7-ma’ruza: Yumshoq dori shakllari. Surtmalarva ularni
Download 36.27 Kb.
|
мавзу -7
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qattiq parafin
Spermatset (Cetaceum) – qattiq, oq rangli, plastik-kristallik tuzilishga ega bo‘lgan, moysimon, xidsiz massa. Suyuqlanish harorati 45-540S, tarkibi setil spirti (S16N33ON) va palmitin kislotasidan iborat bo‘lgan murakkab efir bo‘lib, saqlanish davomida turg‘un. Asosan surtma asoslarining tarkibiga yuqori zichlik va qovushqoqlik, dag‘al emulsiyalar xosil qilish xisobiga asos tarkibidagi suvni o‘zigi shimib olish uchun qo‘shiladi. O‘zidan moysimon dog‘ qoldirmaydi. Kislota soni 2 dan katta emas. U Suvda ham spirtda ham erimaydi. Qaynoq 95% spirt, efir va xloroformda eriydi.
Mum (Cera) – asalari mumi qo‘ng‘ir-sariq (Cera flava) yoki oq, oqish rangli (Cera alba) 63-650S haroratda suyuqlanadigan donsimon massa. Oq mum sariq mumni quyosh nurlari ta’sirida oqartirish bilan olinadi. Sariq mumning kislota soni 17-20,5 oralig‘ida, oq mumniki esa 18,7-22,4 oralig‘ida bo‘lishi kerak. Suv va spirtda erimaydi. Qaynoq spirt, efir va xloroformda, yog‘ va efir moylarida qisman eriydi. Alohida o‘zi surtmalar texnologiyasida asos sifatida ishlatilmaydi, asosan asoslarga etarli zichlik va qovushqoqlikni berishda ishlatiladi. Kimyoviy agentlarga nisbatan turg‘un. Uglevodorodli asoslar. Bu asoslar surtmalar texnologiyasida alohida asos sifatida yoki quyida keltirilgan shu guruhdagi asosiy asoslar bilan birgalikda ishlatiladi: vazelin, petrolatum, parafin, serezin, vazelin moyi, sun’iy vazelin va naftalin nefti. Vazelin (Vaselinum) – suyuq, yarim suyuq va qattiq, tarkibi 7 tadan 35 tagacha uglerod atomini saqlagan uglevodorodlar aralashmasi bo‘lib, umumiy tarkibning 20-50% yon zanjirida mikrokristallik uglevodorodlarni saqlaydigan izoparafinlar, siklik parafinlar va alifatik birikmalardan, 10% esa normal parafinlardan iborat. Vazelinning qattiq strukturali elementlari uglevodorodlarni suyuq fraksiyalarini ushlab qoluvchi uch qavatli to‘rdan iborat. Vazelin tashqi ko‘rinishi bilan bir jinsli, ipsimon cho‘ziluvchan, gel hosil qiluvchi massa bo‘lib, hidsiz, oq rangli (Vaselinum album) yoki sariq rangli (Vaselinum flavum), 37-500S haroratda suyuqlanadi. Buyum oynachasiga surtib ko‘rilganda bir xil qalinlikdagi tekis plenkani xosil qiladi. Xar ikki vazelin xam farmatsevtik va tibbiy nuqtai nazaridan bir xil. Oq vazelin to‘laligicha turli rang beruvchi moddalarda holi. Suvda erimaydi, spirtda kam eriydi, efir va xloroformda eriydi, moylar, yog‘lar va mumlar bilan xoxlagan nisbatlarda aralasha oladi (kastorovoy moyidan tashqari). Vazelin olingan xom ashyo neftning xiliga qarab vazelin turli xildagi suyuqlanish harorati va tuzilish-reologik xossalarini namoyon qiladi. Surtma asosi sifatida past suyuqlanish haroratiga yaqin bo‘lgan vazelindan foydalanish maqsadga muvofiq. Vazelin ko‘z surtmalarini tayyorlashda indifferentligi va turg‘unligi uchun ayniqsa keng qo‘llaniladi. Oddiy vazelindan tashqari amaliyotda uning modifikatsiyasi - petrolatum (suyuqlanish harorati 600S) yumshoq asos sifatida ishlatiladi. Qattiq parafin (Paraffinum solidum) – oq rangli kristall massa bo‘lib, yuqori molekulali uglevodorodlardan tashkil topgan. 50-570S haroratda suyuqlanadi. Suvda va spirtda erimaydi, efir, xloroform, yog‘lar va efir moylarida oson eriydi. Asoslarga ularni konsistensiyasini mustaxkamlash va suyuqlanish haroratini ko‘tarish uchun 10% gacha qo‘shiladi. Serezin (Ceresinum) – rafinirlangan ozokerit bo‘lib, amorf, rangsiz, mo‘rt massa. 68-720S haroratda suyuqlanadi. Tarkibida yuqori molekulali uglevodorodlar yoki ikki, uch siklik naftenlar saqlaydi. Parafinga nisbatan mustahkamlash xossasi yuqori biroq kristall bo‘lmagan qotishmalar xosil qiladi. Download 36.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling