7-mavzu. Alohida tartibda ish yuritish Alohida toifadagi ishlar tushunchasi va mohiyati


Download 30.89 Kb.
bet2/16
Sana18.06.2023
Hajmi30.89 Kb.
#1585346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
7-мавзу.маъруза

Bankrotlik taomillari
Qarzdor yuridik shaxsning bankrotligi to‘g‘risidagi ish ko‘rilayotganda quyidagi taomillar qo‘llaniladi: a) kuzatuv; b) sud sanatsiyasi; v) kelishuv bitimi; g) tashqi boshqaruv; d) tugatishga doir ish yuritish.
Qarzdor YTT hamda YTT maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxslar bankrotligi to‘g‘risidagi ish ko‘rilayotganda quyidagi taomillar qo‘llaniladi: a) kelishuv bitimi; b) tugatishga doir ish yuritish.
Kuzatuv– bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilganda iqtisodiy sud qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizani ish yuritishiga qabul qilgan sanadan e’tiboran joriy etiladigan birinchi sud taomilidir. Kuzatuv mol-mulkni saqlanishini ta’minlash, qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil qilish maqsadida qo‘llaniladi. Kuzatuv birinchi sud majlisi o‘tkazilgunga va bankrot korxonaning keyingi taqdiri hal qilinguniga qadar amalda bo‘ladi. Keyingi taomilni tanlash kreditorlar yig‘ilishi fikriga bog‘liq bo‘ladi. Umumiy qoida bo‘yicha kuzatuv uch oydan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin, lekin alohida hollarda ikki oydan oshmagan muddatgacha uzaytirilishi mumkin. Biroq ishni o‘z vaqtida hal qilish maqsadida muvaqqat boshqaruvchi tomonidan barcha tartib-qoidalarga amal qilgan holda kuzatuv qisqa muddatlarda olib borilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Kuzatuv taomili yuridik shaxslarni soddalashtirilgan bankrotlik taomillarida qo‘llanilmaydi, chunki kuzatish taomilini o‘tkazish uchun qonunda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish zaruriyati mavjud bo‘lmaydi va tugatishga doir ish yuritishdan o‘zga taomilni tanlash imkoniyati bo‘lmaydi.
Sud sanatsiyasi – iqtisodiy sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning to‘lov qobiliyatini tiklash hamda kreditorlar oldidagi qarzini uzish maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini sanatsiya qiluvchi boshqaruvchiga o‘tkazmagan holda qo‘llaniladigan bankrotlik taomilidir. Kuzatuv jarayonida qarzdor, qarzdor muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi, shuningdek uchinchi shaxs (shaxslar) sud sanatsiyasini joriy etish haqida iqtisodiy sudga murojaat qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan kreditorlarning birinchi yig‘ilishiga yoxud sud sanatsiyasini joriy etish haqidagi iltimosnoma bilan bevosita iqtisodiy sudga murojaat qilishga haqli. Sud sanatsiyasi iqtisodiy sud tomonidan joriy etiladi. Sud sanatsiyasi iqtisodiy sud kuzatuvi va sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi harakatlari ustidan nazorat ostida amalga oshiriladi.
Kelishuv bitimi – bu taraflarning nizo o‘zaro yon berish asosida tugatish to‘g‘risidagi bitimi hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda u miqdor, ijro etish tartibi va boshqalar bo‘yicha o‘zaro murosalar asosida kreditorlarning talablarini qanoatlantirish bo‘yicha kreditorlar va qarzdorlar o‘rtasida kelishuvga erishilganda iqtisodiy sud tomonidan qo‘llaniladigan taomildir. Kelishuv bitimi bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarning har qanday bosqichida kreditorlar yig‘ilishining barcha kreditorlar umumiy ovozining ko‘pchilik ovoz berishi orqali qabul qilingan qarori asosida tuzilishi mumkin.
Kelishuv bitimi YTT va YTT maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsga nisbatan bankrotlik to‘g‘risidagi ishni mazkur tadbirkor hamda kreditor o‘rtasida o‘zaro murosaga kelish asosida tugatish maqsadida tuziladi.

Download 30.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling