7-mavzu. Alohida tartibda ish yuritish Alohida toifadagi ishlar tushunchasi va mohiyati


Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarning sudlovga tegishliligi


Download 30.89 Kb.
bet12/16
Sana18.06.2023
Hajmi30.89 Kb.
#1585346
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
7-мавзу.маъруза

Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarning sudlovga tegishliligi
IPKning 36-moddasida bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarning sudlovga tegishliligi qoidalarini belgilangan.
Iqtisodiy sudlarida ko‘riladigan boshqa ishlardan farqli o‘laroq bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lganligi sababli ushbu toifa ishlarning sudlovga tegishliligi bo‘yicha maxsus qoida belgilangan. Xususan, qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga kim qarzdor, kreditor, prokuror va boshqa vakolatli organ, murojaat qilganidan qat’i nazar ish qarzdor davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi iqtisodiy sudda ko‘riladi. Ushbu qoida alohida sudlovga tegishlilik sifatida ifodalangan va ishni to‘g‘ri, qulay sharoitlarda ko‘rib chiqishni ta’minlashga yo‘naltirilgan. Chunki bu vaziyat qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligini aniqlash to‘g‘risidagi dalillarni yig‘ishda ham, bankrotlik to‘g‘risidagi ishga doir turli masalalarni hal qilishda ham qulaylik yaratadi.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash sudya tomonidan IPKda nazarda tutilgan tartibda Qonunda belgilangan o‘ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Xususan, bankrotlik to‘g‘risidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash chog‘ida sudya quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga binoan kreditor talablarini ta’minlash choralarini ko‘radi;
ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi masalani hal etadi;
bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqadi;
qarzdorning e’tirozlari (muvaqqat boshqaruvchining iltimosnomasi) mavjud bo‘lgan holda kreditorlarning qarzdorga bo‘lgan talablarini asosliligini tekshirish bo‘yicha sud majlisi o‘tkazadi.
Qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza tushgan kundan e’tiboran sudya o‘n kundan kechiktirmay kuzatuvni joriy etish haqidagi masalani hal qiladi. Iqtisodiy sudga qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza taqdim qilinganida arizada muvaqqat boshqaruvchining nomzodi ko‘rsatilishi lozim. Bu holda sudya arizani ish yurituviga qabul qila turib, kuzatuvni joriy etish va muvaqqat boshqaruvchini tayinlash to‘g‘risida ajrim chiqaradi va kuzatuv iqtisodiy sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza ish yurituviga qabul qilingan vaqtdan e’tiboran joriy etiladi.
Agar arizada muvaqqat boshqaruvchining nomzodi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, iqtisodiy sud arz qiluvchi yoki bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organidan tegishli nomzodni ko‘rsatishni talab qiladi. Shunday qilib, qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizada muvaqqat boshqaruvchining nomzodi ko‘rsatilmasa, sud ushbu masalani ariza kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddat ichida hal etish imkoniyatiga ega. Bu holda kuzatuv taomilini joriy etish va muvaqqat boshqaruvchini tayinlash to‘g‘risidagi ajrim qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizani ish yuritishga qabul qilish va ishni ko‘rib chiqishga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrimdan so‘ng alohida chiqariladi.
Kreditorlarning talablari yuzasidan qarzdorda e’tirozlar bo‘lsa, sudya qarzdorning e’tirozlari asosliligini tekshiradi. Qarzdor yoki muvaqqat boshqaruvchi kreditorlar talablarini qabul qilgan vaqtdan e’tiboran bir hafta ichida iqtisodiy sudga, tegishli talablarga bo‘lgan o‘z e’tirozlarini bildirish huquqiga ega.
Sudyaning qarzdor e’tirozlari (muvaqqat boshqaruvchi iltimosnomalari) asosliligini tekshirishi bankrotlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishning belgilangan muddatiga kamida bir oy muhlat qolganda o‘tkaziladi.
Iqtisodiy sud qarzdorning e’tirozlari asosliligini ko‘rib chiqish natijalari asosida mazkur talablarni kreditorlarning talablari reyestriga kiritish yoki mazkur reyestrga kiritishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Ajrimda kreditorlarning, agar ularga nisbatan qarzdorning e’tirozlari asossiz deb topilgan bo‘lsa, talablari miqdori va ularni qondirish navbati ko‘rsatiladi.
Kreditorlarning talablari yuzasidan qarzdorning e’tirozlarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha iqtisodiy sud chiqargan ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Mazkur ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) uning amal qilishini to‘xtatib qo‘ymaydi.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash paytida, shuningdek bankrotlik to‘g‘risidagi ish ko‘rilayotganda iqtisodiy sud qarzdorning moliyaviy ahvolini aniqlash uchun ekspertiza tayinlashga haqli.

Download 30.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling