7-Mavzu: Astronomiya asoslari. Bizning Galaktikamiz va uning obyektlari
-rasm. Oyning yirik kraterli hududlari
Download 61.68 Kb.
|
7-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-rasm. Oy sirtini “Aopllon” ekipaji yordamida tekshirish.
8-rasm. Oyning yirik kraterli hududlari.
Oydagi togiardan eng yiriklari Alp, Apenin va Kavkaz tog’lari deb nomlangan. Togiarning balandligi ba’zan 9 kilometrgacha yetadi. Shuningdek, Oyda halqali togiar ko‘plab uchraydi (8-rasm). Sirklar deb ataluvchi yirik halqali togiardan Klaviy va Shikkardlarning diametrlari 200 kilometrgacha yetadi. Yerdagi togiardan farqli oiaroq, Oy togiari ko‘proq tik chiqqan boiadi. Oy orqa tomonining relyefi birinchi marta 1959-yili uchirilgan ≪Luna-3≫ avtomatik stansiyasi olgan rasmlardan maium boidi va Oyning toiiq globusini tayyorlashga imkon berdi. Oy orqa tomonining relyefi, bizga ko‘rinadigan old tomoni relyefldan biroz farq qilib, ≪dengizlar≫ deyiluvchi pasttekisliklar kamroq kuzatiladi. ≪Luna-16≫, ≪Luna-20≫, ≪Luna-24≫ avtomatik stansiyalari Oy tuprogi va jinslaridan namunalar keltirdi. ≪Luna-17≫ va ≪Luna-21≫ Oyga eksperimental laboratoriyalar (≪Lunoxod-1≫ va ≪Lunoxod-2≫) ni eltdi. Bu laboratoriyalar Oyda bir necha o‘n kilometrlik masofani o‘tib, uning relyefi, tuprog‘i tarkibi, seysmik va vulqonli hodisalar, kosmik nurlar hamda shu kabi ko‘plab hodisalami uzoq vaqt davomida o'rgandi. 9-rasm. Oy sirtini “Aopllon” ekipaji yordamida tekshirish. Oydan keltirilgan tuproq namunalarining analizi, Oy tuprog'i asosan to‘rt xil jinslardan: mayda donador, g'ovak yirik donador jinslardan, brekchiya deyiluvchi minerallar siniqlaridan va regolit (mayda zarrachalar va changlar)dan tashkil topganligini ko‘rsatdi. Bulardan birinchi uch xili kimyoviy jihatdan bir xil b oiib, regolit esa meteor moddalar aralashmasidan iboratliligi aniqlandi va u Oy materiklari uchun xarakterli jins degan xulosaga kelindi. 1969-yilning iyunida AQSHning ≪Apollon-11≫ kosmik apparatida ikki astronavt - Armstrong va Oldringlar Oyga qo‘ndi. Oy ustida ular uzoq sayr qilib, Yerga Oy sirti toshlari, tuprog‘i, kristallarini olib qaytishdi. ≪Apollon≫lar Oyga 12 astronavtni muvaffaqiyatli qo‘ndirib, Oyning relyefi, fizik tabiatiga tegishli qimmatli ma’lumotlarni qo‘lga kiritishdi (9-rasm). Osoyishtalik ≪dengizi≫dan olingan namunaning (≪Apollon-11≫) tarkibi 40-45% alyuminiy, 4-6% titan va magniyga ega bo‘lib chiqdi. Bo‘ronlar ≪okeani≫dan olingan namuna (≪Apollon-12≫) esa biroz boshqacha bo‘lib, unda titan 2-3 marta kam, magniy, kobalt, vanadiy va skandiy esa aksincha ko‘p boiib chiqdi. Agar Yer va Oy jinslarining kimyoviy tarkibi to‘g‘risida gapirilsa, bu jinslarda anchagina farq topiladi. Bu masalada ayniqsa, Oy changi deb nomlangan Oy sirti qatlami tabiati jihatidan diqqatga sazovordir. Uning tarkibi kristall siniqlari, temir-nikel aralashmali shisha donachalari, bir jinsli tiniq shisha parchalaridan tashkil topgan b o iib , yuqori vakuum sharoitida joylashgani tufayli juda yopishqoqligi maium boidi. Oyni o ‘rganishning tabiat fanlari uchun muhimligi, uning atmosferadan xoliligidadir. Oyga o'matilgan kichik teleskop Yerdagi katta teleskoplar yordamida olingan osmon jismlari rasmlaridan bir necha marta sifatli materiallar olishga imkon beradi. Oyda o'matilgan o'rtacha kattalikdagi observatoriya Yerdagi o'nlab observatoriyalar xizmatini a’lo darajada o'tay olishi mumkin. Shuningdek, muayyan Yer atmosferasi elektromagnit nurlarining juda kam qisminigina o'tkazib, qolgan qismlari uchun ≪tiniq≫ emas. Oyda esa barcha toiqin uzunliklarida Koinotni o'rganish imkoniyati mavjud. Kosmosdan sayyoramiz tomon turli toiqin uzunligidagi nurlardan tashqari, elementar zarrachalaming oqimi ham uzluksiz kelib turadi. Bu zarrachalarning manbalari portlovchi yulduzlar, tumanliklar va asosan Quyoshdagi aktiv hodisalardir. Kosmik nurlar deb yuritiluvchi bu oqim zarrachalari turli qiymatdagi energiyaga ega bo'ladi. Kosmik nurlaming Yer atmosferasida ko'plab yutilib qolishi, ulami to‘la o'rganishga imkon bermaydi. Oy sirtida turib bu nurlarni o'rganish esa, fiziklar uchun juda samarali bo'lib ko'p yangiliklar bera oladi. Shuningdek, Oyda qazilma boyliklar, qimmatbaho mineral va rudalar koni bo'lishi mumkinligi, uning tuproq namunalarini o'rganishdan ma’lum bo'ldi. Yaqin yillarga qadar Oyning kelib chiqishi haqida hukmronlik qilgan gepotezani biolog Charlz Darvinning o'g'li matematik va astronom Djoris Darvin taklif qilgan edi. Bu gepotezaga muvofiq, Oy Yerdan uning evolyutsiyasining dastlabki bosqichida ajralib chiqqan deb tushuntiriladi. Sayyoralarning Quyoshdan ajralganligi haqidagi kosmogonik gepoteza, hisoblashlar natijasida o'zini oqlamagach, Darvinning gepotezasi asosiga ham putur yetdi. Hozirgi davrda Oyning kelib chiqishi haqida ikkita gepoteza mavjud bo'lib, bulardan biriga ko'ra (Yuri, Derbiger va Alven) Oy Quyosh atrofida Yerga yaqin masofada aylanuvchi kichik sayyora bo'lgan va vaqt o'tishi bilan Yerga yaqinlashib, u bilan ≪ushlanib≫ qolgan. Natijada Yeming tabiiy yo'ldoshiga aylangan. Ikkinchi gepotezaga ko'ra (B.Yu. Levin boshchiligidagi guruh) Oy Yer atrofida yig'ilgan chang zarrachalaridan, Yerning massasi hozirgi massasining qariyb 0,3-0,5 qismini tashkil qilgan davrlarda hosil bo'lgan. Bu gepotezaga ko'ra, Oyning ≪yoshi≫ Yerdan 100-200 million yilga kamroq bo'lishi zamonaviy ma’lumotlarga mos kelishi bilan diqqatga sazovordir. Bu ikki gepotezadan qay biriga ko'proq yon berish hozircha qiyin bo'lsada, Oyning ichki stmkturasini va yoshini aniq o'rganish, yaqin kelajakda bu kosmogonik muammoni hal qilishga to'la imkon beradi. Download 61.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling