7-Mavzu: Astronomiya asoslari. Bizning Galaktikamiz va uning obyektlari


-rasm. Yerning sirtqi va ichki tuzilishi


Download 61.68 Kb.
bet4/6
Sana21.06.2023
Hajmi61.68 Kb.
#1638608
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-mavzu

5-rasm. Yerning sirtqi va ichki tuzilishi.

Atmosferaning 21 foizga yaqinini kislorod, taxminan 78 protsentini azot, qolgan qismini esa boshqa gazlar: argon, karbonat angidrid va suv bug‘lari tashkil qiladi (5-a rasm).


Yer gidrosferasiga (Yer yuzidagi qattiq, suyuq va gaz holatidagi suvlaming majmui) ko‘ra boshqa sayyoralardan keskin farq qiladi. Unda faqat suyuq holatdagi suvning hajmi 1 million 3 7 0 ming trillion kub metr bo‘lib, umumiy maydoni 3 ming 610 milliard kvadrat metrga teng. Boshqacha aytganda, u Yer sirtining qariyb 71 foizini tashkil qiladi. Quruqlikning o'rtacha balandligi dengiz sathidan 875 metr bo‘lgani holda, dunyo okeanining 0 ‘rtacha chuqurligi 3800 metrgacha boradi. Suv 0 ‘zining ajoyib xususiyatlari bois Yerda optimal issiqlik rejimi vujudga kelishida muhim rol o‘ynaydi. Suvsiz organik hayot Yerda vujudga kela olmasdi.
Suvning qattiq boiagi - muz ham sayyoramizning anchagina qismini egallab, asosiy qismi Antarktida va Grenlandiya quruqligini qoplaydi. Uning umumiy massasi 24 ming 200 trillion tonnaga teng. Bordiyu bunday miqdordagi muz erisa edi, dunyo okeanining sathi 60 metrga ko'tarilib, yana quruqlikning 10 foizi suv ostida qolgan bo'lardi.
Yeming qattiq qatlami litosfera deyilib, bu qismda sayyoramizning asosiy qatlami mujassamlashgan. Garchi bir qarashda litosfera sirtida turib, uning ichki tuzilishi haqida ma’lumotga ega boiish mumkin emasdek tuyulsa-da, aslida sayyoramizning inertsiya momenti va zilzilalari asosida uning ichki tuzilishi haqida yetarlicha aniq maiumotlar olish mumkin.
Gap shundaki, seysmik toiqinlar bo‘ylama va ko‘ndalang boiib, bo‘ylama toiqinda zarrachalar toiqinning tarqalish yo‘nalishi bo‘yicha

6-rasm. Yer magnit maydonining strukturasi.

siljigani holda, ko'ndalang toiqinda ularning harakati tarqalish yo‘nalishi bilan to ‘g‘ri burchakni tashkil qiladi. Ko‘ndalang to‘lqinlaming tarqalish tezligi bo‘ylama to‘lqinlamikidan katta boiadi. Shuningdek, seysmik toiqinlar turli zichlikdagi qatlamlar chegarasidan qaytish va sinish xususiyatiga ham egadirlar. Bunday maiumotlar asos qilib olingan metodlarga tayangan holda litosferaning ichki tuzilishi haqida yetarli darajada ishonchli maiumotlar olingan.


Xususan, suyuqlik zarrachalarining ko‘ndalang toiqin siljishiga qarshilik qilmasligi tufayli ko'ndalang toiqinlar suyuqlikda tarqala olmaydi. Shu asosda litosferaning quyi chegarasida suyuq yadro borligi asrimizning boshidayoq aniqlangan edi (5-b rasm). Keyingi tadqiqotlar bu yadro asosan ikki - radiusi 1300 kilometrgacha yetadigan qattiq va uning ustida 2100 kilometr qalinlikdagi suyuq qismlardan iboratligini maium qildi. Bu usullar yordamida bajarilgan tekshirishlar litosferaning qattiq qatlami ham bir jinsli bo'lmay, taxminan 40 kilometr chuqurlikda keskin chegara borligini bildirdi. Bu chegaraviy sirt uning kashfiyotchisi nomi bilan Moxorovichich sirti deb ataladi. Bu sirtdan yuqori qatlam litosfera po‘stlog‘i, osti esa mantiya deb yuritiladi. Mantiyaning zichligi 3,3 g/sm3 dan (Moxorovichich sirtida) 5,5 g/sm3 gacha (yadro chegarasida) ortadi. Yadro chegarasida zichlik keskin ortib 9,4 g/sm3 ni tashkil qiladi. Yer markazida zichlik 14,5-18 g/sm3 gacha tartibda boiib, mantiyaning quyi chegarasida bosim 1 million 300 ming atmosferaga boradi. Yeming temperaturasi markazga tomon ortib borib, mantiyaning quyi chegarasida Kelvin shkalasida 5000 gradusgacha, markazda esa taxmiian 10000 gradusgacha boradi.
Yer - ulkan magnit bo'lib, uni kompas strelkasining sayyoramiz magnit maydoni kuch chiziqlariga parallel turishi uchun harakatlanishidan bilish mumkin. Qizig‘i shundaki, geomagnit qutblar Yer qutblari bilan ustma-ust tushmaydi. Shimoliy geomagnit qutbning geografik kengligi 78°,5 ni, uzunlamasi esa 290° (sharqiy uzunlama)ni tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, geomagnit o‘q Yer o‘qiga 11,5° li burchakka og'ishgan. Geomagnit maydonning kuchlanganligi ekvatordan qutbga tomon 0,25-0,35 dan 0,6-0,7 erstedga qadar ortadi.
Yer atrofi fazosi geomagnit maydoni kuchlanganligining sayyoralararo doimiy magnit maydoni kuchlanganligidan (5-10 gammadan) ortiq bo‘lagi Yer magnitosferasi deyiladi. Bu sfera Yer o'qiga nisbatan simmetrik bo'lmaydi. Magnitosfera Yerning kunduzgi tomonida ≪siqilgan≫ bo'lib, 8-14 Yer radiusicha masofaga cho'zilgani holda tungi tomonida sayyoramiz ≪magnit dumi≫ni vujudga keltirib, bir necha o'nlab Yer radiusi masofasigacha cho'ziladi (6-rasm).
Oxirgi yillarda sayyoramiz osmon jismlarining ajralmas qismi sifatida aktiv o'rganilayotganiga qaramay hali unga tegishli muammolar qo'shni sayyoralamikidan kam emas. Ayniqsa, uning ichki tuzilishi haqidagi ma’lumot hali juda ≪kambag'al≫ hisoblanadi.
Biroq Yer ≪o'z qo'limizda≫ bo'lib, boshqa osmon jismlarini o'rganishga nisbatan uni tadqiq qilishda katta imkoniyatlarimiz borligini hisobga olsak, sayyoramiz sirlarini ochishga katta umid bilan qarashga asos bor.
Yeming yagona tabiiy yo'ldoshi - Oy bor.

Download 61.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling