7-mavzu. Bozor va tavakkalchilik, firma va ularning tashkiliy-iktisodiy asoslari


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/27
Sana15.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1774953
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
10-11 mavzu. Bozor va tavakkalchilik. Firma va uning tashkiliy-iqtisodiy asoslarti

Ixtisoslashuv darajasiga ko‘ra, korxonalar ixtisoslashgan, universal va aralash 
korxonalarga bo‘linadi. Ixtisoslashgan korxonalar qatoriga nomenklaturasi cheklangan 
mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, universal korxonalar qatoriga turli xil 
mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar, aralash korxonalar tarkibiga esa ixtisoslashgan 
va universal korxonalar o‘rtasidagi oraliq guruhni tashkil qiluvchi korxonalar kiritiladi. 


Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish usullariga ko‘ra, korxonalar ishlab 
chiqarishning oqim, partiyali va donalab ishlab chiqarish usullari ustuvor turuvchi 
korxonalarga bo‘linishi mumkin. 
Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasiga 
ko‘ra, korxonalar to‘liq va qisman avtomatlashtirilgan yoki mexanizatsiyalashtirilgan, 
qo‘l-mashina va faqat qo‘l mehnatiga asoslangan korxonalarga bo‘linadi. 
Xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish jarayonlarini kengaytirish va 
chuqurlashtirish mamlakatimizda yangi tashkiliy-huquqiy turdagi - qo‘shma, ijara, 
hissadorlik, xususiy, oilaviy, kooperativ va boshqa korxonalarning paydo bo‘lishiga olib 
keldi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xususiy mulk mulkchilik shaklining 
boshqa ko‘rinishlari bilan bir qatorda daxlsizligi va davlat tomonidan muhofaza 
qilinishi belgilab qo‘yilgan. YAngi qonunchilik hujjatlarida yangi iqtisodiy tushuncha - 
korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli tushunchasi kiritilgan. 
Korxonalarning qonun hujjatlari va boshqa xo‘jalik huquqi normalarida ko‘zda 
tutilgan mulkchilik shakli, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va hajmi, kapitalning 
shakllanishi, turli xil firmalararo uyushmalarga a’zo bo‘lish usullari va olib boruvchi 
raqobatchilik kurashlari bilan farq qiluvchi faoliyat tavsifi va mazmuniga bog‘liq 
bo‘lgan strukturaviy tuzilishining usul va ko‘rinishlari xo‘jalik yuritishning tashkiliy-

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling