7-mavzu. Alohida tartibda ish yuritish Alohida toifadagi ishlar tushunchasi va mohiyati
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish muddati
Download 30.89 Kb.
|
7-мавзу.маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud hujjatlari
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish muddati
Bankrotlik to‘g‘risidagi ish iqtisodiy sudning majlisida qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza ish yuritishga qabul qilinganligi haqida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqilishi lozim. Bankrotlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish alohida hollarda ikki oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. Bankrotlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish bo‘yicha sudning birinchi muhokamasi vaqti bankrot deb topish haqidagi arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda belgilanadi. Muvaqqat boshqaruvchi kuzatuv joriy etilganligi to‘g‘risida xabar e’lon qilingan vaqtdan e’tiboran o‘n kun ichida aniqlangan barcha kreditorlarga iqtisodiy sud tomonidan qarzdorga nisbatan kuzatuv joriy etilganligi to‘g‘risidagi ajrim chiqarilganligi haqida xabar berishi lozim, bunday xabarda bankrotlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘tkaziladigan sud majlisining vaqti, sanasi va joyi ko‘rsatiladi. Istisno holatlarda ishni ko‘rib chiqishning ikki oylik muddati yana ikki oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. Muayyan holat ajrim uchun istisno holat ekanligi yoki yo‘qligini aniqlash uchun Qonunda huquqiy mezon o‘rnatilmagan. shuningdek muddatni uzaytirishni kim amalga oshirishi ham belgilanmagan. Bu holda IPKning 164-moddasi qo‘llaniladi, unga ko‘ra ishni ko‘rib chiqish muddatlarini uzaytirish iqtisodiy sud raisining ruxsatiga asosan amalga oshiriladi. Ushbu holat istisno ekanligi yoki emasligi haqidagi masala iqtisodiy sudning raisi tomonidan ishga aloqador bo‘lgan barcha holatlarni hisobga olgan holda ko‘rib chiqiladi. Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud hujjatlari Bankrotlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha iqtisodiy sud quyidagi sud hujjatlaridan birini qabul qiladi: a) qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi qaror; b) qarzdorni bankrot deb topishni rad etish to‘g‘risidagi qaror; d) sud sanatsiyasini joriy etish va uning muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ajrim; e) tashqi boshqaruvni joriy etish va uning muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ajrim; f) bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritishni tugatish haqidagi ajrim; g) qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizani ko‘rmasdan qoldirish haqidagi ajrim; h) kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi ajrim. Qonunda qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizani ko‘rmasdan qoldirishning alohida asoslari mavjud emas, shu munosabat bilan qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizani ko‘rmasdan qoldirish haqidagi ajrim IPKning 107-moddasida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda qabul qilinadi. Ularga, jumladan quyidagilar kiradi: iqtisodiy sudning ish yurituvida aynan shu qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ish mavjud bo‘lsa; ariza imzolanmagan yoki imzolash huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan imzolangan, yoxud mansab darajasi ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa; ariza beruvchi prokuror o‘z arizasidan voz kechgan holda kreditorlar arizasi (e’tirozlari) mavjud bo‘lmasa. Shuni ta’kidlash lozimki, bankrotlik to‘g‘risidagi ishga nisbatan IPK 107-moddasida nazarda tutilgan barcha asoslar ham qo‘llanilmaydi. Masalan, IPKning 107-moddasi 6-bandi (da’vogarning birinchi sud majlisiga kelmaganligi va ishni o‘zining ishtirokisiz ko‘rilishi to‘g‘risida arz qilmaganligi) bankrotlik to‘g‘risidagi ishga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas, chunki bankrotlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilgandan so‘ng kreditorlar manfaatlarini himoya qilish huquqi kreditorlar yig‘ilishiga o‘tadi va qarzdorning kelajakdagi taqdiri kreditorlar yig‘ilishining irodasiga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni xususiy tusga ega bo‘lgan ariza boshqa shaxslarning manfaatlariga ta’sir qiladigan ommaviy munosabatlarga aylanadi. Yuqorida sanab o‘tilgan sud hujjatlari ichida qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash va qarzdorni bankrot deb topishni rad etish to‘g‘risidagi qaror IPKning 21-bobi qoidalariga muvofiq qabul qilinadigan sud hujjatlari (qarori) hisoblanadi. Qolgan ajrimlar ishning mazmuni bo‘yicha emas, balki IPKning 22-bobi qoidalariga muvofiq chiqariladigan ajrimlardir. Bankrotlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud hujjatlari qoida tariqasida darhol ijro etilishi lozim. Mazkur norma iqtisodiy sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin ijro etilishi to‘g‘risidagi umumiy qoidadan istisno hisoblanadi. Lekin bu hol sud hujjatlari ular qabul qilinganidan so‘ng qonuniy kuchga kirishini bildirmaydi. Ularning ustidan IPKda nazarda tutilgan tartibda apellatsiya shikoyati berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Lekin sud hujjatiga nisbatan apellatsiya shikoyat berilishi (protest keltirilishi) uning ijrosini to‘xtatmaydi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarga qaror nusxalarini jo‘natishni nazarda tutuvchi IPKning normalaridan farqli ravishda bankrotlik to‘g‘risidagi qonunchilik bankrotlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha chiqarilgan sud hujjatlarini qarzdorning joylashgan joyi (yashash joyi) bo‘yicha sud ijrochisiga ham darhol jo‘natilishi kerakligini nazarda tutadi. Download 30.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling