7-mavzu. Bozor va tavakkalchilik, firma va ularning tashkiliy-iktisodiy asoslari
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
10-11 mavzu. Bozor va tavakkalchilik. Firma va uning tashkiliy-iqtisodiy asoslarti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xo‘jalik assotsiatsiyasi
Konsorsium kompaniya va banklarning vaqtinchalik birlashuvi natijasida, yirik
kapital talab qiluvchi loyihalarni amalga oshirish yoki mablag‘ni birgalikda joylashtirish maqsadlari uchun umumiy kelishuvlar asosida yuzaga keladi. Konsorsium buyurtmachilar oldidagi majburiyatlar uchun javobgar hisoblanadi. Xo‘jalik assotsiatsiyasi jismoniy yoki huquqiy shaxslarning o‘zaro hamkorlik yuritish maqsadida ko‘ngilli ravishda birlashuvini anglatadi va unda birlashuvga kiruvchi sub’ektlar o‘z mustaqilligini saqlab qoladilar. Korporatsiyalar umumiy maqsadlarga erishish, hamkorlikda faoliyat yuritish maqsadida birlashib, mustaqil huquqiy sub’ekt - huquqiy shaxsni tashkil qiluvchi shaxslar yig‘indisini tavsiflaydi. Ko‘pincha ular aksiyadorlik (hissadorlik) jamiyatlari shaklida tashkil qilinadi. Korxonalarning konsentratsiya asosida birlashuvi kartel, sindikat, xolding va moliya-sanoat guruhlari ko‘rinishida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish sohasidagi kartellar ishlab chiqarish masalalari, narxlar, tovarlarni sotish, ishchi kuchini yollash va shu kabi masalalar bo‘yicha kelishuvga asoslanib faoliyat yuritadi. Integratsining bu shaklida korxonalar mustaqillikni saqlab qolgan holda kooperatsiya asosida birlashadilar. Sindikat – tijorat faoliyatini (ta’minot, sotish, narxning paydo bo‘lishi) hamkorlikda tashkil qilishga asolangan birlashmadir. Sindikat tarkibiga kiruvchi korxonalar huquqiy hamda xo‘jalik yuritish mustaqilliklarini saqlab qoladilar. Trestlar yuqori darajada markazlashganligi bilan ajralib turadi. Uning tarkibiga kiruvchi korxonalar ishlab chiqarish, tijorat va huquqiy mustaqilliklarini yo‘qotib, yagona reja asosida faoliyat yuritadi. Xoldinglar ishtirokchilarning moliyaviy imkoniyatlarini birlashtirish va muvofiqlashtirish hamda ishlab chiqarish quvvatlari bilan vaizifalarni tezkor ravishda amalga oshirish imkonini beruvchi boshqaruvning samarali shaklini ifodalaydi. Integratsiya jarayonlarini amalga oshiruvchi korxonalar quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi: resurslardan yanada samaraliroq foydalanishga erishish; kooperatsiya asosidagi aloqalarini yangilash va mustahkamlash; mamlakatdagi korxonalarning tashqi bozorga chiqishi; ishlab chiqarishga investitsiyalarning yangi shakllarini jalb etish; ichki va tashqi bozordagi raqobatda muvaffaqiyat qozonish maqsadida narx va sotish bo‘yicha yagona siyosat yuritish. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling