoblanadi. Bolalarga mo’ljallangan va parxezbop konservalar ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan sabzavotlarni etishtirishda va saklashda antiseptik kimyoviy birikmalar ishlatilmagan bo’lishi kerak. Bu konservalar to’yimli va organizmda tez xazm bo’ladi.
Bolalarga muljallangan sabzavot konservalari qirg’ichdan o’tkazilib, shakar, sariyog’, sut va boshka xom ashyolar qo’shilib, gomogenlashtirilgan massadan tashkil topgan bo’ladi.
Parxezbop sabzavot konservalari maxsus reseptura asosida tayyorlanib, kasalmand kishilarga mo’ljallangan bo’ladi. Bu konservalar tayyorlashda E vitamini va tuyinmagan yog kislotalariga boy bo’lgan usimlik moylari va mineral elementlarga boy bo’lgan dengiz karami kabi xom ashyolar ishlatiladi. Bo’lar asosan kariyalarga, qandli diabet va oshkozon-ichak kasalliklariga chalingan kishilarga tavsiya etiladi. Parxezbop konservalarning keng tarkalgan turlariga dengiz karami ikrasi, dengiz karami kushib tayyorlangan sabzavot salatlari, sutli sousli kabachki, sutli sousli sabzilar va boshkalarni kiritish mumkin.

Download 44.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling