7-mavzu. Alohida tartibda ish yuritish Alohida toifadagi ishlar tushunchasi va mohiyati


Arizalar va shikoyatlarni ko‘rib chiqish


Download 30.89 Kb.
bet15/16
Sana18.06.2023
Hajmi30.89 Kb.
#1585346
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
7-мавзу.маъруза

Arizalar va shikoyatlarni ko‘rib chiqish
Iqtisodiy sud kuzatuv, sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv yoki tugatishga doir ish yuritish jarayonida quyidagilarni ko‘rib chiqadi:
1) sud boshqaruvchisining arizasini, shu jumladan u bilan kreditor o‘rtasida u bilan qarzdor o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni;
2) kreditorlarning o‘z huquq va qonuniy manfaatlari buzilganligi xususidagi shikoyatlarini;
3) mehnat shartnomasi asosida ishlovchi shaxslarga mehnat haqi to‘lash va ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lash bo‘yicha talablarning miqdori, tarkibi va navbati xususida sud boshqaruvchisi va qarzdor xodimlarining vakili o‘rtasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklarni;
4) kreditorlar, qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakillari tomonidan ularning huquq va qonuniy manfaatlarini buzayotgan sud boshqaruvchisi harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan shikoyatlarni.
Mazkur masalalar ro‘yxati tugal bo‘lib, ular kengaytirilishi mumkin emas.
Amaldagi qonun talabiga ko‘ra yuqoridagi masalalar bo‘yicha ariza yoki shikoyat berish huquqiga quyidagilar egadirlar: a) sud boshqaruvchisi; b) qarzdor; d) kreditorlar; e) qarzdor xodimlarining vakili; f) qarzdor muassislari (ishtirokchilari) vakili; g) qarzdor mol-mulki egasining vakili.
Sud boshqaruvchisi arizasi va qarzdor xodimlari vakillari, qarzdor muassislari(ishtirokchilari), qarzdor mol-mulki egasining vakillari shikoyati iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqilayotganda ularning nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga jo‘natilganligini tasdiqlovchi dalillar talab qilinishi lozim. Ushbu talabga amal qilmaslik arizani (shikoyatni) qaytarishga asos bo‘ladi, bu haqida iqtisodiy sud ajrim chiqaradi. Shuningdek yuqorida ko‘rsatilgan shaxslardan boshqa shaxslar tomonidan berilgan ariza va shikoyatlar ham qaytariladi. Arizani(shikoyatni) qaytarish to‘g‘risidagi ajrim yuzasidan shikoyat qilinmaydi.
Qonunda belgilangan tartibda berilgan ariza va shikoyatlar iqtisodiy sud majlisida kelib tushgan kundan boshlab o‘n besh kundan kechiktirmasdan ko‘rib chiqiladi va ularning natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi. Mazkur arizalar va shikoyatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan iqtisodiy sud ajrim chiqaradi. Bu ajrim ustidan qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.

Download 30.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling