7-mavzu. Arslarni matematik modellashtirish usullari
Download 46.45 Kb.
|
7-mavzu. Arslarni matematik modellashtirish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matematik tavsifni tuzish
- Modellovchi algoritmni
7-mavzu. ARSlarni matematik modellashtirish usullari Reja: ARSlarning differensial tenglamasini tuzush usullari. Statik xarakteristikalarni chiziqlantirish. Releli elementlarning statik xarakteristikalari. Avtomatik rostlash tizimi (ART)ning sifatli ishlashi tizim elementlarining to‘g‘ri tanlanishi va rostlanishiga bog‘liq. Buning uchun, rostlanuvchi ob’ekt va ART lar barcha elemetlarining xarakteristikasini bilish kerak. Rostlanuvchi ob’ektlar xilma-xildir. Ular bir-birlaridan hajmi, oqib o‘tadigan fizik-kimyoviy jarayonlari, apparatlarining shakllanishi va yana bir qancha omillari bilan farq qiladi. Ammo ART larni tahlil qilishda, ob’ektlar va ART elementlari turlicha bo‘lishiga qaramay, ularning bir xil yoki bir-biriga o‘xshash bo‘lgan xususiyatlarini aniqlash hamda ob’ektlarni shu xususiyatlar bo‘yicha namunali obe’ktlarga tavsiflash maqsadga muvofiqdir. O‘rganilayotgan ob’ektning kirishi va boshqaruvchi parametrlari o‘rtasidagi nisbatan aniqlovchi tenglamalar tizimi matematik tavsif deyiladi. Ob’ektning matematik modelini kurish va uni o‘rganish bir qator o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bosqichlarni bajarish demakdir. Matematik tavsifni tuzish. Echilayotgan masalaga muvofiq tanlangan fizik model asosida matematik tenglamalar tizimi yoziladi. Bu bosqichda, agar imkon bo‘lsa, tenglamaning ahamiyatsiz a’zolari olib tashlanib, tenglamalar soddalashtiriladi. Bunda tenglamadan olib tashlanayotgan a’zo masalani echishda hakikatan ahamiyatsiz ekanligiga ishonch hosil qilish kerak. Modellovchi algoritmni ishlab chiqish masalasi matematik tavsifning tenglamalar tizimini echish usulini topishdan iborat. Model qanday mashinada, ya’ni rakamli (RHM), analog (AHM) yoki kombinatsiyalashgan (ARHT) mashinada amalga oshirilishiga ko‘ra algoritmni ishlab chiqish usuli tanlanadi. Konkret hisoblash mashinasining turini tanlash echilayotgan tenglama turi va hisoblash hajmiga bog‘liq. Avtomatik rostlash tizimlarining statik va dinamik xossalari tizimdagi tarkibiy elementlarning shu xarakteristikalari orqali aniqlanadi. Element yoki tizimning statik xarakteristikasi deb o‘rnatilgan rejim jarayonidagi chiqish va kirish parametrlarining nisbatiga aytiladi. Bu nisbat analitik yoki grafik usul bilan ifodalanadi va hisoblash yoki tajriba usullari bilan aniqlanadi. Download 46.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling