7-mavzu. Alohida tartibda ish yuritish Alohida toifadagi ishlar tushunchasi va mohiyati


Bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizaning shakli, mazmuni va unga ilova qilinadigan hujjatlar


Download 30.89 Kb.
bet7/16
Sana18.06.2023
Hajmi30.89 Kb.
#1585346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
7-мавзу.маъруза

Bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizaning shakli, mazmuni va unga ilova qilinadigan hujjatlar
Qarzdorning o‘zini bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasi iqtisodiy sudga yozma shaklda beriladi va qarzdor yuridik shaxsning rahbari yoki qarzdor YTT va YTT maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs yoxud ularning vakillari tomonidan imzolanadi. Vakilning arizasining imzolash huquqi ishonchnomada ko‘ratib o‘tilgan bo‘lishi kerak. Yana shunga e’tiborni qaratish lozimki, qarzdorning arizasi ishonchnoma (yoki tegishli tartibda tasdiqlangan uning nusxasi) asosida vakil tomonidan imzolanayotganda, ishonchnoma arizaga ilova qilingan bo‘lishi kerak.
Qarzdorning o‘zini bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) ariza berilayotgan iqtisodiy sudning nomi;
2) pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarining qarzdor tomonidan e’tiroz bildirilmayotgan miqdordagi summasi;
3) qarzdorning xodimlar hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash, ularga mehnat haqini va to‘lanishi kerak bo‘lgan ishdan bo‘shatish nafaqasini to‘lash borasidagi qarz summasi;
4) mualliflik shartnomalari bo‘yicha to‘lanishi kerak bo‘lgan haq summasi;
5) majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarz summasi;
6) kreditorlarning talablarini to‘la hajmda qondirishga qodir emaslikning asosi;
7) qarzdorga taalluqli, sudlarning ish yuritishiga qabul qilingan da’vo arizalari to‘g‘risidagi, shuningdek so‘zsiz (akseptsiz) hisobdan chiqarish uchun taqdim etilgan ijro hujjatlari va boshqa hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
8) qarzdordagi bor mol-mulk, shu jumladan pul mablag‘lari, debitorlik qarzi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
9) qarzdorning bankdagi hisobvaraqlari raqamlari, bankning pochta manzili;
10) ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati.
Qarzdorning arizasida bankrotlik to‘g‘risidagi ishni to‘g‘ri hal etish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi mumkin. Masalan, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 40-moddasiga muvofiq ijro etilmagan va qaytarilgan, undirish qarzdor foydasiga amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ijro hujjatlari to‘g‘risida ma’lumotlar.
Qarzdor YTT va YTT maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning o‘zini bankrot deb topish haqidagi arizasida uning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan majburiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatiladi. Masalan, oilaning mehnatga layoqatsiz a’zolari borligi, alimentlar to‘lash bo‘yicha majburiyatlar va hokazo.
Kreditorlarga hamda bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga qarzdor o‘z arizasidan nusxa yuborishi shart. Agar qarzdor ariza berguniga qadar qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili, qarzdorning xodimlari vakili saylangan (tayinlangan) bo‘lsa, mazkur shaxslarga ham qarzdor arizasining nusxasi yuboriladi.
Qarzdorning o‘zini bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasiga IPKda nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari qarz borligini, shuningdek kreditorlarning talabini qarzdor to‘la hajmda qondirishga qodir emasligini, qarzdorning arizasiga asos bo‘lgan boshqa holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
IPKda nazarda tutilgan hujjatlar deganda IPKning 151-moddasida nazarda tutilgan hujjatlarni tushunish kerak. Ular qatoriga: belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji va pochta xarajatlari to‘langanligini; arizaning ko‘chirma nusxasini kreditorlarga va uchinchi shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlar kiradi.
Qarzdorning qarzi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar deganda kreditor talablarining tan olinishini tasdiqlovchi dalillar, qarzdor tomonidan akseptlangan to‘lov talablari, soliq organlarining inkassa topshiriqlari, qarzdordan qarz summasini undirish to‘g‘risidagi qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini tushunish kerak.
Qarzdorning kreditorlar talablarini to‘liq hajmda qondira olmasligini asoslovchi hujjat sifatida qarzdor mol-mulkining inventarizatsiyasi, auditor xulosasi va hokazolar xizmat qilishi mumkin va ularda qarzdorda aktivlar, mulk, pul mablag‘larining yo‘qligi ko‘rsatiladi.
Qarzdorning arizasiga asos bo‘lgan boshqa holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarga misol tariqasida qarzdorni shaharni tashkil etuvchi va unga tenglashtirilgan korxonalar qatoriga kirishini tasdiqlovchi hujjatni keltirish mumkin.
Qarzdorning o‘zini bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasiga quyidagilar ham ilova qilinadi: a) qarzdor yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari, shuningdek yuridik shaxsning yoki YTT va YTT maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar; b) qarzdorning kreditorlari va debitorlari ro‘yxati, uning kreditorlik va debitorlik qarzini izohlagan hamda kreditorlari va qarzdorlarining pochta manzillarini ko‘rsatgan holda; v) so‘nggi hisobot kunidagi holatga ko‘ra buxgalteriya balansi yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatlar; g) qarzdor YTT va YTT maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning mol-mulki tarkibi va qiymati to‘g‘risidagi hujjatlar; d) qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining qarzdor o‘zini bankrot deb topish to‘g‘risida ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishi haqidagi qarori; e) agar qarzdorni bankrot deb topish haqidagi ariza berilguniga qadar qarzdor xodimlari yig‘ilishi o‘tkazilib, unda bankrotlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishda ishtirok etish uchun qarzdorning xodimlari vakili saylangan bo‘lsa, ana shu yig‘ilish bayonnomasi. Qarzdorning arizasiga ilova qilinishi kerak bo‘lgan barcha hujjatlar, asl nusxada yoki talab darajasida tasdiqlangan nusxalar shaklida bo‘lishi shart. Shu bois hujjatlar yuridik shaxs yoki YTT muhri bilan yoki notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Agar ariza qarzdor vakili tomonidan imzolangan bo‘lsa, unga arizani imzolagan shaxsning ariza berish vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.

Download 30.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling