7-maruza: yarim o‘tkazgichli mikroelektronikaning fizik asoslari reja


Intel firmasining mikroprotsessorlari


Download 79.28 Kb.
bet3/3
Sana28.12.2022
Hajmi79.28 Kb.
#1012940
1   2   3
Bog'liq
Lekciya 7 (I Semestr)

Intel firmasining mikroprotsessorlari
1971 yilning noyabr oyida Intel korporatsiyasi о‘zining uch nafar muhandisi tomonidan ishlab chiqilgan va tijorat maqsadlarida tarqatish uchun mо‘ljallangan dunyoda eng birinchi 4004 rusumli mikroprotsessor yaratganini e’lon qildi. Bugungi standartlarga kо‘ra juda sodda sanaladigan ushbu mikroprotsessor tarkibida atigi 2300 ta tranzistor bо‘lib, soniyada bor-yо‘g‘i 60 000 ta hisoblash operatsiyalarini bajargan xolos.
Bugungi mikroprotsessorlar ommaviy ishlab chiqarilayotgan juda murakkab mahsulot bо‘lib, о‘z ichiga 5,5 milliondan ortiq tranzistorni mujassam etadi, soniyada yuzlab million operatsiyalar bajaradi. Bu borada olib borilayotgan tadqiqotlar esa tobora jadal kechmoqda.
4004 rusumli mikroprotsessor
1971 yili Intel korporatsiyasining birinchi mikroprotsessori yaratildi. 4004 rusumli ushbu mikroprotsessor tо‘rt bitli bо‘lgan, ya’ni u tо‘rt bitli sonlarni saqlay olgan, ularga ishlov bergan, xotira qurilmasiga saqlagan yoki undan hisoblab chiqargan bо‘lib, kalkulyatorlarda qо‘llash uchun mо‘ljallangan. 4004 rusumli chip (yoki kristall) о‘sha davrda dunyoda eng zо‘r kompyuter sanalgan Amerika hukumatining ENIAC rusumli kompyuteridan ham kuchli vosita sifatida e’tirof etildi. Jumladan, ushbu kompyuter soniyada 5000 yо‘riq bajargan bо‘lsa, 4004 esa 60000 yо‘riqqa ishlov bergan. Ayni paytda chip barmoq uchida joylashgan bо‘lsa (uning о‘lchami 1/6 ga 1/8 dyuym bо‘lgan), ENIAC 3000 kvadrat fut maydonni egallab, vazni 30 tonnadan ortiq bо‘lgan. Xoffning ushbu ixtirosi о‘z vaqtida Noysning integral sxemasi kabi katta ahamiyatga ega bо‘lgan. Protsessorga о‘shanda “chip ustidagi kompyuter” nomini oldi. Negaki endi, zikr etilgan kompyuter tomonidan amalga oshirilgan jamiki arifmetik va mantiqiy vazifalar mixning qalpog‘idek keladigan chip ichidan joy olgan edi. Darhaqiqat, 4004 umuman sun’iy intellekt tizimlarini, xususan shaxsiy kompyuter yaratilishi uchun yо‘l ochib bergan inqilobiy ixtiro bо‘lgan edi.
Download 79.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling