7-mavzu. Bozor va tavakkalchilik, firma va ularning tashkiliy-iktisodiy asoslari


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/27
Sana15.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1774953
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
Bog'liq
10-11 mavzu. Bozor va tavakkalchilik. Firma va uning tashkiliy-iqtisodiy asoslarti

Keys stady: 
Sovg’alar signallar o’rniga 
Bir bola o’z yoqtirgan qiziga qanday sovg’a olishni o’ylayapti.”bilaman” deydi u 
o’ziga, “ men unga naqd pul beraman. Uning didini o’zichalik yaxshi bilmayman. Pulga 
esa o’zi hohlagan narsani sotib oladi”. Lekin u pulni berganida qiz xafa bo’ladi. U meni 
sevmas ekan deb o’ylab, munosabatlarni tugatadi.
Bu voqea orqasidagi iqtisod qanday?
O’ylab qarasak sovg’a berish bu g’alati odat. Misolimizdagi yigit aytganidek 
odamlar o’z didlarini boshqalarnikiga qaraganda yaxshiroq biladilar, shuning uchun biz 
hammani pulni sovg’aning bir shakli deb qabul qilishini kutishimiz mumkin. Agar 
sizning ish beruvchingiz oyligingizni tovarlar shaklida berganida siz bunga qarshi 
chiqardingiz. Lekin sizning reaksiyangiz sizni (umid qilganingizdek) sevuchi odam 
shunday qilsa umuman boshqacha bo’ladi.
Sovg’a berishning bir talqini u o’zida asimmetrik ma’lumot va signalni 
saqlaganligidadir. Bizning misolimizdagi yigitning qiz bilmoqchi bo’lgan shaxsiy 
ma’lumoti bor: Haqiqattan ham u qizni sevadimi? Qiz uchun yaxshi sovg’a tanlashi bu 
uning signali. Sovg’a tanlash pul bergandan ko’ra signal bo’lish uchun to’g’riroq 
xarakteristikalarga egaligi aniq. U qimmat (vaqt oladi), va uning narxi shaxsiy 
ma’lumotga asoslangan(qanchalik sevishi). Agar yigit haqiqattan ham qizni sevsa 
to’g’ri sovg’a tanlash oson bo’ladi, chunki u qiz haqida ko’p o’ylaydi. 
Agar uni sevmasa to’g’ri sovg’a tanlash qiyinroq bo’ladi. Shunday qilib to’g’ri 
sovg’a tanlash uning sevgisi haqidagi shaxsiy ma’lumotini izhor etishning bir yo’li. Pul 
berish esa u hatto sovg’a tanlashga harakat qilmaganini ko’rsatadi.
Signal nazariyasining sovg’a berish bilan bog’liqligini yana bir kuzatuvi mavjud: 
Odamlar ta’sir kuchi muhim bo’lgan odatlar haqida ko’proq qayg’urishadi. Shunday 
ekan yigit yoki qizga pul berish odatda nomaqul harakat. Lekin kollej o’quvchilari ota 
onalaridan chek olganlarida ular kamdam kam xafa bo’lishadi. Ota-ona muhabbati 
shubhada bo’lishi mumkin emas shuning uchun qabul qiluvchi pulni e’tiborsizlik signali 
deb qabul qilmaydi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling