7-mavzu. Alohida tartibda ish yuritish Alohida toifadagi ishlar tushunchasi va mohiyati
Kreditorlar talablarini birlashtirish
Download 30.89 Kb.
|
7-мавзу.маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza yuzasidan qarzdorning yozma fikri
Kreditorlar talablarini birlashtirish
Kreditor qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risida ariza berish jarayonida talablar summasiga qarzdorga bo‘lgan turli talablar yig‘indisini kiritishi mumkin. Bunda shu narsaga e’tibor qaratish lozimki, qarzdorning tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqadigan, ammo hayot va sog‘liqqa yetkazilgan zararni qoplash, shuningdek alimentlar va hokazolar kabi shaxsiy tusdagi talablar bilan bog‘liq bo‘lmagan majburiyatlari bo‘yicha talablari birlashtirilishi mumkin. Shuningdek muassislar (ishtirokchilar) ulushini ajratish to‘g‘risidagi talablar ham birlashtirilishi mumkin emas, chunki ular kreditor bo‘lib hisoblanmaydilar va qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizani taqdim etish huquqiga ega emaslar. Kreditorlar qarzdorga bo‘lgan o‘z talablarini birlashtirishga hamda iqtisodiy sudga bitta ariza bilan murojaat etishga haqli. Bankrotlik alomatlari mavjud bo‘lgan taqdirda, agar qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar eng kam ish haqi miqdorining kamida besh yuz karrasini tashkil etadigan bo‘lsa, qarzdor YTT va YTT maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsga nisbatan esa eng kam ish haqi miqdorining kamida o‘ttiz karrasini tashkil etsa kreditorlar tomonidan birlashtirilgan talablar bilan ariza berish imkoni qonunda nazarda tutilgan. Mazkur ariza o‘z talablarini birlashtirgan yuridik shaxslarning rahbarlari yoki YTT va YTT maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxslar tomonidan imzolanadi. Qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza yuzasidan qarzdorning yozma fikri Iqtisodiy sudning kreditor, prokuror, davlat soliq xizmati organi yoki boshqa vakolatli organdan qarzdorni bankrot deb topish haqida ariza qabul qilinganligi to‘g‘risidagi ajrimini olgan kundan e’tiboran qarzdor besh kunlik muddat ichida iqtisodiy sudga, arizachiga va bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga mazkur ariza yuzasidan yozma fikrini yuborishga, shuningdek arizada ko‘rsatilmagan barcha kreditorlarni o‘ziga nisbatan bankrotlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilganligidan xabardor qilishga haqli. Qarzdorning iqtisodiy sudga yuborayotgan yozma fikriga mazkur yozma fikrning nusxasi arizachiga hamda bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinishi kerak. Bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza yuzasidan qarzdorning yozma fikri bankrotlik to‘g‘risidagi ishda unga arz qilingan talablarga nisbatan prosessual himoya vositasi hisoblanadi. Ushbu yozma fikr da’vo tartibida ish yuritishdagi IPKning 156-moddasida nazarda tutilgan yozma fikr bilan bir xil funksiyalarga ega. Yozma fikr taqdim etish qarzdorning majburiyati emas, aksincha uning huquqi hisoblanadi. Yozma fikrni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra iqtisodiy sud alohida sud hujjatini chiqarmaydi, balki yozma fikrda bayon etilgan qarzdorning vajlariga ishni mazmunan ko‘rib chiqish jarayonida baho beradi. Qarzdorning yozma fikri yo‘qligi bankrotlik to‘g‘risidagi ish ko‘rilishiga monelik qilmaydi. Download 30.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling